Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > ANIDIning asosiy vazifalari

ANIDIning asosiy vazifalari

Ifloslantirish manbalari monitoringi va atrof-muhitning ifloslanishi davlat analitik nazorati bo'yicha ishlarni tashkillashtirish va o'tkazish hamda O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi bo'linmalari, manfaatdor tashkilotlar, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi aholisini respublika hududida atmosferaga tashlanadigan zararli moddalar tashlamalari, oqova suvlar sifatining tavsifi, tuproq, suv resurslarining ifloslanishi, ifloslantiruvchi moddalarning o'simlik hamda hayvonot dunyosiga ta’siri to'g'risidagi axborot bilan ta’minlash;

Analitik nazorat natijalari, respublikaning atmosfera havosi, yer, suv yuzasi, o'simlik va hayvonot dunyosini ifloslantiruvchi manbalar to'g'risidagi ma’lumotlarni tizimlashtirish hamda umumlashtirish;

Chiqindilarni ko'mish (joylashtirish)da ekologik xavfsizlik bo'yicha talablarga rioya etish yuzasidan analitik nazoratni tashkil etish, radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash;

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar tabiatni mhofaza qilish qo'mitalariga ifloslantirish manbalari monitoringi, tabiat muhofaza qilish qonunchiligi talablariga rioya etish yuzasidan inspeksion analitik nazort bo'yicha ishlarni amalga oshirishda rahbarlik hamda tashkiliy-uslubiy va amaliy yordam ko'rsatish;

O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tizimining analitik nazoratga ixtisoslashgan davlat inspeksiyalari, idoraviy labaratoriyalar va tahlillarning ishonchliligi, yagonaligi hamda talab etiladigan aniqlikni ta’minlash bo'yicha xizmatlarning faoliyati yuzasidan uslubiy nazoratni amalga oshirish;

Analitik nazoratga ixtisoslashgan viloyat inspeksiyalari, idoraviy ekoanalitik labaratoriyalarning atrof-muhitning ifloslanishi yuzasidan analitik nazoratni yuritish va va ular faoliyati ustidan inspeksion nazoratni amalga oshirish huquqi bo'yicha attestatsiyadan o'tkazish;

Namunalarni tanlashning progressiv usullarini zarur bo'lganda ishlab chiqish, qayta ishlash va amaliyotga tatbiq etish hamda tashlama, oqova va chiqindilar hamda tabiiy muhit ob’yektlari ifloslantiruvchilarining fizikaviy-kimyoviy tahlillarini o'tkazish;

Atmsferaga tashlanadigan moddalar,  chiqariladigan oqova suvlar sifati va tabiiy muhit ob’yektlari ifloslantiruvchilarning tahlilining  nazorat va arbitraj o'lchovlarining o'tkazilishini ta’minlash;

O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tizimi analitik nazoratga ixtisoslashgan davlat inspeksiyalarining moddiy-texnik bazasini markazlashgan holda ta’minlanishini amalga oshirish;

O'zbekiston Respublikasi bo'yicha ifloslantirish manbalari monitioringi ma’lumotlar bazasining yagona axborot tizimini yaratish.

 

 


2015-11-26

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika