Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Asosiy vazifalar

Asosiy vazifalar

Davlat ekologik ekspertizasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi:
davlat ekologik ekspertizasini tashkil etadi va o'tkazadi;
davlat hamda jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek ekologik audit bo'yicha normativ-texnik va yo'riqnoma uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
davlat ekologik ekspertizasini o'tkazishga ekspertlar va mutaxassislarni jalb etadi;
davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini ololmagan ob’yektlarga nisbatan moliyalash, kreditlash va boshqa moliya operatsiyalarini to'xtatib turish (tugatish) to'g'risidagi taqdimnomalarni bank va boshqa kredit tashkilotlariga yuboradi;
davlat ekologik ekspertizasi xulosalarining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
ekologik ekspertiza o'tkazish masalalari yuzasidan boshqa davlatlarning tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

 


2015-11-25

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika