Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining 2015 yildagi faoliyati to'g'risida hisobot

O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining 2015 yildagi faoliyati to'g'risida hisobot

 

O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining 2015 yildagi faoliyati to'g'risida 

H I S O B O T

 

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining 2015 yilda asosiy faoliyati muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan belgilab berilgan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni bajarilishiga qaratilib, ekologik muvozanatni saqlash va aholi salomatligi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish bo'yicha ishlar amalga oshirildi.

Xususan, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabbiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar bazasini takomillashtirish va rivojlantirish va takomillashtirish sohasida:

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasining qo'mitalari bilan hamkorlikda 4 ta qonunga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish, 2 ta yangi taxrirdagi qonun loyihalari  ustida ishlandi.

Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan 2013 yil O'zbekiston Respublikasining "Ekologik nazorat to'g'risida"gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun jamoatchilikni jalb etish va nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, mamlakatimizning har bir fuqarosini atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasiga doir muhim jarayonlarda ishtirok etishdek huquqini mustahkamladi.

Mazkur Qonun bilan belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida bugungi kunga kelib Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tomonidan mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi.

 Xususan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 5 avgustdagi 216-sonli Qarori bilan "Davlat ekologik nazoratini tashkil qilish va amalga oshirish tartibi to'g'risidagi nizom", shuningdek, 2015 yil 8 oktyabrdagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining " Ekologik  nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqidagi" 286-sonli va "Jamoatchilik ekologik nazoratini  amalga oshirishga doir namunaviy nizomlarni tasdiqlash to'g'risida"gi 287-sonli Qarorlari tasdiqlandi. Ushbu qarorlar bilan 6 ta ya’ni, "Ekologik xizmat to'g'risida"gi, "Ekologik nazoratning jamoatchi inspektori to'g'risida"gi, "Ekologik audit to'g'risida"gi, "Jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi to'g'risida"gi, "Idoraviy ekologik nazoratni amalga oshirish tartibi to'g'risida"gi va "Ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi to'g'risida"gi  nizomlar tasdiqlandi.

Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash ustidan davlat nazorati samaradorligini oshirishda 2015 yilda jami 851 ta xo'jalik yurituvchi sub’yektlarda 2014 yilga nisbatan tekshirishlar soni 11 % ga qisqardi.

Atrof-muhit ifloslanishi hamda qonunbuzilish holatlarini oldini olish maqsadida, 13,2 mingdan ortiq tezkor nazorat tadbirlari o'tkazildi.

Tabiatni muhofaza qilish faoliyatini tarmoqlararo kompleks boshqaruvini amalga oshirish yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 27 maydagi 142-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2013-2017 yillarda O'zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo'yicha Dastur orqali amalga oshirilmoqda.

2015 yil yakunlari bo'yicha respublika va viloyat Dasturlariga kiritilgan 333 ta tadbirlardan 78 tasi to'liq yakuniga yetkazildi (respublika dasturdagi 78 tadan 26 ta, hududiy dasturlardagi 255 tadan 52 ta), qolgan tadbirlar bo'yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida resurs tejaydigan yagona siyosat yuritilishini ta’minlash maqsadida buyurtmachilar tomonidan  rejalashtirilayotgan faoliyat turlarini, taklif etilayotgan texnologiyalarni fan va texnikaning zamonaviy yutuqlariga muvofiqligi, ularni tabiiy muhitga ta’siri yuzasidan baholash ishlari amalga oshirildi.

Tadbirkorlik sub’yektlari xo'jalik faoliyatining ekologik talablarga muvofiqligi bo'yicha davlat ekologik ekspertizasi organlari tomonidan 30 mingta loyihalar ko'rib chiqilib, 2014 yilga nisbatan 107 foizga ortdi, 1,4 mingta yoki 2014 yilga nisbatan 3 baravar ko'p loyihalar ekologik talablarga javob bermaganligi sababli, qayta ishlashga qaytarildi.

Davlat ekologik ekspertizasini o'tkazish jarayonida asosiy e’tibor energiya tejamkor, kam chiqitli va chiqindisiz texnologiyalarni qo'llashga qaratilib, davlat ekspertizasidan o'tkazilgan 2,6 mingta loyihalarga yoki 2014 yilga nisbatan 54 foiz ko'p loyihalarga tegishli tavsiyalar berildi. 

Davlat ekologik sertifikatlash boshqarmasi tomonidan 4,1 mingdan ko'p ekologik sertifikatlar yuridik va jismoniy shaxslarga rasmiylashtirib berildi.

O'zbekiston Respublikasida atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha harakatlar Dasturida atrof-muhitni muhofaza qilish qonunchiligini rivojlantirishda ekologik sertifikatlashtirishga tegishli qismlarini, mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini, xizmatlarni hamda iqtisodiyotning mashinasozlik, kimyo, oziq-ovqat, agrosanoat kompleksi tarmoqlari bo'yicha ishlab chiqariladigan mahsulotlarning xavfsizlik mezonlari ishlab chiqish belgilangan.

Shu munosabat bilan, bozorga sifatsiz va qalbaki mahsulotlarni kirib kelishidan himoya qilish, O'zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ekologik xususiyatlari to'g'risida iste’molchiga ishonchli, aniq, haqqoniy ma’lumotlarni yetkazish maqsadida ekologik xavfsiz rasmiy belgisini joriy qilishni tartibga soluvchi Vazirlar Mahkamasining "Ekologik markirovka" qarori loyihasi Qo'mita tomonidan ishlab chiqildi va tegishli vazirliklar, idoralar bilan kelishilmoqda.  

Qaror loyihasi bilan mahsulot va xizmatlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovka qilish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash ko'zda tutilgan.

Qo'mitaning "Eko-energiya" markazi tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi,  Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Farg'ona, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlaridagi ijtimoiy muhim ob’yektlarga, tadbirkorlik sub’yektlariga 73 Kvt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega 307 ta qayta tiklanadigan energiya manbalari - quyosh batareyalari o'rnatildi. Natijada o'tgan yilda 1,7 ming m3 tabiiy gaz iqtisod qilinib, atmosfera xavosiga tashlanishi mumkin bo'lgan 3,2 tn uglerod oksidi tashlanishini oldi olindi. 

2015 yilda Qo'mita tomonidan xalqaro munosabatlarni rivojlantirish, bunda xorijiy davlatlar bilan o'zaro loqalarkengaytirish, sohaga grant mablag'larini jalb qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalqaro investitsiyalarni jalb qilish borasida o'tgan yilda umumiy qiymati 9,7 mln. dollarga teng 4 ta loyihalari amalga oshirish boshlandi.

Umuman olganda, o'tgan yilda jami 17,3 mln. dollarga teng 9 ta loyiha bo'yicha, shu jumladan bioxilma-xillikni muhofaza qilish borasida 12,9 mln. dollarlik 5 ta loyiha, kimyoviy vositalarni boshqarishni tartibga solish borasida 4,2 mln. dollarlik 2 ta loyiha bo'yicha ishlar olib borildi.

Shu bilan birga, Qo'mita tomnidan umumiy qiymati 174 mln. dollardan ortiq bo'lgan jami 112 ta yangi loyihalar loyihalar xujjatlari ishlab chiqildi.

Shulardan Orolbo'yi mintaqasida ekologik holatni yaxshilashga bo'yicha jami 68,5 mln. dollarlik 17 ta loyihalar, hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni kengaytirish va rivojlantirish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish, kimyoviy vositalar va chiqindilar boshqaruvini takomillashtirish, hamda qayta tiklanuvchi energiya manbaalari va boshqa ekologik toza texnologiyalarni keng joriy qilishga yo'naltirilgan qiymati 65 mln.dollarga teng jami 67 ta loyihalar.

PDF 52,1 КБ (53 426 байт)

 


2016-03-02

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika