Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > ENERGETIKA SANOATINING BIOSFERANI IFLOSLANTIRISH MUAMMOLARI

ENERGETIKA SANOATINING BIOSFERANI IFLOSLANTIRISH MUAMMOLARI

Atrof-muhitga eng ko‘p ta’sir etuvchi sanoat tarmoqlariga metallurgiya majmualari, elektr energetikasi, yoqilg‘i va kimyo sanoati kiradi. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining asosiy qismi ko‘mir, neft, gaz, yonuvchi slanetslar, torf hamda daryo energiyalaridan foydalanish hisobiga olinmoqda. Ishlab chiqarishda qaysi energiya manbalaridan foydalanish afzalligi uning atrof-muhitga qay darajada salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan belgilanadi.

Issiqlik elektr stansiyalari havoni yonish mahsulotlari bilan ifloslantiradi. Gidroelektr stansiyalari suvli ekologik tizimning hayot faoliyati buzilishiga sabab bo‘lsa, yuqori kuchlanishli tizimlar elektromagnit ta’sir ko‘rsatadi. Quyida energetikaning biosferaga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillari keltirilgan.

Daryolar yo‘nalishining o‘zgartirilishi va suv omborlarining qurilishi mintaqada mikroiqlimning sezilarli darajada o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Yirik suv omborlarining barpo etilishida unumdor yer va yaylovlar suv ostida qolib ketishi mumkin. Gidrotexnik inshootlar ichimlik suvlari sathiga ta’sir ko‘rsatib, yerning nurlanishi va tuproqning balchiqqa aylanishi hamda hosildorlik kamayishiga olib keladi. Energetikada atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy manbalar sirasiga issiqlik elektr stansiyalari ham kiradi. Bu mazkur inshootlarda elektr energiyasi ishlab chiqarish atmosfera havosini buzishi bilan bog‘liq.

Energetik chiqindilar atmosferaga chiqarilayotgan umumiy chiqindilar hajmining 26,6% ini tashkil etadi. Energetik majmualar uchun xarakterli bo‘lgan chiqindilar – sulfit angidridi (SO2), uglerod (IV) oksidi (CO2), azot oksidlari (NO va NO2), qurum va zaharli bo‘lgan ingridiyentlar – vanadiy (V) oksidi (V2O5) hamda benzapiryenlar hisoblanadi. Energetikada uchuvchan tashlanmalarning asosiy manbalariga ko‘mirni boyitish va briketlash qurilmalari, uni maydalash agregatlari, elektr va issiqlik bilan ta’minlovchi qozonlar kiradi.

Energetikada foydalanilayotgan toza suvning 99% elektr va issiqlik energiyalari ishlab chiqarish uchun sarflanib, suvning asosiy qismi turli agregatlarni sovitish uchun yo‘naltiriladi. Shu maqsadlarda har yili 30 mlrd m3 suvdan foydalanilib, uning 68-70%  aylanma suv ta’minoti tizimidan foydalanish hisobiga tejab qolinadi.

Oqava suvlar bilan esa suv obyektlariga muallaq zarrachalar, neft mahsulotlari, xloridlar, sulfatlar, og‘ir metallar tuzlari ham chiqarib tashlanmoqda.

Shahar atrofida qattiq chiqindilar uchun alohida poligonlar barpo etiladi. Bunday poligonlarda 20-25 yil davomida chiqindilar to‘planishi hisobga olinadi.

Bunday poligonlar qurish uchun tanlangan maydonning asosi chuqurligi 1,5 metr bo‘lgan sun’iy chuqurlikdan iborat bo‘lib, uning tuproq-gruntli qismi zichlanib, shag‘al qatlami bilan qoplanadi.

Poligonda qolgan filtrat suv havzalari va yer osti suvlarini ifloslantirmaydi. Agar poligon tubida ko‘p miqdorda suyuqlik to‘planib qolsa, u nasoslar yordamida so‘rib olinib, taxlab qo‘yilgan chiqindilar ustiga sepiladi.

Bunda uning bir qismi bug‘lanadi, ikkinchi qismi esa 30oC gacha bo‘lgan sharoitda asta-sekin biotermik jarayon tufayli parchalanib, o‘g‘it hosil qiladi.

Bir sutka davomida chiqindilar poligonning bir maydonchasiga keltirilib, buldozer yordamida 2 metr balandlikda zichlanadi. Keyingi sutkalarda ular boshqa maydonchaga keltirilib, oldingi maydonchadagi chiqindilar 0,25 m qalinlikda tuproq bilan yopiladi. Grunt bilan bunday yopib qo‘yish atmosferaning buzilishi va hasharot hamda kasallik tarqatuvchi zararkunandalar tarqalishining oldini oladi.

Poligon to‘lgandan keyin uning usti unumdor tuproq bilan yopiladi va atrofi quduqlar bilan o‘ralib, ularning yordamida ichimlik suvlari monitoringi o‘tkaziladi. Bunday chiqindixonalar tuproq bilan yopilgandan keyin ularda anaerob jarayonlar tufayli biogaz (metan va uglerod (IV) oksidi aralashmasi) hosil bo‘lib, undan yoqilg‘i sifatida foydalanish mumkin.

Zaharli bo‘lgan sanoat chiqindilarini saqlash uchun ikki turdagi poligondan foydalanish tavsiya etiladi. Bunday poligonlarning biridan chiqindilarni ko‘mish yoki kimyoviy zararsizlantirish, ikkinchisidan esa majmua-turli xil chiqindilarni zararsizlantirishda foydalaniladi. Sanoat chiqindilari chuqurligi 10-12 metrli kotlovanlarda maxsus idishlarda, masalan, temir-beton rezervuarlarda ko‘miladi. Kotlovanlar suv o‘tkazmaydigan tuproqqa joylashtiriladi. Radioaktiv chiqindilar boshqa chiqindilardan alohida, ichki qismi silliq, nam o‘tkazmaydigan maxsus idishlarda saqlanadi. Ko‘mish uchun ular maxsus jihozlangan avtotransport vositalarida keltiriladi. Avtomashina va yig‘ish idishlari bo‘shatilgandan keyin har safar dezinfeksiyalanadi.

Qattiq holdagi chiqindilarni zararsizlantirish va ulardan foydalanishning takomillashgan usullaridan biri ularni kompost holida qayta ishlash hisoblanadi. Kompostga aylantirish organik moddalarning havo ishtirokida tabiiy biologik parchalanishi hisoblanadi. Oxirgi mahsulot gumussimon modda bo‘lib, undan organik o‘g‘it sifatida foydalanish mumkin. Ma’lumki, maishiy chiqindilarning 60-80% ga yaqini organik moddalar (qog‘oz, oziq-ovqat chiqindilari) bo‘lib, ularni kompost holiga keltirish mumkin. Buning ikki xil usuli ma’lum bo‘lib, biri dala sharoitida, ikkinchisi maxsus korxonada amalga oshiriladi. Dala sharoitida chiqindilar shamol yaxshi tegadigan, namlangan holatda saqlanib, bunda organik chiqindi gumussimon massaga aylanadi. Kompost hosil bo‘lishini tezlashtirish uchun chiqindilar maxsus mashinada aralashtirib turiladi.

Chiqindilarning «piramida» ko‘rinishida juda ko‘p miqdorda to‘planib qolishining oldini olish uchun ular ikkilamchi qayta ishlanadi. Turli xil chiqindilarga ikkilamchi ishlov berishning bir necha xil usullari ma’lum bo‘lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin:

  •  makulatura – qog‘oz massasidan foydalanib turli xil qog‘ozli buyumlar olish;
  •  shisha maydalanadi, suyultiriladi va undan yangi idishlar tayyorlanadi yoki maydalanib, shag‘al yoki qum o‘rnida beton va asfalt ishlab chiqarishda foydalanish;
  •  plastmassalar qayta suyultirilib, undan biodegradatsiyaga chidamli bo‘lgan turli xil yopma materiallar, to‘siqlar va boshqa buyumlar olish;
  •  metallarni eritib va qayta ishlab turli xil detallar olish, bu esa ma’dandan metallarni quyish yo‘li bilan olishga nisbatan elektr energiyasini 90% gacha tejashga imkon beradi.

 

G‘. AVALBOYEV, Z. NORQULOVA,

Jizzax politexnika instituti o‘qituvchilari

SH. HAZRATQULOV, talaba


2017-02-20

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika