Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > BMTTD SOVUTISH USKUNALARI MUTAXASSISLARI MALAKASINI OSHIRISHGA KO‘MAKLASHMOQDA

BMTTD SOVUTISH USKUNALARI MUTAXASSISLARI MALAKASINI OSHIRISHGA KO‘MAKLASHMOQDA

O‘zbekiston Respublikasining xususiy sektor va ilmiy hamjamiyat vakillaridan to‘rt nafar mutaxassis Germaniyaning Spring (Spring) shahrida tashkil etilgan “Ozon qatlamini yemirmaydigan propan (R290) sovutish agentini xavfsiz qo‘llanilishi” mavzusidagi xalqaro trenerlar tayyorlash o‘quv mashg‘ulotida ishtirok etdi.

Besh kunlik o‘quv mashg‘uloti “Iqtisodiyoti o‘tish davridagi mamlakatlar hududlarida Gidroxlorftoruglerodlar (GXFU)dan foydalanishning bosqichma-bosqich qisqartirilishi” loyihasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Loyiha Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining Istambul shahrida joylashgan mintaqaviy ofisi tomonidan amalga oshirilib, uning faoliyati O‘zbekiston, Tojikiston, Belarusiya va Ukraina davlatlarini qamrab olgan.

O‘zbekistonlik ishtirokchilar nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashib, propan sovutish agentida ishlaydigan uskunalarni o‘rnatish va ularga xizmat ko‘rsatish borasida o‘z bilimlarini oshirdilar. 

– O‘quv mashg‘ulotlari biz uchun qiziqarli va foydali bo‘ldi, – deydi Toshkent davlat texnika universiteti o‘qituvchisi, “Sovutish va kreogen texnikasi” kafedrasi mudiri Dilshod Azizov. – Endilikda biz o‘quv mashg‘ulotlari davomida olgan bilim va tajribalarimizni O‘zbekistondagi hamkorlarimizga ham o‘rgatamiz. O‘quv mashg‘ulotlari yaqin orada BMTTD va O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ko‘magida Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi o‘quv markazi tomonidan tashkil etilishi rejalashtirilgan.

BMTTD mahalliy mutaxassislarning xalqaro tajriba orttirishlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi va Germaniya davlatida bo‘lib o‘tadigan “Ozon qatlamini yemirmaydigan ammiak va uglerod dioksidi sovutish agentlarini xavfsiz qo‘llanilishi” o‘quv mashg‘ulotlarida o‘zbekistonlik mutaxassislarning ishtirokini rejalashtirmoqda. 

2013-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamkorlikda BMTTD bilan GXFUlarni import qilishga qaramlikni (bog‘liqlikni) kamaytirish maqsadida davlat va xususiy sektor salohiyatini kuchaytirish uchun faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu faoliyatlar Ozon qatlamini muhofaza qilish bo‘yicha Vena konvensiyasi va Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar to‘g‘risidagi Monreal bayonnomasi doirasida olingan majburiyatlarni bajarilishiga yo‘naltirilgan.


2017-01-25

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika