Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi raisi B.Abdusamatovning Vena shahridagi EXHT ning XXIII iqtisodiy va ekologik forumiga ilk tayyorlov uchrashuvidagi nutqi

O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi raisi B.Abdusamatovning Vena shahridagi EXHT ning XXIII iqtisodiy va ekologik forumiga ilk tayyorlov uchrashuvidagi nutqi

Hurmatli rais,

 

Xonimlar va janoblar, yig'ilish ishtirokchilari!

 

Suv resurslarini boshqarish eng dolzarb va muhim masalalardan hisoblanadi va to'g'ridan-to'g'ri ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga hamda ekologik xavfsizlikka ta’sir ko'rsatadi.

Mazkur masala Markaziy Osiyo mintaqasi kesimida ko'rib chiqilar ekan, ta’kidlash zarurki, suv resurslari taqchilligining jadallashib borishi oziq-ovqat xavfsizligi siyosatining tarkibiy qismi bo'lgan suv resurslaridan oqilona foydalanish zarur ekanligini tasdiqlamoqda. Oziq-ovqat xavfsizligi masalalari o'z mohiyati hamda muhimligi jihatidan kun sayin jahon kun tartibida keskin muammolardan biriga aylanmoqda.

Bugun  oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining aholi soni hamda ehtiyojlarining o'sishidan ortda qolishi, o'z navbatida atrof-muhitning ekologik jihatdan buzilishi hamon davom etayotgani, iqlim o'zgarishlarining oldindan aytib bo'lmaydigan oqibatlari, tez-tez takrorlanayotgan qurg'oqchilik va suv resurslari taqchilligi, jumladan, sug'orish uchun yerosti suvlarining tugab borayotgani, irrigatsiya, melioratsiya va yerlarning unumdorligini qayta tiklashga yo'naltiriladigan investitsiyalarning yetarli bo'lmayotgan sharoitlarda yanada chuqurlashib bormoqda.

Istiqlol yillarida qishloq xo'jaligida amalga oshirilgan tub islohotlar natijasida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda O'zbekiston Respublikasi muhim ahamiyatga ega natijalarga erishdi. Xususan, g'alla yetishtirish hajmi 1 million tonnadan 8 million tonnaga yetdi, qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2 barobardan ziyod oshdi. O'z o'rnida aholi soni 30 foizdan ortiq kishiga yetdi va hozirda aholi soni 31 milionni tashkil etadi.

Orolbo'yi mintaqasida suv  resurslari taqchilligi va cho'llanish, suv iste’molini iqtisod qilish, ekiladigan yerlarning sho'rlanishi hamda degradatsiyasiga qarshi kurashish, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash, ekologiya va iqlim o'zgarishi salbiy ta’sirlarining oshib borishi bilan bog'liq kasalliklarni davolash uchun zarur bo'lgan infrastrukturani shakllantirish masalalarini hal etishga yo'naltirilgan keng ko'lamli loyihalar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga Orol dengizining qurishi va uning oqibatlari xali-xanuz asosiy hamda keskin muammolardan biri bo'lib qolmoqdaki, bu mintaqada ko'plab ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik muammolarni yuklamoqda. Amudaryo va Sirdaryoning Orolga umumiy quyilish hajmi so'nggi ellik yil ichida qariyb 5 barobar, Orol dengizining suvi 14 barobardan ko'proq kamaydi, uning sho'rlanish darajasi esa deyarli 25 marta ortdi. Bu Orol dengizida ilgari bo'lgan baliq va boshqa dengiz mavjudotlarining deyarli butkul yo'qolishiga olib keldi.

Orol dengizining qurishi butun Markaziy Osiyoda keskin iqlim o'zgarishiga olib keldi, suv resurslari taqchilligi, mavsumiy qurg'oqchilikning kuchayishi, qahraton qishning uzoq davom etishi, Pomir va Tyan-Shan tog'lari muzliklari erishining tezlashishi va mintaqa mamlakatlarida qishloq xo'jaligi ishlari bilan shug'ullanish sharoitlarining yomonlashishiga sabab bo'ldi.

O'zbekiston Orolni qutqarish xalqaro jamg'armasiga raislik qilishi davomida muhofaza qilishning ekologik hamda ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini yumshatish sohasidagi ishlarni jadallashtirishni rejalashtirmoqda. Zikr etilgan ushbu masalalar BMT Bosh Assambleyasi 68-sessiyasining rasmiy hujjatida - «Orol dengizi qurishining oqibatlarini bartaraf etish va Orolbo'yida ekotizimlar halokatining oldini olish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi»da o'z aksini topgan.

O'tgan yil oktyabr oyining oxirida Urganch shahrida (O'zbekiston Respublikasi) Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish masalalariga bag'ishlab o'tkazilgan xalqaro konferensiya yakunlari bo'yicha  umumiy qiymati 3 mlrd.AQSH dollariga teng bo'lgan milliy va mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish yuzasidan shartnoma hamda kelishuvlar imzolanib, ulardan 200 mln.dollari grantlar hisoblanadi.

So'zimiz yakunida, Markaziy Osiyo mintaqasining suv resurslari 60 mln.dan oshiq aholining farovonlik manbai ekanligini va ularni xalqaro huquqning umume’tirof etilgan me’yorlariga muvofiq amalga oshirilishi shartligini alohida ta’kidlab o'tishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Transchegaraviy daryolarning tabiiy oqimiga to'sqinlik qilish suv, oziq-ovqat va ekologik xavfsizlikka nisbatan tahdidni yuzaga keltirib, o'z navbatida ushbu hududda yashovchi, birinchi galda, mintaqaning asosiy yirik daryolari quyi qismidagi aholi farovonligiga salbiy ta’sir etadi.

 

E’tiboringiz uchun rahmat!


2015-01-28

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika