Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Lavozimiy majburiyatlari

Lavozimiy majburiyatlari

 
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining ishlar Boshqarmasi boshlig‘ining lavozimiy majburiyatlari
 
Ishlar Boshqarmasining funksional majburiyatlari:
 
– Qo‘mita rahbariyati nomiga kelgan xat va hujjatlarni saralash va nazorat qilish;
 
– Qo‘mita rahbariyati va Hay’ati qarorlari, yozma va og‘zaki buyruqlarini ijrochilarga o‘z vaqtida yetkazish, ularning ijrosini nazorat qilish;
 
– omborxonada saqlanayotgan moddiy materiallarning sifatini saqlash va ularni asrab-avaylash uchun shart-sharoitlar yaratish;
 
– omborxonadan chiqayotgan va qabul qilinayotgan moddiy ashyolar hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish, qat’iy nazorat ostiga olish;
 
– Qo‘mita Markaziy apparati tomonidan foydalanish uchun berilgan mebel, texnika va boshqa uskunalarni, shuningdek xonalardagi moddiy ashyolarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hujjatlashtirish;
 
– omborxonaning yong‘inga qarshi holatini muntazam tekshiruvdan o‘tkazish, unda elektrisitgich asbob-uskunlaridan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik, yong‘in o‘chirish moslamalarini shay tutish, xonada tartibni ta’minlash;
 
– omborxonani qo‘riqlash uchun topshirish, qo‘riqlash signalizatsiyasining ishga yaroqlilik darajasini doimiy ravishda tekshirib turish;
 
– Qo‘mita Markaziy apparati balansida bo‘lgan avtotransport vositalarining texnik sozligini ta’minlash;
 
– avtotransport vositalari haydovchilari uchun doimiy ravishda yo‘l varaqalarini taqdim etib borish;
 
– Qo‘mita Markaziy apparatining avtotransport vositalarining maqsadli tarzda ishlatilishini nazoratga olish;
 
– yonilg‘i-moylash materiallari va Qo‘mita Markaziy apparati energiya manbalaridan foydalanishni nazorat qilish, hududiy qo‘mitalar ham bundan mustasno emas;
 
– har yili Qo‘mita Markaziy apparati balansidagi avtotransport vositalarini texnik nazoratdan o‘tkazishni amalga oshirish.
 
Lavozimga talablar: texnik va iqtisodiy sohada oliy ma’lumot va uch yildan kam bo‘lmagan ish malakasi.
 

2017-03-23

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika