Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 2016-yilning 1-oktabridan boshlab 2017-yil uchun yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarni g‘amlash (to‘plash), tayyorlash turi va hajmi bo‘yicha kvotalarni shakllantirishni boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 2016-yilning 1-oktabridan boshlab 2017-yil uchun yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarni g‘amlash (to‘plash), tayyorlash turi va hajmi bo‘yicha kvotalarni shakllantirishni boshladi.

Jismoniy va yuridik shaxslar diqqatiga!

 

O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 2016-yilning 1-oktabridan boshlab 2017-yil uchun yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarni g‘amlash (to‘plash), tayyorlash turi va hajmi bo‘yicha kvotalarni shakllantirishni boshladi.

 

2016-yilning 30-dekabriga qadar yovvoyi holda o‘sadigan o‘simlik obyektlaridan maxsus foydalanishga kvotalarni shakllantirish maqsadida arizalarni o‘z vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Davbionazoratiga quyidagi talablar asosida yuborish lozim:

Ariza shakli

1. Ariza.

• Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simlik turining nomi (lotin, rus va o‘zbek tillarida).

• Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simlikning g‘amlanadigan qismlari (ildizlari, barglari, poyasi, urug‘i, qalamchasi, shirasi va boshqalar).

• G‘amlash hududi (Respublika, viloyat, tuman, shirkat, fermer xo‘jaliklari va boshqalar).

• G‘amlash yoki to‘plash hajmi (kilogramm, tonna, dona, kubometr)

• G‘amlash (to‘plash) muddatlari.

• Tayyorlash maqsadi (ekstrakt tayyorlash, xomashyo sifatida yetkazish, ekish uchun (urug‘, qalamcha), tijoriy, ilmiy maqsadlarda va boshqalar)

Boshqa ma’lumotlar

2. Tashkilot haqida ma’lumot (tashkilot nomi, INN, manzil, telefon raqami, elektron pochta va bank rekvizitlari).

3. Jismoniy shaxs haqida ma’lumotlar (manzil, telefon raqami, elektron pochta, pasport nusxasi).

 

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon raqami: (+99871) 207 07 70 (nom. abonenta 7006#, 7003#)

 


2017-01-27

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika