Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


QONUNLAR RAVNAQI YO'LIDA

Joriy yilning 15-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan davlat tashkilotlari xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida” (21.09.2016-y.) hamda «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi (19.09.2016-y.) Qonunlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida seminar tashkil qilindi.

Unda, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi mas’ul xodimlari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, ekspertlar, olimlar, soha mutaxassislari hamda OAV xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – davlat tashkilotlari mas’ullari va xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida” hamda «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda tabiat muhofazasini ta’minlashda davlat tashkilotlarining keyingi faoliyatini takomillashtirish va o‘zaro samaradorlikni oshirishdan iborat.

Seminar avvalida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, unda aks etgan moddalar sharhiga to‘xtalib o‘tildi. Yangi tahrirdagi qonun o‘z ichiga 6 bob, 51-moddani olgani e’tirof etildi.

Yig‘ilishda soha mutaxassislari tomonidan qonunning “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari” (7-modda), “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi” (8-modda), “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari” (12-modda) kabi qator moddalariga sharh va izohlar berildi.

Seminarda “O‘zbekistonning biologik resurslarini tiklash, ishlab chiqarish hamda muhofaza qilishga doir qonunchilik va normativ-huquqiy aktlar”, “Tabiat muhofazasini ta’minlashda davlat tashkilotlarining keyingi faoliyatini takomillashtirish va o‘zaro samaradorlikni oshirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga asosan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklardan maqsadga muvofiq tarzda foydalanish” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Shuningdek, yig‘ilishda tabiat muhofazasi va undan foydalanishda ekologik nazoratni amalga oshirish, normalarga amal qilish va me’yoriy foydalanish, ekologik ekspertizalar o‘tkazish, davlat hisobi va kadastri, shuningdek foydalanganlik hajmi (ko‘lami) monitoringini yuritish, tabiatni muhofaza qilish va maqsadga muvofiq tarzda foydalanish borasida biotexnik tadbirlar o‘tkazish kabi qator masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Seminarning ikkinchi qismi yangi tahrirdagi «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunga qaratildi.

Yangi tahrirdagi «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonun yanada takomillashtirilgani yaqqol ko‘zga tashlanib turibdi. Avvalgi Qonun 28 ta moddadan iborat edi, yangi tahrirdagi Qonun esa o‘z ichiga 6 ta bob, 53 ta moddani olgan.

Yig‘ilishda Qonunning «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasini tartibga solish» deb nomlangan 2-bobida hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat siyosati va boshqaruvining asosiy yo‘nalishlari, davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi organlarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida vakolatlari aniq belgilab qo‘yilgani alohida e’tirof etildi.

Seminarda qonun bilan bog‘liq mavzularda qator ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, tabiat muhofazasi va undan foydalanishda ekologik nazoratni amalga oshirish, normalarga amal qilish va me’yoriy foydalanish, ekologik nazorat o‘tkazish, foydalanishda cheklash va taqiq o‘rnatish, maxsus foydalanish huquqini bekor qilish, to‘xtatish, tugatish, maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma berishda davlat xizmatini ko‘rsatish kabi masalalarga batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilish so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob olishdi.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi

Tabiatni muhofaza qilish

davlat qo‘mitasi

Axborot xizmati

Muhokama

O'z fikringizni qoldiring

Plain text

  • No HTML tags allowed.
  • Web page addresses and e-mail addresses turn into links automatically.
  • Lines and paragraphs break automatically.

2016-12-15

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika