Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Sog‘lom ona va bola yili Davlat dasturi ijrosini ta'minlash yuzasidan 2016-yil davomida bajarilgan ishlar to‘g’risida

Sog‘lom ona va bola yili Davlat dasturi ijrosini ta'minlash yuzasidan 2016-yil davomida bajarilgan ishlar to‘g’risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-fevraldagi PQ-2487-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturi ijrosini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining chora-tadbirlari rejasining 2016-yil davomida bajarilgani to‘g’risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-fevraldagi “Sog‘lom ona va bola yili to‘g‘risida”gi 2487-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 15 banddan iborat  tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ularni amalga oshirish uchun 344.119 mln. so‘m mablag‘ sarflandi.

Hususan, Qo‘mita tizimidagi xotin-qizlarni ijtimoiy va iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash doirasida 21 mln.so‘mlik yordam ko‘rsatildi. Hududiy qo‘mitalar tomonidan “Mahallamiz ekologiyasi”, “Ayol, ekologiya va salomatlik”, “Sog‘lom bolani tarbiyalash – bizning umumiy vazifamiz”, “Barkamol avlodni tarbiyalashda ekologik mas’uliyat” mavzularida 96 ta davra suhbati, 8 ta ekologik aksiyalar tashkil etildi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim, o‘rta ta’lim muassasalarida “Tabiat bolalar nigohida”, “Kelajagimiz va ekologiya” mavzularida ekologik sanalarga bag‘ishlangan 250 tadan ziyod ekologik tadbirlar, interfaol o‘yinlar o‘tkazildi. “Ekologiya xabarnomasi” -“Ekologicheskiy vestnik” jurnalida “Sog‘lom ona va bola yili” davlat dasturi ijrosi mavzusida alohida rukn joriy etildi. Hisobot davrida mavzuga oid jami 14 ta maqola chop etildi.

Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, shu bilan birgalikda tabiat bilan onalik va bolalikni muhofaza qilish masalasi uyg‘unlashtirilgan tasvirlar aks ettirilgan 8 turdagi maxsus bannerlar tayyorlandi. Buning uchun 82,9 mln. so‘m miqdorida mablag‘ sarflandi. Hozirgi vaqtda 180 ta banner butun respublika bo‘ylab maxsus joylarga o‘rnatildi. Jumladan, Toshkent shahri bo‘ylab 90 ta, Namangan (30 ta), Sirdaryo (30 ta) Jizzax viloyatlarida (30 ta). Bu borada fotoalbomlar tayyorlandi.

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani 66-sonli maxsus internat-maktabi, Sho‘rchi tumanidagi "Oynako‘l" tibbiyot birlashmasi, Qumqo‘rg‘on tumani 57-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga, Samarqand viloyati 1-sonli tug‘ruqxonaga, Buxoro, Qashqadaryo, Xorazm va Farg‘ona viloyatlaridagi QVPlari, o‘rta-ta’lim maktablariga qayta tiklanuvchi energiya manbayi, fotoelektr stansiyalari o‘rnatildi.

 


2017-01-26

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika