События

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Главная > Davlatbionazoratining asosiy vаzifalari

Davlatbionazoratining asosiy vаzifalari

O'zbekiston Respublikasining  butun hududida tabiatdan foydalanuvchilarning    hayvonot va o'simlik dunyosi ob’yektlarini olish, muhofaza qilish, qayta tiklash, saqlash va oqilona foydalanish  bo'yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarga oid faoliyatini muvofiqlashtirish va davlat nazoratini yurish;

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar tabiatni mhofaza qilish qo'mitalarining tegishli tuzilmaviy bo'linmalariga hayvonot va o'simlik dunyosi ob’yektlarini muhofaza qilish, tiklash, ko'paytirish va oqilona foydalanish bo'yicha muvofiqlashtirish va amaliy yordam ko'rsatish;

O'zbekiston Respublikasi hududida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni (shu jumladan idoraviy) tashkil etishda muvofiqlashtirish va amaliy yordam ko'rsatish;

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mhofaza etiladigan tabiiy hududlarning (qo'riqxonalar, tabiiy milliy bog'lar, buyurtmaxonalar, o'simlik va hayvonlarni ko'paytirishga mo'ljallangan parvarishxonalar, tabiat yodgorliklari va boshqalar) muhofaza etilishi va rejimiga rioya etilishini ta’minlash bo'yicha ular tomonidan talablarning bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, ishlarni muvofiqlashtirish;

Ovchilik va baliqchilik xo'jaliklarini tashkil etish, yuritish borasida boshqaruv, shuningdek, mazkur hududlarda hayvonot va o'simlik dunyosi ob’yektlarini muhofaza qilish, tiklash, ko'paytirish va oqilona foydalanish bo'yicha ishlarni muvofiqlashtirish, davlat nazoratini amalga oshirish.


2015-11-26

Фотогалерея

ntesting mood

Территориальные комитеты