Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Xalqaro aloqalar va dasturlar bo'limining asosiy vazifa va funksiyalari

Xalqaro aloqalar va dasturlar bo'limining asosiy vazifa va funksiyalari

- atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro faoliyatni amalga oshirish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tizimida ishlarni muvofiqlashtirish, tashkillashtirish va kelishilgan ishlarni bajarish;

- tabiatni muhofaza qilish bo'yicha davlat organlari, xorijiy mamlakatlar, MDH, jahon va Yevropa hamjamiyatining xalqaro tashkilotlari    bilan aloqalar hamda hamkorlikni yo'lga qo'yish va rivojlantirish;

- O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tizimi mutaxassislarining xorijiy mamlakatlar, xalqaro tashkilotlarda tajriba almashish va malaka oshirish bo'yicha ishlarni muvofiqlashtirish hamda tashkillashtirish;

- atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro kengash, anjuman, seminarlar va uchrashuvlarni tashkil etish hamda o'tkazish;

- O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tizimi xodimlarining xorijiy mamlakatlarga chiqishi bo'yicha hujjatlarni rasmiylashtirishda ko'maklashish;

- atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro faoliyatni amaliy bajarishga qaratilgan tegishli materiallar va axborot, loyihalar hujjatlarini tashkillashtirish hamda tayyorlash;

- atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro faoliyatni amalga oshirish bo'yicha tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan takliflarni, shu jumladan ishlar rejasi, tadbirlarni bajarish muddati, aniq ijrochilar va moliyaviy harajatlarni muhokamaga kiritish va O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi rahbariyati tomonidan tasdiqlash;

- atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro, davlatlararo, hukumatlararo kelishuvlar, shartnomalar va boshqa qarorlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish. Bo'limga O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi rahbariyati tomnidan belgilab berilgan boshqa vazifa hamda funksiyalar yuklatilishi mumkin.


2014-12-19

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika