Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > POPULYATSIYA EKOLOGIYASI NIMA?

POPULYATSIYA EKOLOGIYASI NIMA?

Populyatsiya deganda, ma’lum hudud yoki akvatoriyani egallagan bir tur doirasidagi individlarning birlashmasi tushuniladi.

Populyatsiyalar ekologiyasining obyekti butun ekosistema, ya’ni o‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar populyatsiyasining barqaror kompleksi va ular egallab turgan hudud yoki akvatoriya hisoblanadi. Bu ekosistemali yondashuv deb ataladi. Ekologiyada bir necha yondashish mavjud bo‘lib, ularning ichida qabul qilingani ekosistema va populyatsiyalarni o‘rganish asnosidagi yondashishdir. Ulardan birinchisi asosiy e’tiborni ekosistemaga, ikkinchisi esa populyatsiyaga qaratadi. Ular orasidagi farq obyektda, xolos.

Populyatsiyali yondashishda asosan xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan turga qaratiladi. Bu turlar qishloq xo‘jalik zararkunandasi yoki kasallik tarqatuvchi yoki muhofaza qilinishi lozim bo‘lgan noyob turlar bo‘lishi mumkin.

Populyatsiyalar ekologiyasining asoschisi ingliz olimi Ch.Elton hisoblanadi. U fan sifatida 1930-yillarda vujudga kelgan. Elton o‘zining «Hayvonlar ekologiyasi» kitobida ayrim organizmlarni o‘rganishdan populyatsiyalarni o‘rganishga o‘tish kerakligini ta’kidlab o‘tgan. Chunki bu darajada moslashish va boshqarish yaqqol ko‘rinadi, bunda asosiy masala populyatsiya sonining dinamikasi hisoblanadi.

Amaliy ehtiyojlar ham populyatsiyalar ekologiyasining rivojlanishiga sabab bo‘lgan.

Populyatsiyani o‘rganishda ikkita metodologik yondashish mavjud: birinchisi, dastlab organizmlarning xususiyatlaridan kelib chiqadi, keyin ular populyatsiyaning xususiyatlari bilan bog‘lanadi. Ikkinchisi esa, populyatsiyaning xususiyatlari, yashash muhiti bilan bog‘lanadi deb e’tirof etiladi.

Populyatsiya, bir butun sistema shaklida, tashqi omillar bilan bog‘langan holda o‘rganiladi. Hozirgi vaqtda biologiyada «populyatsiyalar biologiyasi» sohasi mavjud. Bunda, populyatsiyaning joydagi roli – konsument, produtsent va redutsentlar, har xil yoshdagi jinsiy guruh va ozuqa zanjirining biotsenozdagi roli o‘rganiladi. Ekologik yondashish populyatsiyalarning muhit fizik-geografik omillariga moslashishini o‘rganish bilan birga, biotik bog‘lanishlarga bog‘liq, organizmlarning ko‘payish va boshqa organizmlar bilan ekosistemada birga yashashini ham o‘rganadi (Qarang: X.Tursunov, T.Rahimova «Ekologiya» o‘quv qo‘llanma. T. «Chinor ENK» nashriyoti, 2006).

Populyatsiya bu tabiiy tarixiy, genetik evolyusion sistemadir. Populyatsiyalar ekologiyasi katta ahamiyatga ega bo‘lgan hayvon va o‘simliklarni ko‘paytirish yo‘llarini topish maqsadida vujudga keldi. Bunda har xil parazitlar, kasal tarqatuvchi organizmlar hisobga olinadi.

Populyatsiyalar ekologiyasi kam uchraydigan va yo‘qolib ketayotgan turlarni qo‘riqlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqadi. Atrof-muhitdagi ko‘p hayvon va o‘simliklar tartibsiz iste’mol qilinishi natijasida yo‘qolib ketadi. Uni tiklash choralari populyatsion ekologiyaning vazifalari qatoriga kiradi. Buning uchun populyatsiyalarni tabiiy sharoitda o‘rganish kerak, masalani o‘rganishda va hal qilishda matematik-statistik metodlar katta rol o‘ynaydi. Populyatsiya to‘g‘risida ayrim omillar orqali munozara qilinadi. Populyatsiyalar esa doimiy o‘zgarishda bo‘ladi. Populyatsiya tarkibi uning zamon va makonda tarqalishi haqidagi ma’lumotlar – dispersiya orqali aniqlanadi. Vaqt ichidagi o‘zgarishlar esa populyatsiyalar sonining o‘zgarishida bilinadi. Populyatsiyalar ekologiyasida o‘sish tezligi, populyatsiya sonining o‘zgarishi kabilarning matematik modellari ishlatiladi. Bu modellarni tuzish, bevosita yashovchanlik va o‘lim terminlari bilan bog‘liq.

 

Anvar SHEROV,

O‘zbekiston Respublikasi

Tabiatni muhofaza qilish

davlat qo‘mitasi

Axborot xizmati


2016-10-25

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika