События

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Главная > XALQARO ALOQALAR VA DASTURLAR BO‘LIMI TO‘G‘RISIDA NIZOM

XALQARO ALOQALAR VA DASTURLAR BO‘LIMI TO‘G‘RISIDA NIZOM

TASDIQLAYMAN
O‘zbekiston Respublikasi
Tabiatni muhofaza qilish davlat
qo‘mitasi raisi
 
_______________ B.X.Abdusamatov
2013-yil «______» dekabr 
 
XALQARO ALOQALAR VA DASTURLAR BO‘LIMI TO‘G‘RISIDA
    NIZOM
 
I. Umumiy qoidalar
 
1.1. Xalqaro aloqalar va dasturlar bo‘limi (bundan “Bo‘lim” deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (bundan “Qo‘mita” deb yuritiladi) vakolati doirasiga kiruvchi barcha xalqaro faoliyatga oid masalalar bo‘yicha Qo‘mita Markaziy apparatining bosh tuzilmaviy bo‘linmasi hisoblanadi.
1.2. Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, farmon va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmonlari, Qo‘mitaning Nizomi, qaror va topshiriqlari hamda Ushbu Nizom asosida olib boradi.
1.3. Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Qo‘mita rahbariyati boshchiligida Qo‘mita vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha xalqaro ahamiyatga ega faoliyatni tashkil etadi, amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi.
1.4. Bo‘lim o‘z faoliyatini Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar,  shuningdek Qo‘mitaning tarkibidagi tuzilmaviy bo‘linmalar bilan o‘zaro hamkorlikda olib boradi.
1.5. Bo‘limning taklifi bilan (yoki u bilan kelishilgan holda) Qo‘mita tizimida atrof-muhit muhofazasi sohasida xalqaro masalalar bo‘yicha faoliyat olib boruvchi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan muassasalar tashkil qilinishi mumkin. 
 
II. Vazifa va funksiyalari
 
2.1. Bo‘limning asosiy vazifa va funksiyalari:
Qo‘mita tizimida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro faoliyatni tashkil etish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish;
xalqaro aloqa va qamkorlikni xorij davlatlar, xalqaro, hududiy tashkilotlar, chet el hukumatlari va nohukumat tashkilotlar bilan amalga oshirish va rivojlantirish, xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar bilan faqatgina belgilangan tartib bo‘yicha;
       O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza kilish davlat qo‘mitasining tuzilmaviy bo‘linmalari bilan o‘zaro aloqadorlikda chet davlatlarining tashkilotlari va tabiatni muhofaza qiluvchi hukumatga tegishli va nohukumat organlari, xalqaro va hududiy tashkilotlar bilan tabiatni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan foydalanishga doir bo‘lgan xalqaro, hududiy va milliy savollarni ko‘rib chiqib, bunday faoliyatlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish;
        atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasiga oid xalqaro faoliyat bilan bog‘liq takliflarni, shuningdek, dasturlarni, faoliyat rejalarini, loyiha va boshqa takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi rahbariyati bilan kelishilgan holda ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
         atrof tabiiy muhitni muhofaza kilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi xalqaro kelishuvlar loyihalarini tayyorlash va xulosalash ishlarini (O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi vakolatlari doirasida) tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
        O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining tuzilmaviy bo‘linmalariga yuklatilgan majburiyat doirasida O‘zbekiston taraf sifatida qabul qilgan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi xalqaro xarakterga ega bo‘lgan qarorlar, dasturlar (shuningdek, faoliyat rejalari) va xalqaro kelishuvlarning bajarilishini tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
       O‘zbekiston Respublikasi Tabiat muhofaza qilish davlat qo‘mitasining taklif loyihalarini chet davlatlar, xalqaro, xorijiy hukumatga tegishli va nohukumat tashkilotlar, shuningdek, xalqaro moliyaviy-iqtisodiy institutlar (keyinchalik donorlar)ning  moliyaviy-texnik mablag‘lari hisobidan (maqsadli jamg‘armalar, qaytarib berilmaydigan grantlar va pullar) amalga oshirilishini realizatsiya qilish va kelishuv ishlarini tashkil qilish;
       donorlarning realizatsiya qilingan moliyaviy-texnik mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi loyihalariga sarflanishi monitoringini muvofiqlashtirish va nazorat qilib borish;
       O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchi sifatida ishtirok etuvchi atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi global, xalqaro va hududiy  jarayonlarda hamda boshqa hamkorlik platformalarida o‘z vakolati doirasida ishtirok etuvchi  O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ishlarini muvofiqlashtirish;
        O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimi xodimlarining xorijiy davlatlarda o‘tkaziladigan tadbirlardagi ishtiroki masalalarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi rahbariyatiga mutaxassislar nomzodi taklifini tayyorlash ishlarini tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
        chet el delegatsiyalarini, xalqaro, hududiy hukumatga tegishli va nohukumat tashkilotlar, shuningdek xalqaro moliyaviy-iqtisodiy institutlar vakillarini va xorijiy davlatlar mutaxasislarini qabul qilish va ular bilan uchrashuvlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
        atrof tabiiy muhtni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi xalqaro uchrashuvlar, konferensiyalar, seminarlar va majlislar tashkil qilish va ularni o‘tkazish. 
2.2. XAvaDB ga O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan boshqa vazifa va funksiyalar ham yuklatilishi mumkin.
 
III. Majburiyat, huquq va javobgarlik
 
3.1. XAvaDB ning majburiyatlari ushbu Nizomning vazifa va funsiyalari bo‘limining 2.1 va 2.2-bandalariga muvofiq belgilanadi.
3.2. Ushbu Nizomning 2.1 va 2.2-bandlarida ko‘rsatilgan vazifa va funsiyalarni amalga oshirishda XAvaDB qo‘yidagi huquqlarga ega:
        o‘ziga yuklatilgan vazifa va funsiyalarni bajarishda zarur bo‘lgan tezkor tadbirlar ishlab chiqish;
        O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari va tashkilotlari, chet davlatlarining hukumatga qarashli va nohukumat tashkilotlari, xalqaro va hududiy tashkilotlar bilan bevosita aloqa o‘rnatish, shuningdek,  moliyaviy-iqtisodiy institutlar bilan belgilangan tartibda;
        O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini chet davlatlarda, xalkaro tashkilotlar va xalqaro xarakterdagi tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi vakolatlari doirasida namoyish etish;
         O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi rahbariyatiga O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimi xodimlarining chet el xizmat safarlarida, chet el delegatsiyalarini, chet el davlatlarining hukumat va nohukumat tashkilotlari, xalqaro va hududiy tashkilotlar, shuningdek, xalqaro moliyaviy-iqtisodiy institutlar vakillarini qabul qilish (kutib olish)da maqsadga muvofiq takliflarini kiritish;
        zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tegishli tuzilmaviy bo‘linmalaridan malumotlar, hujjat va hisobotlarni o‘z vakolatlari doirasida so‘rash;
         O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimining chet el xizmat safarlariga ketayotgan xodimlariga  ular tomonidan hal etiladigan masalalar doirasidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi rahbariyati bilan kelishilgan holda texnik vazifalarni tayyorlash;
        O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi rahbariyatining kelgusida ko‘riladigan masalalari uchun chet el xizmat safaridan kelgan xodimning hisobotlarini va u ishtirok etgan tadbir xulosalari bo‘yicha  axborot hujjatlarini so‘rash, zarur hollarda ularni tinglash;
        Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi rahbariyati nomidan zarur bo‘lgan murojaatlar hamda topshiriqlarni tayyorlash.
3.3. XAvaDB o‘ziga yuklatilgan vazifa funksiyalarni  o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan javobgardir.
 
IV. Ishni tashkil etish
 
4.1. XAvaDB o‘ziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlangan shtat jadvali bo‘yicha mutaxassislarga egadir.
4.2. XAvaDBga boshliq boshchilik qiladi, bu mansab O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Bosh boshqarmasi boshlig‘i mansabiga tenglashtirilgan.
4.3. XAvaDB boshlig‘i bo‘lim xodimlari orasida vazifalarni taqsimlaydi. XAvaDB xodimlari  mansab va funksional  majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan XAvaDB boshlig‘i oldida javobgardirlar. 
4.4. XAvaDB boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi rahbariyatiga xodimlarni rag‘batlantirish va\yoki intizomiy javobgarlikka tortish taklifini berish huquqiga ega.
4.5. Zarur bo‘lgan hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining boshqa hududiy bo‘linmalari xodimlari (bu xodimning roziligi, u ishlayotgan tegishli tuzilmaning boshlig‘i xamda XVvaDB boshlig‘i roziligi asosida) ushbu bo‘limning vazifa va funksiyalarini bajarish uchun jalb etilishi mumkin. 
4.6. XAvaDB xodimlari o‘zlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni  bajarishi uchun zaruriyatga qarab xizmat transportlari, tezkor aloqa vositalari hamda jihozlar bilan ta’minlanadi.
4.7. XAvaDB ishchilari O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan forma-kiyimlari bilan (yagona turkumda, farq qiluvchi belgilariga ega, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlangan) ta’minlanadi.
4.8. XAvaDB boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligi tartibi asosida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. 
4.9. XAvaDB xodimlarini tayinlash, ishdan bo‘shatish va ularni boshqa ishga o‘tkazish mehnat qonunchiligi asosida XAvaDB boshlig‘i taqdimnomasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi rahbariyati tomonidan amalga oshiriladi.
4.10. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi. Zarur hollarda, ushbu Nizomga XAvaDB boshlig‘i taqdimnomasiga ko‘ra qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
 

2017-03-22

Фотогалерея

ntesting mood

Территориальные комитеты