Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


O‘zbekiston Respublikasi universitetlari va barqaror rivojlanish

Joriy yilning 24-26-yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi universitetlari va barqaror rivojlanish” mavzusida davra suhbati va seminar tashkil qilindi.

Unda, qo‘mita mas’ullari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi xodimlari, “Kamolot” YOIH, yurtimiz institut va universitetlar o‘qituvchi-professorlari, Buyuk Britaniya Universitetlar va kollejlar Ekologiya Assotsiatsiyasi, Buyuk Britaniya talabalar Milliy Uyushmasi vakillari hamda OAV ishtirok etdi.

Mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan taraqqiy etishining muhim shartlaridan biri bu – universitetlarning samarali boshqaruvi sanaladi. Bunda iqtisodning turli tarmoqlari uchun zamon talablariga mos raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash maqsadga muvofiq. Mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish uchun ko‘rgazmali hududlarda ta’lim barqaror rivojlanishi maqsadida ta’lim konsepsiyasini amalga oshirish, barqaror rivojlanishning maqbul prinsiplari integratsiyasini keng miqyosda yoyish lozim. Barqaror rivojlanish diqqat-e’tiboridagi ta’lim o‘z ichiga tarbiya, ta’lim va uni amalga oshirishni oladi. Ta’lim barqaror rivojlanish universitetlar reytingini ko‘tarish, ularning strategik rejalariga barqaror rivojlanish prinsiplarini singdirish va faoliyatdagi uzoq muddatli o‘zgarishlarni ta’minlash, rivojlanishga yo‘naltirishni ko‘zda tutadi. Shuningdek, u o‘z ichiga ekologiya, iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarni ham qamrab olgan.

Davra suhbatida ishtirokchilar mamlakatimiz barqaror rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan sifat jarayonini ta’minlashda muhim sanalmish barqaror rivojlanish prinsiplarini ta’lim tizimiga singdirish kabi masalalarni muhokama qildilar.

Shuningdek, uch kunlik yig‘ilishda universitetlardagi ta’lim darajasini ko‘tarishga yo‘naltirilgan umumiy nuqtai nazarlar bildirildi, kadrlar tayyorlash sifati va raqobatbardoshligini oshirishda oliy ta’lim tizimiga Ta’lim barqaror taraqqiyotini joriy qilish, talabalarning liderligi va qatnashuvi, universitet shaharchasini tashkil etishdagi keng jarayonlar bilan bog‘liq ba’zi murakkab masalalarga ham to‘xtab o‘tildi.

Yig‘ilish davomida ta’lim berish, o‘qitish va barqaror rivojlanish jarayonidagi tadqiqotlar, boshqaruv va barqarorlik, universitetlarning barqaror rivojlanishi va ta’lim sifati, barqaror rivojlanish ta’limi kontekstida o‘quv dasturlarini isloh qilish kabi mavzuviy yo‘nalishlarda ma’ruzalar tinglandi.

Seminarda “Britaniya Kolumbiyasi Universiteti doirasida barqarorlikni joriy etish” mavzusida video namoyish qilindi, “Yashil akademiya” haqida qisqacha ma’lumot berildi, shuningdek unda amaliy mashqlarga va bahs-munozaralarga o‘rin berildi.

Tadbir ishtirokchilari ta’limga Barqaror rivojlanishni kiritish, XXI asr bitiruvchilari, Buyuk Britaniya Milliy Talabalar Uyushmasi tadqiqotlari natijalari borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

 

Tabiatni muhofaza qilish

davlat qo‘mitasi

Axborot xizmati

Muhokama

O'z fikringizni qoldiring

Plain text

  • No HTML tags allowed.
  • Web page addresses and e-mail addresses turn into links automatically.
  • Lines and paragraphs break automatically.

2017-01-27

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika