События

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Главная > OAV vakillarini akkreditatsiya qilish tartibi haqida

OAV vakillarini akkreditatsiya qilish tartibi haqida

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzurida OAV vakillarini akkreditatsiya qilish tartibi haqida ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari huzurida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 23-noyardagi «O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillarini davlat hokimiyati organlari huzurida akkreditatsiya qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida» 243-sonli qarori talablari asosida amalga oshiriladi.

Muxbirlarni akkreditatsiya qilish

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari huzurida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilish uchun tahririyat o‘zining rasmiy blankasida bosh muharririning imzosi qo‘yilgan, muhr bilan tasdiqlangan buyurtmanoma taqdim etadi.

Tahririyatning buyurtmanomasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

- ommaviy axborot vositasining nomi va turi;

- ixtisoslashuvi;

- tarqalish hududi;

- elektron pochta manzili;

- tahririyatning telefonlari va fakslari raqamlari;

- akkreditatsiyaga taqdim etilgan muxbirning familiyasi, ismi va otasining ismi;

- kasb vazifalarini bajarish uchun ushbu muxbir o‘zi bilan birga olib yurishi zarur bo‘lgan apparatlar.

Buyurtmanomaga batafsil ma’lumotlar (muxbirning xizmat mavqeyi, pasportiga oid ma’lumotlar, diplom nusxasi, elektron pochta manzili, telefon va faks raqami) mavjud bo‘lgan ma’lumotnoma hamda belgilangan shakldagi to‘rtta fotosurat ilova qilinadi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi organlarida muxbirni akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi buyurtmanoma tegishli murojaat olingan kundan boshlab bir oy mobaynida ko‘rib chiqiladi.

Akkreditatsiya qilinadigan muxbirlar soni tahririyat tomonidan Davlat ekologiya qo‘mitasi organlari bilan birgalikda belgilanadi.

Akkreditatsiya tartiboti quyidagi asosiy tadbirlardan iborat bo‘ladi:

- buyurtmanomani va taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish;

- muxbirlarni attestatsiyadan o‘tkazish;

- akkreditatsiya qilish to‘g‘risida yoki akkreditatsiya qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish, akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtirish va berish.

Ommaviy axborot vositasi tahririyati tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomalar va hujjatlarni ko‘rib chiqishni Davlat ekologiya qo‘mitasi organlarida tuzilgan Ekspert guruhi hamda Akkreditatsiya Komissiyasi amalga oshiradi.     

Davlat ekologiya qo‘mitasi organlari akkreditatsiya qilingan muxbirga 2 yilgacha muddatda amal qiladigan akkreditatsiya to‘g‘risida guvohnoma beradi.

Akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi guvohnoma Davlat ekologiya qo‘mitasi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan boshlab amal qiladi.

Akkreditatsiyaga taalluqli barcha hujjatlar (buyurtmanomalar, qarorlar, dalolatnomalar, akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi guvohnoma va shu kabilar) davlat tilida rasmiylashtiriladi. 


2017-05-26

Фотогалерея

ntesting mood

Территориальные комитеты