События

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Главная > O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining 2015 yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to'g'risida Hisobot

O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining 2015 yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to'g'risida Hisobot

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining 2015 yil 9 oydagi faoliyati respublika hududida atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida amaldagi qonun va qonun osti hujjatlariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini ta’minlash, Qo'mitaning 2015 yil uchun tasdiqlangan Ish rejasida belgilangan ustivor vazifalarni bajarilishi bo'yicha ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, sohaga oid qonunchilikni rivojlantirish borasida Vazirlar Mahkamasining "O'simlik dunyosi ob’yektlaridan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari" to'g'risidagi 278-sonli (30.09.2015 yil), "Ekologik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida"gi 286-sonli va  "Jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishga doir namunaviy nizomlarni tasdiqlash to'g'risida"gi 287-sonli qarorlari (08.10.2015 yil) qabul qilindi.

Tabiatni muhofaza qilish, jumladan yer, suv, o'rmon, yer osti boyliklari, atmosfera havosi, o'simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish yuzasidan davlat nazorati amalga oshirildi.

Xususan, xo'jalik yurituvchi sub’yektlarni 2015 yilda tekshirish

reja-jadvaliga muvofiq, jami 660 ta sub’yektlarda tekshirishlar o'tkazildi. Tadbirkorlik sub’yektlarida tekshirishlarni qisqartirish hamda ularning faoliyatiga asossiz aralashuvlarni oldini olish maqsadida rejadan 102 ta kichik va o'rta biznes sub’yektlari chiqarilib, 2015 yilda rejalashtirilgan tekshirishlar soni 11 foizga kamaytirildi.

Atmosfera havosi, yer, suv resurslarini muhofaza kilish, biologik hilma-xillikni saqlab qolish, atrof-muhit ifloslanishi hamda qonun buzilish holatlarini oldini olish maqsadida 2015 yilning 9 oyida Ichki ishlar, Sog'liqni saqlash, Qishloq va suv xo'jaligi vazirliklari, Sanoatgeokontexnazorat inspeksiyasi, Davlat geologiya qo'mitasi, Uzgidromet markazi bilan xamkorlikda ishlab chiqilgan hamkorlikdagi rejalarga asosan qariyib 9 mingdan ortiq tezkor nazorat tadbirlari o'tkazildi.

Hisobot davrida tabiiy resurslarni qayta tiklash ishlari muvofiqlashtirildi. Masalan, buzilgan yerlarni foydalanish uchun yaroqli holga keltirish rekultivatsiya ishlari olib borilib,

respublika bo'yicha jami 448,4 gektar buzilgan yerlar qayta tiklanib, mahalliy hokimliklar zahira yer fondlariga qaytarildi. 

Qo'mita va uning quyi tizimlari tomonidan respublikamizda xo'jalik faoliyatini sertifikatlashtirish, standartlashtirish va meyorlashtirish ishlari davom ettirildi.

Amalga oshirilgan ishlar doirasida, ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, ekologik xavfli mahsulotlar, chiqindilarni respublikaga olib kirish va undan olib chiqish faoliyati bilan shug'ullanuvchi sub’yektlarga hisobot davrida 2907 ta yoki o'tgan yilning shu davriga nisbatan 9,1 foizga (2014 yil 9 oyda 2664 ta) ko'p ekologik sertifikatlar berildi.

Hisobot davrida tabiatni muhofaza qilish faoliyatini tarmoqlararo kompleks boshqaruvi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo'yicha Dastur orqali olib borildi. 2015 yilning 9 oy yakunlari bo'yicha respublika va viloyat Dasturlariga kiritilgan 63 ta tadbirlar to'liq yakuniga yetkazildi, qolgan tadbirlar bo'yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Hisobot davrida Qo'mita tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan ob’yektlarning 300 tasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari o'rnatildi.

2015 yil 9 oy yakuni bo'yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasida Qo'mita tomonidan shartnomalar bazasini  kengaytirish va amaldagilarning ijrosini ta’minlash, mamlakatdagi ekologik holatni yaxshilash maqsadida tashqi investitsiyalarni jalb qilishga e’tibor qaratildi. 

Tabiatni muhofaza qilish faoliyatini takomillashtirish va tabiiy muhitning transchegaraviy ifloslanishining oldini olish bo'yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo'nalishidagi 9 ta tadbir amalga oshirildi, shundan 4 ta tadbir yakunlandi.

Qo'mita tomonidan "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to'g'risida"gi qonunga asosan, tadbirkorlik sub’yektlari va jismoniy shaxslarga qulayliklar yaratish maqsadida, ekologik sertifikatlashtirish,  ekologik ekspertiza xujjatlari hamda biologik resurslardan, suvdan maxsus foydalanish  ruxsatnomalari olishni soddalashtirilgan tartibda "Yagona oyna" tamoyili asosida amalga oshirish va interaktiv xizmatlar ko'rsatish  joriy etilgan bo'lib, hisobot davrida ushbu tizim orqali 9 mingdan ortiq hujjatlar qabul qilinib, davlat xizmatlari ko'rsatilishi ta’minlandi.

PDF88,7 КБ (90 924 байт)

 

 


2015-12-02

Фотогалерея

ntesting mood

Территориальные комитеты