Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Kadrlar bo‘limi boshlig‘ining lavozimiy yo‘riqnomasi

O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Kadrlar bo‘limi boshlig‘ining lavozimiy yo‘riqnomasi

O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Kadrlar bo‘limi boshlig‘ining lavozimiy yo‘riqnomasi

 

I.              Umumiy qoidlar

 

1. Kadrlar bo‘limi boshlig‘i Qo‘mita raisi buyrug‘i bilan ishga qabul qilinadi va ishdan ozod etiladi.

2. Kadrlar bo‘limi boshlig‘i lavozimini egallagan shaxs oliy ma’lumotli va mazkur sohada kamida 3 yil ishlagan bo‘lishi kerak.

3. Kadrlar bo‘limi boshlig‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisiga bo‘ysunadi.

4. Kadrlar bo‘limi boshlig‘i quyidagilarni bilishi shart:

4.1. Mehnat qonunchiligi.

4.2. Qonunchilik va boshqa me’yoriy-huquqiy aktlar, tashkilot xodimlarini boshqarish bo‘yicha uslubiy materiallar.

4.3. Kadr ishlari bilan bog‘liq hujjatlarni saqlash, yuritish, rasmiylashtirish, shuningdek mehnat daftarchalarini yuritish yo‘riqnomasi tartibi.

4.4. Tabel hisobotini tashkil qilish.

4.5. Belgilangan hisobot tartibini tuzish.

5. Kadrlar bo‘limi boshlig‘i o‘z faoliyati davomida quyidagilarga tayanadi:

5.1. Kadrlar ishini tashkillashtirish masalalari bo‘yicha me’yoriy-huquqiy aktlar.

5.2. Uslubiy materiallar.

5.3. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi nizomi.

5.4. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi buyruqlari farmoyishlari.

5.5. Amaldagi lavozimiy yo‘riqnomalar.

 

II. Kadrlar bo‘limi boshlig‘ining xizmat majburiyatlari

 

Kadrlar bo‘limi boshlig‘i:

1. Kadrlarni malakaviy tajribasi, shaxsiy va ishchanlik sifatiga qarab saralaydi, tanlaydi, joylashtiradi. Markaziy apparat va uning qo‘mitalari hamda bo‘linmalaridagi xodimlarning ish faoliyatini nazorat qiladi.

2. Rahbarlik lavozimlariga zaxira kadrlarni yaratish bo‘yicha rejaviy ishlarni amalga oshiradi.

3. Tegishli bo‘linmalar kadr-xodimlarning maxsus kurslarda o‘qish va amaliyot o‘tashi bo‘yicha jadvallar ishlab chiqadi.

4. Qo‘mita xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazishni tashkillashtiradi, bevosita uning natijalarini tahlil qilishda qatnashadi, attestatsiya natijalari bilan tanishtiradi, mutaxassislarni takroriy va navbatdagi, shuningdek navbatdan tashqari attestatsiyaga qo‘yilishi bo‘yicha ro‘yxatni shakllantiradi.

5. Ishchi-xodimlar faoliyati va ularni kompleks baholash, malakaviy mahoratini oshirish, shuningdek attestatsiya o‘tkazishni yanada takomillashtirish bo‘yicha yaxlit tizim ishlab chiqishda qatnashadi.

 

6. Tashkil qiladi:

6.1. Mehnat qonunchiligi, nizom, yo‘riqnoma va tashkilot rahbari buyrug‘iga muvofiq tarzda xodimlarni o‘z vaqtida ishga olish, boshqa ishga o‘tkazish va ozod qilish.

6.2. Shaxsiy tarkib hisobini yuritish.

6.3. Xodimlarning avvalgi va amaldagi ish faoliyati haqida ma’lumotnoma taqdim etish.

6.4. Mehnat daftarchalarini to‘ldirish va saqlash.

6.5. Kadrlar bo‘yicha hujjatlarni belgilangan tartibda yuritish.

6.6. Xodimlarni taqdirlash hamda mukofotlash uchun materiallar tayyorlash va taqdim etish.

6.7. Xodimlarga, ularning oilalariga nafaqa tayinlash, shuningdek ijtimoiy ta’minot tashkilotiga taqdim etish uchun zarur hujjatlar tayyorlash.

 

7. Tashkil qiladi:

7.1. Mehnat ta’tili jadvallarini tuzish va bajarilishi, tabel hisoboti.

7.2. Qo‘mita Markaziy apparatida mehnat intizomi holati va xodimlarning ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishini nazorat qilish.

8. Shaxsiy tarkib hisobi va kadrlar bilan ishlash bo‘yicha belgilangan hisobotni tuzish.

 

III. Kadrlar bo‘limi boshlig‘i huquqlari

 

Kadrlar bo‘limi boshlig‘i quyidagi huquqlarga ega:

1. Mehnat intizomini mustahkamlash hamda bo‘lim faoliyatini yanada yaxshilash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni takomillashtirish, ularning malakasini oshirish bo‘yicha Qo‘mita rahbariyatiga ko‘rib chiqish uchun takliflar kiritish.

2. Kadrlar masalasi bo‘yicha barcha tizim bo‘linmalari rahbarlariga amaliy ko‘mak berish.

3. Hujjatlarga o‘z vakolati doirasida imzo chekish va tasdiqlash.

4. Mutaxassislar va xodimlar haqida zarur ma’lumotlarni tizim bo‘linmalari rahbarlaridan talab qilish (hisobotlar, tushuntirish xatlari va h.k.)

 

IV. Kadrlar bo‘limi boshlig‘ining mas’uliyati

 

Kadrlar bo‘limi boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksida ko‘zda tutilgan amaldagi lavozimiy yo‘riqnomaga asosan, tegishli bo‘lmagan ishlarni bajarishi yoki o‘z lavozim majburiyatlarini bajarmaganlik uchun mas’ul sanaladi.

 


2017-03-22

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika