Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


EKOLOGIK NAZORATNING JAMOATCHI INSPEKTORLARI BILAN SAMARALI HAMKORLIK

Joriy yilning 8-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan “Ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari bilan samarali hamkorlik” mavzusida seminar tashkil etildi.

Unda, qo‘mita mas’ul xodimlari, uning hududiy bo‘linmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlari, olimlar, ekspertlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Ta’kidlandiki, tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi davlat, ishlab chiqarish, muassasalar va, ayniqsa, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishda, asosiy o‘rinni jamoatchilik va fuqarolarni keng jalb qilish, ularning ishtirokini ta’minlashga qaratgan. Bu borada qo‘mita tabiat muhofazasi, u bilan bog‘liq bo‘lgan qonunchilikka zid holatlarni aniqlash va oldini olishda fuqarolarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatib kelmoqdi. Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida belgilab berilgan masalalar mas’ul idoralar, NNT bilan o‘zaro hamkorlik asosida o‘z yechimini topmoqda.

Ana shunday hamkorlik ko‘rinishlaridan biri, ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari tomonidan jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishdir. Inspektorlar O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 8-oktabrdagi “Jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishga doir namunaviy nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 287-sonli qaroriga muvofiq o‘z-o‘zini boshqarish organlari, NNT tomonidan tavsiya etiladi.

Inspektorning asosiy vazifasi – atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yish, atrof-muhit holatini kuzatib borish, atrof-muhitning ifloslanishi, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog‘ligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlash kabilardan iborat.

Ta’kidlash lozimki, ekologik nazoratning jamoatchi inspektori bo‘lishni istaganlar, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qoshida ochilgan Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markazida ta’lim olishlari mumkin.

Markazga Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining malakali xodimlari, olimlar, yurtimiz oliy o‘quv yurtlari, O‘zR Fanlar akademiyasi, ixtisoslashgan institutlarning yetakchi professor-o‘qituvchilari jalb qilingan.

Seminar davomida ishtirokchilarga ekologik nazoratning jamoatchi inspektorining asosiy vazifalari, huquqlari, obyektlari, aniqlangan ekologik huquqbuzarliklarni rasmiylashtirish tartibi kabi bir qator tushunchalarga atroflicha izoh berildi.

Tadbir yakunida maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan, o‘z-o‘zini boshqarish organlari tomonidan tavsiya etilgan, Markazda ta’lim olgan Toshkent shahri fuqarolariga ekologik nazoratning jamoatchi inspektori guvohnomalari topshirildi.

 

Tabiatni muhofaza qilish

davlat qo‘mitasi

Axborot xizmati

Muhokama

O'z fikringizni qoldiring

Plain text

  • No HTML tags allowed.
  • Web page addresses and e-mail addresses turn into links automatically.
  • Lines and paragraphs break automatically.

2017-02-08

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika