Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


“BIZ BILAN OZODA KELAJAK SARI” RESPUBLIKA KO‘RIK-TANLOVI START OLDI

Joriy yilning 20-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi “Toshrangmetzavod” AJ bilan hamkorlikda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari va oliy o‘quv yurti talabalari o‘rtasida “Biz bilan ozoda kelajak sari” I-respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazilishini e’lon qildi. Ko‘rik-tanlov shahar va aholi turar-joylarida maqbul ekologik holatni yaratish masalalari, qayta ishlash va ikkilamchi foydalanish maqsadida chiqindilarni alohida yig‘ish (to‘plash)ni targ‘ib qilish va elektron chiqindilar muammolari echimiga bag‘ishlangan.

Hozirgi kunda hajmi tez sur’atlar bilan ko‘payib borayotgan chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish orqali atrof-muhitni muhofaza qilish eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Bunda, ayniqsa yaroqlilik muddati o‘tgan maishiy va tarkibida rangli metallar mavjud elektron texnika chiqindilarining utilizatsiyasi alohida ahamiyatga ega.

Bugun elektron chiqindilar ham insoniyat oldida turgan yangi ekologik muammoga aylanib ulgurdi. Eski, yaroqsiz holatga kelgan mobil aloqa vositalari, raqamli fotoapparatlar, komputer, printer, skaner, turli xil elektron uskunalar o‘z o‘rnini yangi, zamonaviylariga bo‘shatib bermoqda.

Shu munosabat bilan bugun atrof-muhitni muhofazasida chiqindilar muammosi, ularni boshqarish, aholining ekologik bilim va ko‘nikmalarni oshirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalariga ijodiy tomondan yondashish muhim yo‘nalishlardan biri sanaladi.

Mazkur ko‘rik-tanlovni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – chiqindilar bilan ishlash sohasida ekologik muammolarni hal etishda yosh avlodning ishtirokini kuchaytirish, ularning atrof-muhit muhofazasi, chiqindilar bilan ishlash va ekologiya masalalariga e’tiborini qaratishdan iborat.

“Biz bilan ozoda kelajak sari” ko‘rik-tanlovi ikki nominatsiya: “Eng zo‘r videorolik” va “Eng zo‘r poster” yo‘nalishlarida o‘tkaziladi. Ular quyidagi mavzularni qamrab olgan:

• chiqindilar paydo bo‘lish hajmining o‘sishi – tabiatga salbiy ta’sir, inson yashash sharoitining yomonlashuvi

• tabiiy resurslardan oqilona foydalanish

• buyumlarga ehtiyotkorona munosabat – chiqindilarni qisqartirish omili.

• chiqindilarni alohida yig‘ish va ularni qayta ishlash

• chiqindilarning xavfli turlari bilan munosabat

• elektron chiqindilar bilan munosabat

• jonajon shahar va mahallada ozodalikka rioya qilish

• shaharlar va turar-joylarda tozalikka rioya qilish – aholining fuqarolik burchi

• noqonuniy chiqindixonalar bilan kurashish

• ishlab chiqarish va foydalanishdan chiqqan chiqindilarning paydo bo‘lishi va ularni utilizatsiya qilish bilan bog‘liq boshqa mavzular.

Ko‘rik-tanlovda faqat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari va oliy o‘quv yurti talabalari ishtirok etadi.

Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi: birinchi bosqichda – tanlov ishtirokchilaridan 2017-yilning 22-yanvaridan 5-apreliga qadar ijodiy ishlar qabul qilinadi. Tanlov komissiyasi dastlabki bosqichdagi ijodiy ishlarni internet-ovozga qo‘yish uchun saralab oladi.

Ikkinchi bosqich – 15-20-aprel kunlari Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi rasmiy sayti va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi qo‘mitaning rasmiy sahifalarida (facebook, twitter) internet-ovoz berish orqali o‘tkaziladi.

Uchinchi bosqich – 22-aprel kuni birinchi va ikkinchi bosqichlardan saralab olingan ijodiy ishlarga ochiq ovoz berish yo‘li bilan yakuniy bosqich o‘tkaziladi.

“Eng yaxshi videorolik” nominatsiyasida bitta Qatnashchi yoki ishtirokchilar Guruhi (uch kishigacha) qatnashadi. “Eng yaxshi poster” nominatsiyasida ishtirokchilar Guruhi qatnashmaydi.

Tasvirga olingan videoroliklar 3 daqiqadan oshmasligi va AVI formatida tayyorlanishi lozim.

Posterlar CorelDRAW va Photoshop dasturida ishlangan, hajmi 2000x4000 piksel, fayl hajmi esa 3-4 MBdan oshmasligi kerak.

Ijodiy ishlar avval hech qayerda nashr etilmagan va faqat muallifga tegishli bo‘lishi shart.

Tanlovda ishtirok etish uchun talabnomani to‘ldirish lozim sanaladi, talabnomasiz ijodiy ishlar qabul qilinmaydi.

Barcha ijodiy ishlar zero_waste@uznature.uz elektron manziliga yuboriladi.

“Biz bilan ozoda kelajak sari” ko‘rik-tanlov nizomi va tanlov natijalari haqidagi barcha ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining rasmiy saytiga joylashtiriladi (www.uznature.uz).

Muhokama

O'z fikringizni qoldiring

Plain text

  • No HTML tags allowed.
  • Web page addresses and e-mail addresses turn into links automatically.
  • Lines and paragraphs break automatically.

2017-01-25

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika