Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining 2014 yil 1-chorakdagi faoliyati bo'yicha ma’lumot

O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining 2014 yil 1-chorakdagi faoliyati bo'yicha ma’lumot

 O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi 2014 yil 1-chorak davomida Vazirlar Mahkamasining majlisining "2013 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilgi iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor vazifalari to'g'risida"gi kengaytirilgan majlisida O'zbekiston Respublikasi I.A.Karimov tomonidan belgildab berilgan vazifalardan kelib chiqib, muayyan ishlar amalga oshirildi. Ekologik-iqtisodiy siyosat tabiatdan foydalanish boshqaruvi va iqtisodiy va tabiatdan oqilona foydalanishning ekologik asoslangan usullariga o'tishni amalga oshirishning muhim ustuvor masalalariga yo'naltirildi.

Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik bazasini, shuningdek  me’yoriy-uslubiy hujjatlarni rivojlantirish va takomillashtirish borasida Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, aloqador vazirlik va idoralar bilan birgalikda 5 ta qonunlar va ularga tuzatishlar, qarorlar va idoraviy normativ hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etildi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi "O'zbekiston Respublikasining "Ekologik nazorat to'g'risida"gi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartishlar kiritish haqida" gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi. 

Ekotizimlar holatini barqarorlashtirish va inson salomatligi uchun atrof tabiiy muhit sifatini yaxshilash maqsadlarda respublikaning 2014 yil Investitsiya Dasturi bo'yicha davlat byudjeti hisobidan Namangan viloyatining Pop tumani Chorkesar shaharchasidagi sobiq 23-kon va Toshkent viloyatining Yangiobod shahridagi 1 va 2- sobiq konlar hududida ekologik vaziyatni sog'lomlashtirish bo'yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun 500,0 mln.so'm ajratilib, shundan 1-chorakda 50,3 mln.so'm mablag' o'zlashtirildi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi talablarni bajarish bo'yicha davlat nazoratini o'tkazish davomida atrof muhitni muhofaza qilish va tabii yresurslardan oqilona foydalanish sohasidagi mavjud qonunchilikni buzganligi uchun jami 4800 mansabdor va jismoniy shaxslarga tabiiy muhitga yetkazilgan zarari uchun 597,2 mln.so'm miqdorida ma’muriy jarima va da’volar solindi.

Brakonyerlardan 144 ta qurol va 258 ta to'r materiallari olib qo'yildi. Tergov organlariga 24 ta shaxs bo'yicha 24 ta material topshirildi.

Mahsus qurilmalarsiz bitum va hazonlarni yoqish holatlarini aniqlash bo'yicha o'tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 406 ta qonunbuzarliklar aniqlandi. Tabiatni muhofaza qilish qonunchiligini buzganlik uchun 68 nafar yuridik va 338 nafar jismoniy shaxslarga nisbatan 32,4 mln.so'm ma’muriy jarimalar solindi va 26,1 mln.so'mi yoki 80,5 foizi undirib olindi.

Ekologik bilimlarni targ'ib qilish, ekologik ta’lim va tarbiya masalalarida radio va televideniyada 771 marta ko'rsatuv va eshittirish, matbuotda 536 ta maqolalar bilan chiqildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 19 fevraldagi №PQ-2133-sonli "Sog'lom bola yili" Davlat dasturi haqida"gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, qo'yilgan vazifalarni amalga oshirish bo'yicha tadbirlar Rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi, 31 ta tadbirlarni bajarilishi ta’minlanmoqda.

Barcha tarmoqlarda resurslarni iqtisod qiluvchi, kam chiqitli va chiqindisiz texnologiyalarni qo'llash, chiqindilarni xo'jalikdagi aylanishiga jalb qilish, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasiga ilmiy texnik taraqqiyot yutuqlarini tadbiq qilish bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish uchun vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish faoliyatlari muvofiqlashtirish hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 27 maydagi 142-sonli qarori bilan tasdiqlangan "''2013-2017 yillarda Ozbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi boyicha harakatlar dasturi"dagi tadbirlarni bajarilishini nazorat qilish ishlari amalga oshirildi.    

2014 yil1 chorakda rejalashtirilgan 68 ta tadbirlardan 7 tadbirlarning bajarilishi bo'yicha ishlar yakunlandi, 56 ta tadbirlar bajarilmoqda, 5 ta tadbirlarning bajarilishi 2015 yilda boshlanadi.

Yer, yer osti boyliklari, suv, atmosfera havosi, o'simlik va hayvonot dunyosining holati, atrof muhitni ifloslantiruvchi ob’yektlarning uslubiy qo'llanmalar bo'yicha nazorati bo'yicha monitoring o'tkazilib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2011 yil 31 oktyabrdagi 292-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2011-2015 yillarda O'zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit davlat monitoringi Dasturini bajarilishi ta’minlandi.

Monitoring doirasida hisobot davrida viloyat hizmatlari tomonidan 390 ta korxonalarda 2119 ta (qayta o'lchovlarni hisobga olib) tekshiruvlar o'tkazildi. Me’yoridan ortiq ifloslantirsh holatlari 154 ta ifloslantiruvchi manbalarda aniqlanib, tegishli choralar ko'rildi.

Atrof-muhitga ta’sirni baholash, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish doirasida shuningdek standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo'yicha ishlar amalga oshirildi. Tabiatdan foydalanishning o'rnatilgan me’yor va tartiblariga rioya qilish ta’minlanib, ekologik ekspertizadan o'tkazish amalga oshirildi va 7781 ta hulosalar berildi, ekologik me’yorlar bo'yicha 580 ta loyihalar ko'rib chiqildi. 736 ta ekologik sertifikatlar berildi. O'zbekiston respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining "Boshdavekosertifikat" boshqarmasi tomonidan tovarlarni yorliqlash (markirovka) bo'yicha patent rasmiylashtirildi va 2014 yil 17 martda muvofiq  guvohnoma olindi.

Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, o'simlik va hayvonot dunyosi ob’yektlari, chiqindilarni ko'mish va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastrini yuritish. Ushbu ustuvor yo'nalshini amalga oshirish bo'yicha 2008-2015 yillarda O'zbekiston Respublikasi Aydar-Arnasoy ko'llar tizimidan oqilona foydalanish va barqaror ekologik muhitni ta’minlashga mo'ljallangan choralar Dasturining bajarilishi ustidan nazorat ishlari amalga oshirildi.

Hisobot davrida yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun 21 ta, yovvoyi hayvonlarni O'zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish bo'yicha 87 ta, shu jumladan, CITES Konvensiyasi bo'yicha 36 ta, o'simlik dunyosi bo'yicha dorivor, oziq-ovqat va texnik  o'simliklarni yig'ish va tayyorlashga 38  ta, shuningdek yovvoyi holda o'suvchi o'simliklar va ularning qismlarini  respublikdan tashqariga olib chiqishga 35 ta ruxsatnomalar berildi.

Barqaror rivojlantish maqsadlarida halqaro hamkorlikni, halqaro tashkilotlar bilan milliy, mintaqaviy va yuqori darajadagi sherikchilikni rivojlantirish. Ushbu maqsadlarda O'zbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilingan va bajarish mas’ulligi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasiga yuklatilgan: Bioxilma-xillik to'g'risidagi Konvensiyasi (1995 y.), Yo'qolib ketish xavfi ostida turgan fauna va floraning yovvoyi turlari bilan xalqaro savdo qilish to'g'risidagi Konvensiya (SITES, 1997 y.), Ko'chib yuruvchi yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish to'g'risidagi Bonn Konvensiyasi (1998 y.), Xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan, ayniqsa suvda suzuvchi qushlar uchun yashash maskani sifatidagi hududlar bo'lgan suv-botqoqlik yerlari to'g'risidagi Ramsar Konvensiyasi (2001 y.), Ozon qatlamini muhofaza qilish to'g'risidagi Vena Konvensiyasi (1993 y.), Havfli chiqindilarni transchegaraviy tashish va ularni yo'q qilish ustidan nazorat to'g'risidagi Bazel Konvensiyasi (1995 y.) majburiyatlari bajarildi.

 Milliy va mintaqaviy darajadagi ustuvor ekologik muammolarni hal etish bo'yicha halqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni va hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

  


2014-04-25

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika