Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Vazifa va funksiyalar

Vazifa va funksiyalar

 

1.  Bo'lim o'z  zimmasidagi vazifalariga muvofiq quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

      -  Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlari, ekologik novatsiyalarni vazirliklar, idoralar, tashkilotlar hamda korxonalar tomonidan tadbiq etilishiga ko'maklashish;

       - Qo'mita faoliyatinining ochiqligini, targ'ibot-tashviqot, ta’lim-tarbiya, uzluksiz ekologik ta’lim va barqaror taraqqiyot maqsadlarida ta’lim, shuningdek, respublika aholisining ekologik madaniyatini rivojlantirish, tabiatdan foydalanishda iste’molchilik hamda tabiiy resurslar tuganmas psixologiyasiga barham berish borasidagi ishlarni amalga oshirish;

       - Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa  institutlari bilan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida dasturlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar va boshqa qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ular bilan hamkorlik qilish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatida hamda jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishda ularga uslubiy yordam ko'rsatish va ko'maklashish.

 

2.  Bo'limning funksiyalari quyidagilardan iborat:

         - atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan barqaror foydalanish sohasida respublika organlarining qarorlari va farmoyishlari, ilmiy-texnik dasturlar  hamda rejalarning bajarilishi bo'yicha nazoratni amalga oshirish;

         - Fanlar akademiyasi, ilmiy-tadqiqot muassaslari vazirliklar va idoralar sa’y-harakatlarini yer, suv resurslarini, atmosfera havosi, o'simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish yo'nalishlari bo'yicha yangi taraqqiy etgan texnologiyalar, ekologik novatsiyalarni ishlab chiqish va tadbiq etishga qaratish;

         - Ilmiy-texnik Kengash yig'ilishlari materiallarini tayyorlash, tashkillashtirish va o'tkazishda ishtirok etadi, viloyat qo'mitalari qoshidagi Ilmiy-texnik Kengashlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

         - atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ilg'or, ekologik toza, kam chiqitli va chiqindisiz texnologiyalarni ishlab chiqish va tatbiq etish sohasida tizimli tadqiqotlar bo'yicha ishlarni tashkil etadi va Qo'mita ilmiy bo'linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;

         - qo'mita tomonidan o'rnatilgan tartibda Qo'mita qoshidagi tashkilotlarni atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ilmiy-texnik axborot va rahbariy hujjatlar bilan ta’minlash;

        - Fanlar akademiyasi, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari, oliy o'quv yurtlari kafedralari, vazirliklar hamda idoralar ilmiy bo'linmalari va institutlari bilan axborot almashish bo'yicha uzviy aloqalarni olib boradi;

       -  qo'mita bo'linmalari uchun yangi ishlanmalar hamda ilg'or ilmiy-texnik yutuqlar, ekologik novatsiyalarni tatbiq etish imkoniyatlari to'g'risidagi dastlabki axborotni tayyorlash;

      -  qo'mita bosh boshqarma, boshqarmalar, bo'limlar, shuningdek, bo'linmalar bilan hamkorlikda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi ilmiy-tadqiqotlar bo'yicha ma’lumotlar bazasini (banki) yaratish bo'yicha ishlarni tashkil etish;

      -   atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi axborotlarni to'plash va o'z vaqtida Qo'mita bo'linmalariga tarqatishni tashil etish;

     -   O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, bosma redaksiyalar va internet, OAV, Fanlar akademiyasi, Oliy va o'rta maxsus hamda Xalq ta’limi vazirliklari, Jurnalistlar uyushmasi, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan uzviy aloqada ishlash;

      - qo'mita faoliyati to'g'risidagi axborotni, press-relizlarni tayyorlaydi, yangilaydi hamda Qo'mita rasmiy saytiga, hamma kirishi mumkin bo'lgan xonalarga va joylarga joylashtirish orqali ularni tarqatadi, shuningdek, matbuot-anjumanlari, brifinglar, ko'rgazmalar, media-, press- va foto-turlarni tashkil etish;

      - Respublikada tabiatni muhofaza qilish mavzusiga oid  ilmiy-ommabop, o'quv va maxsus adabiyotlar, risolalar, plakatlar va stendlarni ishlab chiqishga ko'maklashish;

      - Tabiatni muhofaza qilish bo'yicha ilmiy-ommabop, hujjatli filmlarning tasvirga olinishini, respublika aholisi o'rtasida ekologik madaniyatni tarbiyalash va ekologik bilimlarni targ'ib qilish, shuningdek, tabiatni muhofaza qilishning dolzarb masalalari yuzasidan Qo'mita, respublika davlat va xo'jalik yurituvchi organlar vakillari ishtirokida teleko'rsatuv, radioeshittirishlarni tashkil etadi.

      - Ekologik bilimlarni targ'ib qilish markazi sifatida  O'zbekiston Respublikasi pavilonlari, ekspozitsiyalar va mavzuli ko'rgazmalardan faol foydalanadi va bir vaqtda yig'ilish, seminar, simpoziumlar tashkil etadi.

       - Qo'mita tomonidan o'tkaziladigan milliy hamda xalqaro seminarlar, anjumanlar va simpoziumlarni tashkil etish da ishtirok etadi va ular ishini ommaviy axborot vositalarida yoritilishini ta’minlash;

       - sanoat korxonalari va tashkilotlarda, fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlarida O'zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha ekologik bilimlar hamda qonunchilikni targ'ib qilish yuzasidan maqsadli ishlarni tashkil etish;

       -  ijtimoiy hamkorlikni o'rnatadi va nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlariga atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida dasturlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar va boshqa qarorlarni ishlab chiqilishi va joriy qilinishida ishtirok etishiga uslubiy ko'mak berish;

       -  atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish jarayonlarida ishtirok etish uchun jamoatchilikni jalb etadi, jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishga ko'maklashish;

       -  qo'mitaning Xalqaro aloqalar va dasturlar bo'limi bilan hamkorlikda O'zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik ta’lim hamda barqaror taraqqiyot maqsadlarida ta’lim sohasida xalqaro simpozium, ko'rgazmalar, ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlari bo'yicha tadbirlarni o'tkazishni tashkil etadi.

       - Ekologik muammolar bilan bog'liq bo'lgan xalqaro shartnomalar va kelishuvlarni tayyorlashda boshqa vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda ishtirok etish;

       - Fan-texnika taraqqiyoti va ekologik bilimlar targ'iboti yo'nalishi bo'yicha viloyat qo'mitalari mutaxassislarining malakasini oshirish yuzasidan tadbirlarni o'tkazishni tashkil etish;

       - faoliyat yakunlari bo'yicha rahbariyatga axborot, hisobot va ma’ruzalarni tayyorlash, taqdim etish.

 


2014-12-19

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika