Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Bosh hisobchisining lavozim yo‘riqnomasi

O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Bosh hisobchisining lavozim yo‘riqnomasi

O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Bosh hisobchisining lavozim yo‘riqnomasi

 

I. Umumiy qoidalar

 

1.1. Buxgalteriya hisobi, hisoboti va moliya boshqarmasi boshlig‘i – bosh hisobchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisiga bo‘ysunadi.

1.2. Buxgalteriya hisobi, hisoboti va moliya boshqarmasi boshlig‘i – bosh hisobchi lavozimiga oliy ma’lumotli, moliya mutaxassisligi sohasida kamida 3 yil mehnat malakasiga ega bo‘lgan shaxs tayinlanadi.

1.3. Buxgalteriya hisobi, hisoboti va moliya boshqarmasi boshlig‘i – bosh hisobchisini tayinlash va ishdan bo‘shatish vaqtida ishlarni qabul qilish va topshirish buxgalteriya hisobi va hisoboti yoki boshqa davlat organlari tekshiruvidan so‘ng rasmiylashtirilgan akt orqali amalga oshiriladi.

 

2. Buxgalteriya hisobi, hisoboti va moliya boshqarmasi boshlig‘i –bosh hisobchi majburiyatlari

 

2.1. “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonun bajarilishini ta’minlash.

2.2. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan buxgalteriya hisobi shakl va uslublarini tatbiq etish, ta’minlash.

2.3. Buxgalteriya hujjatlarini saqlashni ta’minlash, ularni rasmiylashtirish va belgilangan tartibda arxivga topshirish.

2.4. Pul mablag‘lari, asosiy fondlar, hisobotlar va to‘lovga oid majburiyatlari inventariyazatsiyasini o‘tkazish qoidalarini nazorat qilish.

2.5. Viloyat qo‘mitalari va qo‘mita qaramog‘idagi bo‘linmalarga buxgalteriya hisoboti, moliya hamda statistik hisobotlarni tayyorlashda xodimlarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish.

 

3. Buxgalteriya hisobi, hisoboti va moliya boshqarmasi boshlig‘i –bosh hisobchi

Bosh hisobchi:

– fuqarolik huquqi, mehnat, moliyaviy va xo‘jalikka oid qonunchilikni;

– buxgalteriya hisobi, hujjatlar aylanmasini tashkil qilish va rasmiylashtirish tartibi qoidalarini yuritish;

– debitor-kreditorlar bilan hisob-kitob qoidalari;

– buxgalteriya balans va hisobotlarini tuzish tartibi;

– taftish o‘tkazish va hujjatlarni rasmiylashtirish qoidalari;

– kassa operatsiyalarini yuritish bo‘yicha nizom va yo‘riqnomalarni;

– kassa va blank hujjatlari shaklini;

– pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlarni qabul qilish, topshirish va saqlash qoidalarini;

– ichki mehnat tartibi, mehnat muhofazasi normalari, texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi qoidalarini bilishi shart.

 

4. Buxgalteriya hisobi, hisoboti va moliya boshqarmasi boshlig‘i –bosh hisobchi

4.1. Viloyat qo‘mitalari va qo‘mita qaramog‘idagi bo‘linmalardan buxgalteriya, moliyaviy hujjat va ma’lumotlarni talab qilish.

4.2. Moliyaviy rejalarni amalga oshirish va byudjet mablag‘larini sarf etilishini nazorat qilish.

4.3. O‘z vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning Hay’atiga muhim masalalar va takliflarni kiritish huquqiga ega.

5. Buxgalteriya hisobi, hisoboti va moliya boshqarmasi boshlig‘i –bosh hisobchi

 

– buxgalteriya hisobotini noto‘g‘ri yuritish oqibatida hisob va hisobtda yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklarga;

– buxgalteriya aybi bilan noto‘g‘ri tuzilgan hisob va hisobotga;

– moliya-xo‘jalik faoliyatida qat’iy qoidalarning buzilishiga;

– O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa davlat organlariga taqdim etiladigan oylik, choraklik va yillik hisoblar taqdim etish tartibining buzilishiga javobgar sanaladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Buxgalteriya hisobi, hisoboti va moliya boshqarmasi manzil va hisob raqami:

100047, Toshkent sh., Yashnobod tumani, Toytepa 2a.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligida

h/r: 2340 2000 3001 000 1010

Markaziy bank Toshkent sh.,

h/r: 4001 1086 6026 2777 9501 44001

INN: 200 936 593

OKONX: 97 300

 


2017-03-23

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika