Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining 2017-yil I-yarim yillik faoliyati bo'yicha ma’lumot

O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining 2017-yil I-yarim yillik faoliyati bo'yicha ma’lumot

 MA’LUMOT

 
Hisobot davrida tabiatni muhofaza qilishga oid qonun va qonunosti hujjatlariga muvofiq, Qo‘mitaning asosiy vazifalarining bajarilishida bir qator ishlar amalga oshirilib, quyidagi natijalarga erishildi:
 
1. Moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi:
Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armalariga umumiy tushumlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 52,4 foizga o‘sib, 5533,6 mln. so‘mni tashkil qildi (2016-yilning I-choragida – 3 632 mln.so‘m).
2. Hajmiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi:
Davlat ekologik nazoratini amalga oshirishda Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi tomonidan tasdiqlangan 2017-yilda xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida tekshirishlar o‘tkazish reja-jadvaliga asosan 154 ta subyektda davlat nazorati olib borilib (2016-yilning I-choragida – 214 ta), 3 ta qisqa muddatli tekshirish o‘tkazildi.
Bunda, 275 ta ifloslantiruvchi manbalarga ega xo‘jalik yurituvchi subyektda monitoring ishlari olib borilib, jami 1934 manbada, shundan atmosfera havosi bo‘yicha 1203 ta, suv resurslari bo‘yicha 578 ta, tuproq ifloslanishi bo‘yicha 153 ta manbada asbob-uskunalar yordamida monitoring ishlari amalga oshirildi. Natijada 21 ta xo‘jalik yurituvchi subyektda ifloslantirish darajasi o‘rnatilgan me’yorlardan yuqori bo‘lgan jami 45 ta manba aniqlandi.
Shuningdek, ifloslantiruvchi manbalarga o‘rnatilgan 619 ta chang-gaz tozalash inshootlari, 72 ta oqova suvlarini tozalash inshootlari, 13 ta chiqindilarni saqlash va ko‘mish joylari, 130 ta yer usti suv obyektlari o‘rganilib, past samara bilan ishlayotgan 133 ta chang-gaz va 71 ta oqova suvlarini tozalash inshootlari, 130 ta ifloslanish darajasi belgilangan me’yordan yuqori bo‘lgan yer usti suv obyektlarida konsentratsiyaning yo‘l qo‘yiladigan cheklangan miqdoridan (KCHM) yuqori darajada ifloslangan uchastkalar aniqlandi. 
Reyd tartibidagi ekologik nazorat doirasida o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanilishida qonun buzilishi holatlarini aniqlash va ularning oldini olish yuzasidan 1456 ta tezkor nazorat tadbirlari (reydlar) amalga oshirildi.
Hisobot davrida hududiy qo‘mitalar tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikdagi nazorat tadbirlari o‘tkazilib, brakonyerlardan 53 ta ov quroli, ochiq suv havzalari hududlarida noqonuniy ravishda baliq ovi bilan shug‘ullangan shaxslardan 57 ta baliq ovi qurollari (to‘r va elektr qarmoqlar) hamda 256 kg noqonuniy ov mahsulotlari (baliq) va 707,1 m3 o‘simlik dunyosi obyektlari (yog‘och, o‘tin) o‘rnatilgan tartibda olib qo‘yildi.
Hisobot davrida respublika bo‘yicha 7724 ta loyiha hujjatlari (2016-yilning I-choragida  – 6599 ta), davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazildi va atrof muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun 757 ta ekologik me’yorlar o‘rnatildi (2016-yilning I-choragida – 696 ta).
 
3. 2017-yil Investitsiya dasturining bajarilishi:
Investitsiya Dasturi doirasida “Namangan viloyati Pop tumanidagi 23-sonli sobiq uran koni hududida ekologik holatni sog‘lomlashtirish” tadbiri ijrosini ta’minlash borasida davlat byudjetidan jami 2,497 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi. Mazkur obyektda amalga oshiriladigan qurilish ishlarining Manzilli ro‘yxati belgilangan tartibda kelishilib, smeta hujjatlari “Davarxitektqurilish” davlat qo‘mitasining Namangan viloyati hududiy boshqarmasida ekspertizadan o‘tkazildi. Hozirgi kunda tender savdolari o‘tkazilishi uchun tegishli hujjatlar tayyorlanib, hisobot davrida 30,6 mln. so‘m mablag‘ sarflandi.
 
4. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida ko‘zda tutilgan topshiriqlarning bajarilishi:
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida quyidagilar amalga oshirildi:
1) Import-eksport operatsiyalari bo‘yicha beriladigan sertifikat va ruxsatnoma hujjatlarini unifikatsiyalashtirilgan bojxona axborot tizimi orqali taqdim etishni yo‘lga qo‘yish – KOYKA xalqaro hamkorlik agentligining mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasida unifikatsiyalashtirilgan «Bir oyna» bojxona axborot tizimini joriy etish yo‘li bilan bojxona xizmatini modernizatsiya qilish» loyihasi doirasida “Bir oyna” tizimi yaratildi. Mazkur tizimdan foydalanish bo‘yicha texnik topshiriq va foydalanuvchi qo‘llanmasi ko‘rib chiqildi. “Bir oyna” tizimida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash uchun test sinovlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish”, “Ekologik havfli mahsulot va chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va uning hududidan olib chiqish” hamda “Avtotransport vositalarini respublika hududiga olib kirish uchun” ruxsatnomalar olishga ariza berish talablari tasdiqlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish Markazi «UZINFOCOM» DUK bilan kelishildi.
2) Yangi turistik marshrutlarni yaratish, turizmning zamonaviy turlarini rivojlantirish, ularning jozibadorligini kuchaytirish – “2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ga ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha 5 ta yo‘nalishdagi tadbirlar taklifi ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga taqdim etildi.
Shuningdek, Xorazm viloyati Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan Xorazmda turizmni rivojlantirish dasturi bo‘yicha viloyatning tarixiy yodgorliklari va tabiiy landshaftlarini o‘z ichiga olgan uchta marshrut loyihasi ishlab chiqildi. Jumladan:
– Urganch shahri – G‘avuq ko‘l – Xiva marshruti;
– Urganch shahri – Cholish posyolkasi – Amudaryo – Yangibozor tabiat yodgorligi – Katqal’a tarixiy yodgorligi – Xoja Yusuf Hamadoniy nomli ziyoratgoh – Urganch shahri.
– Urganch shahri – Cholish posyolkasi – Amudaryo – Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati.
3) Respublikaning barcha shahar va tumanlarida qattiq maishiy chiqindilarni sanitariya jihatidan tozalash va utilizatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish – Qo‘mita tomonidan 1 ta qonun, 1 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni va 2 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihalari ishlab chiqilib, o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi. 
4) Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni kuchaytirish – Orolbo‘yi mintaqasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini kengaytirish va rivojlantirish maqsadida 10 ta yangi shunday hududlar tashkil qilish hamda “Jayron” ekomarkazining infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha umumiy qiymati 10 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan loyiha hujjatlari ishlab chiqildi. Hozirda ushbu loyihalarni moliyalashtirish masalalari BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan o‘rganib chiqilmoqda. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Navoiy viloyatlarida 9 ta yer osti suvlari hosil bo‘lishi manbalarini o‘rganish, ushbu mintaqalarda chuchuk suvga aylantirish uskunalarini o‘rnatish bo‘yicha Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan hamkorlikda umumiy qiymati 18 mln. AQSH dollarini tashkil qiluvchi loyiha hujjati ishlab chiqildi. 
Atmosfera havosi ifloslanishini avtomatlashtirilgan monitoring tizimini joriy qilish bo‘yicha umumiy qiymati 1,5 mln. AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan loyiha hujjatlari ishlab chiqildi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun tashqi investitsiya va grant mablag‘larini jalb qilish masalasi o‘rganib chiqilmoqda.
5) Tabiiy, texnogen va ekologik xarakterdagi favqulodda vaziyatlar ehtimolini monitoring va prognozlashtirishning yagona tizimini ishlab chiqish – Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning monitoringi va prognozi Respublika tizimi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, tegishli taklif va qo‘shimchalar taqdim etildi.
 
5. Boshqa ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha amalga 
oshirilgan ishlar:
Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida qonun va qonunosti hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha:
Hisobot davrida Qo‘mita tomonidan 1 ta qonun, 1 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni va 2 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihalari ishlab chiqilib, o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi.
Jumladan:
– “O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017–2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi.
Bundan tashqari, hozirda O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi va “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunlari qabul qilinishi munosabati bilan:
– “O‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanishni va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-sonli qarorining yangi tahriri);
– “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirish bo‘yicha namunaviy qoidalarini va ularga kirish uchun to‘lovlar miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida”gi;
– “O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirishga yo‘naltirilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi;
– “Qog‘oz chiqindilarni yig‘ish, tayyorlash va qayta ishlashni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi jami 4 ta yangi me’yoriy-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda. 
6. Xalqaro aloqalarni rivojlantirish
Qo‘mita tomonidan xalqaro munosabatlarni rivojlantirish, bunda xorijiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish, sohaga grant mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha ishlar olib borildi.
Hisobot davrida umumiy qiymati 4,6 mln. AQSH dollariga teng 5 ta loyiha (4 ta milliy – 2,1 mln. AQSH doll. va 1 ta mintaqaviy – 2,5 mln. AQSH doll.) bo‘yicha ishlar amalga oshirildi. 
Xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida halqaro tashkilotlar bilan 8 ta uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi. Uchrashuvlarning asosiy mavzusi chiqindilar sohasida qo‘shma korxonalarni tashkil qilish, chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni tatbiq qilish, bioxilma-xillikni saqlash sohasidagi loiyhalarni kengaytirishga yo‘naltirildi.
Ekologik bilimlarni targ‘ib qilish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish
Aholining ekologiya masalalari hamda mamlakatda atrof-muhit muhofazasi sohasida olib borilayotgan faoliyat yuzasidan xabardorligini oshirish, ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish yuzasidan tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda ishlar olib borildi.
Hisobot davrida 519 ta uchrashuv, seminar, taqdimot, ijtimoiy ekologik aksiyalar, ta’lim muassalarida ochiq darslar tashkil qilindi. Jumladan, atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha – 82 ta, chiqindilar boshqaruvi masalasiga oid 85 ta, suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish sohasida 91 ta, biologik resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida 73 ta, ekologik qonunchilikni targ‘ib qilish borasida 89 ta hamda hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, noyob hayvon turlarini tabiatga qaytarish, ekologik xalqaro sanalar munosabati bilan ijtimoiy-ekologik masalalarga bag‘ishlangan 99 ta turli tadbirlar tashkil qilindi.
Ekologik xavfsiz, kam chiqitli va resurs tejamkor texnologiyalarni tatbiq etayotgan sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari hamda qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarda (qo‘riqxonalar, milliy tabiiy bog‘lar, buyurtmaxonalar va boshqalar) 11 ta mediatur o‘tkazildi. 
Ommaviy axborot vositalari ishtirokida maishiy chiqindixonalarning holatini va ruxsat etilmagan chiqindixonalarning hosil bo‘lishini o‘rganish, shuningdek, dalalarda ekin o‘rib olinganidan keyin somon yoqish, aholi punktlarida xazonlar va boshqa o‘simlik qoldiqlarini yoqish, ochiq olovni qo‘llagan holda bitum eritish hamda o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash maqsadida jami 187 ta tezkor reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Tele va radio kanallarida 1035 ta chiqish qilinib, (2015-yilda – 967 ta), bosma va internet OAV – 690 ta material chop etildi hamda ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi (2015-yilda – 557 ta).
Xorijiy va mahalliy OAVda dolzarb ekologiya masalalari bo‘yicha chop etilgan ma’lumotlar tahlil qilinib, ular asosida 6 ta ekologik dayjest tayyorlandi.
“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, shu jumladan ta’lim va fan sohasini rivojlantirish, yoshlarning ekologik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va amaliyotga tadbiq etilishini ta’minlash maqsadida  2 ta Respublika tanlovlari e’lon qilindi: 
- Qayta ishlash va ikkilamchi foydalanish maqsadida elektron chiqindilarni alohida yig‘ishni tartibga solishga bag‘ishlangan “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari va oliy o‘quv yurti talabalari o‘rtasida “Biz bilan ozoda kelajak sari” respublika tanlovi;  
- Oliy o‘quv yurtlarini yanada barqaror rivojlantirish, ular hududida energiya tejovchi, chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirish kabi yo‘nalishlardagi ijtimoiy-ekologik loyihalarni moliyalashtirish, talabalarni Buyuk Britaniya universitetlarining ilg‘or tajribasi bilan tanishtirish uchun “Barqaror rivojlanish maqsadlarida eng yaxshi yoshlar tashabbusi” respublika tanlovi.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning hududiy tizimlari tomonidan har biri 14 bo‘limdan iborat, 1030 ta tadbirni jamlagan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining asosiy vazifalari hamda ustuvor yo‘nalishlarni bajarish bo‘yicha 2017-yil uchun Dasturi” ishlab chiqilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishildi.
 Mazkur Dasturlarning bajarilishida, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, biologik xilma-xillikni saqlab qolish bo‘yicha, ulardan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish,bo‘yicha viloyat o‘rmon xo‘jaliklari hududida yovvoyi hayvonlar va qushlarni ko‘paytirish bo‘yicha 10 ta pitomnik, 700 gektardan ortiq yer maydonda 1200 tonnaga yaqin 30 turdagi dorivor o‘simliklarni ko‘paytirish plantatsiyalari, 20 mingdan ortiq xo‘jalik yurituvchi subyektlarni ekologik ekspertiza va ekologik sertifikatlashga jalb etish natijasida atrof muhitga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ta’sirlarini oldini olish, 2-bosqichli “Toza havo” tadbirlarini amalga oshirish jarayonida 200 mingdan ortiq avtotransport vositalarini tekshirish va 30 mingga yakin avtotransport vositalarini gaz yoqilg‘isiga o‘tkazish rejalashtirilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-oktabrdagi “Tarkibida simob moddasi bo‘lgan lampalar va priborlardan foydalanish va ularni foydali ravishda ishlatish korxonalari faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida”gi 405-sonli qarori ijrosi bo‘yicha hisobot davrida respublika bo‘yicha 104 ming dona yaroqsiz holga kelgan lampalar utilizatsiya qilindi.
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-sentabrdagi “Ishlatilgan texnik moylarni topshirish, to‘plash, ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 258-sonli qarori doirasida 1970,8 tonna yig‘ilgan texnik moylar qayta ishlashga qabul qilinib, shundan 1900 tonnasi qayta ishlandi.
2017-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar
 
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash.
2. Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 4848-sonli Farmoni talablarini izchil amalga oshirish.
4. Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojalantirish, sohaga investitsiya loyihalarini jalb qilish.
5. Qo‘mita tizimida kompyuterlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish.
6. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-sentabrdagi 321-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish.

2014-12-22

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika