Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


“G‘arbiy Tyan-Shanning Chotqol tog‘lari” YUNESKO Butunjahon merosi sifatida

Joriy yilning 3-fevral kuni Xalqaro biznes markazi majlislar zalida Transmilliy seriyalar nominatsiyasiga “G‘arbiy Tyan-Shan”ni (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston) YUNESKOning Butunjahon madaniy va tabiiy meros ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha tantanali sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi va O‘zbekistondagi YUNESKOning Milliy ishlar bo‘yicha komissiyasi tomonidan tashkil etildi.

Unda, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari, Xalq ta’limi, Tashqi ishlar vazirliklari, O‘zR Fanlar akademiyasi, Toshkent viloyati hokimligi, Ugam-Chotqol Davlat milliy tabiat bog‘i ma’muriyati, O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik korpus xodimlari, YUNESKO, OBSE va PROON vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirni tabrik so‘zi bilan O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Abdusamatov ochdi.

YUNESKOning O‘zbekistondagi vakili Krista Pikkat ham tabrik so‘zlariga hamohang tarzda “Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish” Konvensiyasidan ko‘zlangan asosiy maqsad – nodir yodgorliklar madaniyati va tabiiy obyektlarni muhofaza qilishda butunjahon hamkorlikni kuchaytirish, ularning dunyodagi barcha xalqlar uchun qanchalik muhim ahamiyatga egaligi, ma’naviy ozuqa ekanligini targ‘ib etishdan iboratligini ta’kidlab o‘tdi.

2016-yilning 17-iyulida Istambul shahrida o‘tkazilgan Butunjahon meros bo‘yicha YUNESKO qo‘mitasining 40 sessiyasi qaroriga muvofiq, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston hududlarini qamrab olgan Tyan-Shan tog‘ tizmasining markaziy-osiyo qismi “G‘arbiy Tyan-Shan”ning transchegaraviy obyekti sifatida YUNESKOning Butunjahon madaniy va tabiiy meros ro‘yxatiga kiritildi. O‘zbekistondan Ugam-Chotqol Davlat milliy tabiat bog‘iga kiruvchi Boshqizilsoy va Maydontol qo‘riqxona hududlari kiritildi. “G‘arbiy Tyan-Shanning Chotqol tog‘lari” YUNESKO Butunjahon merosi obyekti nominatsiyasi, O‘zbekistonda butunjahon meros obyekti maqomini olgan ilk tabiiy obyekt hisoblanadi.

Chotqol qo‘riqxonasi o‘zining boy va rang-barang hayvonot hamda o‘simlik dunyosi, go‘zal landshaftlari bilan mashhur. Bu yerda ko‘plab noyob o‘simlik turlari va jonivorlar uchraydi. Qo‘riqxona hududida 1060 ta o‘simlik turi, 168 tur qushlar, 32 tur hayvonlar mavjud. Uning maqsadi G‘arbiy Tyan-Shan tog‘i ekotizimlarini saqlash va atrof-muhitning monitoringini olib borishdan iborat.

Qo‘riqxona hayvonot olamiga ham boy. Hudud uzra parvoz etayotgan turfa qushlarning galasi, ularning yoqimli xonishi kishini maftun etadi. Ma’lum bo‘lishicha, bu yerda qushlarning 200, sut emizuvchilarning 33, sudralib yuruvchilarning 11, baliqlarning 4 ta turi bor. Ko‘k sug‘ur, ya’ni menzbir sug‘uri ham o‘zining noyobligi bilan ajralib turadi. Mazkur hayvon qo‘riqxonaning dengiz sathidan 2200-3600m balandlikda joylashgan Qizilnura hududining namli joylari, soz tuproqli qorliklarga yaqin, tosh qoyalarning etaklarida yashaydi. Kuzatuvchilarning aytishicha, menzbir sug‘uri faol oila bo‘lib hayot kechiradi, koloniyalar hosil qiladi, o‘z uyalariga berkinib yashaydi. Bundan tashqari, bu yerda umurtqasiz hayvonlarning 1000 turidan ortiqrog‘i hayot kechiradi. Burgut, tasqara, oqbosh qumay, ilonxo‘r burgut va qarchig‘ay kabi yirtqich qushlar ham mazkur qo‘riqxonaning noyob jonzotlaridandir.

Shuningdek, Ugam-Chotqol Davlat milliy tabiat bog‘i tarixiy qimmatga egaligi bilan ham muhim ahamiyatga ega. Teraklisoy toshloq qirg‘oqlaridagi dengiz sathidan 2000 metr balandlikda eramizdan avvalgi 1-2 ming yilliklardagi toshga bitilgan qadimiy rasm (petroglif)lar, Revashti – Qorabuzoqsoy daryolarining bo‘linish joyida bronza buyumlar hamda qal’a qoldiqlari qo‘riqxonaning bebaho boyligi sanaladi.

Mamlakatimiz yaqin kelajakda Sarmishsoyda toshga bitilgan qadimiy rasmlar, Shohimardon, Zomin, Hisor tog‘lari va Boysun qo‘riqxonasini Butunjahon madaniy va tabiiy meros ro‘yxatiga kiritishni ham rejalashtirgan.

Tadbir davomida ishtirokchilarga “G‘arbiy Tyan-Shan” hujjatli filmi ham namoyish etildi.

Transmilliy seriyalar nominatsiyasiga “G‘arbiy Tyan-Shan”ni (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston) YUNESKOning Butunjahon madaniy va tabiiy meros ro‘yxatiga kiritish borasidagi sertifikat tantanali ravishda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasiga topshirildi.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi

Tabiatni muhofaza qilish

davlat qo‘mitasi

Axborot xizmati

Muhokama

O'z fikringizni qoldiring

Plain text

  • No HTML tags allowed.
  • Web page addresses and e-mail addresses turn into links automatically.
  • Lines and paragraphs break automatically.

2017-02-03

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika