Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > HARORAT – EKOLOGIK OMIL

HARORAT – EKOLOGIK OMIL

Harorat asosiy iqlim omillaridan biri bo‘lib, hayotiy jarayonlar unga bog‘liq. U o‘simliklar va hayvonlar ta’sirida o‘zgarib turadi. Masalan, o‘rmonlar ta’sirida muhit harorati pasayadi. Asalarilar o‘z uyasida harorat 130C gacha pasayganda, muskullari harakati kuchayishi natijasida uya haroratini 20–300C gacha ko‘taradi. Hayvonlar o‘z inlarida ham ma’lum haroratni saqlaydilar.

Harorat hayvon va o‘simliklar hayotida ekologik omil sifatida modda almashinish tezligi, fotosintez, transpiratsiya va boshqa biokimyoviy va fiziologik jarayonlar hamda ekologik xulq-atvor reaksiyalariga ta’sir qiladi.

Sayyoramizda organizmlar katta harorat diapozonida yashaydi. Ko‘p turlar uchun 20–300C ekologik optimum hisoblanadi. Ko‘pchilik gidrobiontlar esa 350C dan baland haroratda yashay olmaydi. Quruqlikda yashovchi issiqsevar organizmlar 500C haroratga ham chidamli bo‘ladi.

Qisqichbaqalarning bir turi 45–480C da yashaydi, suv harorati 300C ga tushganda esa o‘lib qoladi. Mollyuskalarning ayrim turlari 600C gacha haroratga chiday oladi. Bakteriyalarning ayrim turlari 70–900C haroratli manbalarda uchraydi, sporalari esa 120–1400C gacha chidaydi. Bu hayotning eng baland chegarasi hisoblanadi.

Organizmlarning past temperaturaga chidamliligi quyidagicha: ko‘pchilik hayvonlar 50C harorat tushgunicha chidaydi, eng past harorat 00C hisoblanadi. Dengizdagi sovuqqa chidamli hayvonlar esa – 3,30C ga, hasharotlar – 20–450C ga chidaydi.

Ekologiyada atrof-muhitning issiqlik holati harorat orqali ifodalanadi, buning uchun 1000C shkalasi ishlatiladi. Geografik hududlarning issiqlik bilan ta’minlanishi, umumiy iqlim ko‘rsatkichlari bilan belgilanadi. Ular joyning o‘rtacha yillik harorati, absolyut maksimum va absolyut minimum, eng issiq va eng sovuq oylarning o‘rtacha temperaturalaridir.

Organizmlarning tana temperaturasi haroratga bog‘liq. Undagi modda almashinuv jarayonlarining o‘tishi ham temperaturaga bog‘liq. Haroratning 100C ga ortishi, reaksiyani 2–3 marta tezlashtiradi. Hayvonlar temperatura omiliga moslashish darajasiga qarab ikki xilga ajratiladi: 1) Poykiloterm. 2) Gomoyoterm.

Poykilotermlar deb hayoti, birinchi navbatda, tana temperaturasi tashqi muhit temperaturasiga bog‘liq ravishda o‘zgaruvchi hayvonlarga aytiladi. Masalan, ba’zi bir xordalilar va umurtqalilarni olish mumkin.

Tana temperaturasini tashqi muhit haroratiga bog‘liq bo‘lmagan holda doimiy holatda tutuvchi organizmlar gomoyoterm hayvonlar deb ataladi.

Poykiloterm hayvonlar sharoit yashash uchun noqulay bo‘lganda, ular uyquga ketadi. Aktiv holatda, ular tana temperaturasini saqlab turadi, passiv yoki aktiv bo‘lmagan holatda esa ularning temperaturasi pasayadi. Masalan, yumronqoziq, tipratikon, ko‘rshapalak.

Harorat – organizmlar hayotining turli tomonlariga ta’sir qiluvchi omil. U organizmlar tomonidan qabul qilinayotgan yegulik miqdori, yeyish vaqti, organizmlarning hosildorligi – yetilish darajasiga ta’sir etadi, tez rivojlanishiga yordam beradi yoki xalaqit beradi, past haroratda esa buning aksi bo‘ladi.

O‘simliklarda issiqlikdan saqlanishi uchun quyidagi moslashuvlar mavjud: issiqlikni qaytarish uchun anatom – morfologik moslashuv, bu shundan iboratki o‘simliklarning tukchalar bilan qoplanishi ularga oqish rang berib, issiqlik taftini qaytarish rolini o‘ynaydi: barglarning yaltirashi, ularning vertikal va meridional shaklda joylashishi, g‘allasimon o‘simliklarda barglarning o‘ralishi, barglar sathining qisqarishi. Bu moslashishlarning hammasi ham issiqlikka, ham suv bug‘latishni qisqartirishga qaratilgan kompleks moslashishdir.

Temperaturaning organizmlar xulq-atvoriga ta’siri natijasida, ular noqulay temperaturalardan o‘zlari uchun qulay mikroiqlimiy sharoitga qochishlari mumkin. Buning natijasida ular katta hududlarga migratsiyalanishi mumkin (qarang: X.Tursunov. Ekologiya. Toshkent, “Chinor ENK”, 2006).

Poykiloterm hayvonlarda kimyoviy va fizik termoregulyasiya taraqqiy etmagan. Ular noqulay harorat paydo bo‘lishi bilan undan uyalariga yashirinishadi, tuproqda, ba’zilari esa to‘planib turishadi.

Poykiloterm hayvonlar tana haroratini quyoshga qaratib, o‘zgartirib boshqarishadi. Masalan, chigirtka ertalab quyosh nurlariga tanasining keng tomonini, tushda esa, tor tomonini qaratadi.

Harorat va hayvonlar morfologik tuzilishining orasida qonuniyatlar bor. Bu Bergman qonuniyati bo‘lib, u shundan iboratki, sovuq iqlimli joylarda katta hajmdagi turlar tarqalgan. Hayvon qancha katta bo‘lsa, uning issiqlik yo‘qotishi shuncha kam bo‘ladi. Sovuq iqlimli hududlarda tarqalgan sut emizuvchi hayvonlarda quloq va dum yuzasining qisqarishi kuzatiladi, bo‘yin va oyoqlari qisqargan bo‘lib, tanasi yerga yaqin joylashadi, ya’ni oyoqlari kaltaroq bo‘ladi, masalan, buni tulkilarda ko‘rish mumkin.

Fizik termoregulyatsiya hayvonlar uchun ekologik tomondan foydali. Bu sutemizuvchi hayvonlarda tananing yung bilan qoplanishi, qushlarda pat bilan qoplanish, teri ostida yog‘ qatlamining bo‘lishida aks etadi. U o‘simliklar va hayvonlardagi hayot formalariga ham ta’sir qiladi.

 

Anvar SHEROV,

O‘zbekiston Respublikasi

Tabiatni muhofaza qilish

davlat qo‘mitasi

Axborot xizmati


2016-10-28

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika