Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


EZGULIKKA YO‘G‘RILGAN TADBIR

Joriy yilning 8-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Davlatbionazorat inspeksiyasi tashabbusi bilan Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida manzarali ko‘chatlarni ekish bo‘yicha ekologik aksiya tashkil etildi.

Unda, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xodimlari, Davlatbionazorat inspeksiyasi mas’ullari, tennis maktabi rahbariyati, o‘qituvchilar va o‘quvchilar, ota-onalar, mahalla faollari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdilar.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ta’lim muassasalarida ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, yashil hududlar maydonini kengaytirish, yoshlarni atrof-muhit barqarorligini ta’minlashda faolligi va mas’uliyatini yanada oshirish, mamlakatimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishiga yaqindan ko‘maklashish orqali xalqimizga xos ezgu fazilatlarni yuksaltirish, ularni yoshlar qalbiga singdirish, mahallalar hududlarini, aholi turarjoylari atrofini bundan-da ko‘rkam ko‘rinishga keltirishdan iborat.

Mustaqillik yillarida shahar va qishloqlarimiz, korxona va tashkilotlar, muassasalar, ayniqsa ta’lim muassalari va o‘quv yurtlarida ko‘chat ekishdek ezgu an’ana shakllandi.

Ana shu ezgu an’anaga muvofiq, Davlatbionazorat inspeksiyasi xodimlari va aksiya ishtirokchilari tomonidan tennis maktabi hududiga hashar yo‘li bilan manzarali daraxtlar – archa (mojjevelnik – qora archa) ko‘chatlari ekildi. Mazkur hasharda 70 dan ziyod qatnashchi faol ishtirok etdi. Aksiya barchaga ko‘tarinki kayfiyat, ruhiy ozuqa baxsh etdi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Unda yashil tabiat rivojiga hissa qo‘shayotgan har bir qatnashchining yuzida his-hayajon va quvonch shundoqqina aks etib turardi.

Ko‘chat ekish paytida mutaxassislar yosh avlodga archa haqida qisqa ma’lumot ham berib o‘tdilar. Archa bir jinsli, bir yoki ikki uyli, shamol yordamida changlanuvchi, ignabargli o‘simlik hisoblanadi. Uning 2-3 yoshli ko‘chati ekiladi, mart-may oylarida esa gullaydi. Ba’zi turlari tropik hududlardagi tog‘larda ham uchraydi. Archaning xo‘jalikdagi ahamiyati g‘oyatda katta. Yog‘ochi me’morlik, o‘ymakorlik va qalam yasashda ishlatiladi. Ba’zi turlaridan xushmanzara o‘simlik sifatida ham foydalaniladi. Archasimon daraxtlar qishin-yozin yashillikka burkangan bo‘ladi. Natijada yil bo‘yi changni yutib, havoni tozalab turadi.

Ezgulikka yo‘g‘rilgan tadbir “savob ishni har kun qilish kerak, savob ishni har kim qilish kerak” degan purma’no hikmat bilan uyg‘unlik kasb etdi.

 

O‘zbekiston Respublikasi

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

Axborot xizmati

Muhokama

O'z fikringizni qoldiring

Plain text

  • No HTML tags allowed.
  • Web page addresses and e-mail addresses turn into links automatically.
  • Lines and paragraphs break automatically.

2016-11-08

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika