Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro konvensiyalar qoidalarining ijro etilishi yuzasidan

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro konvensiyalar qoidalarining ijro etilishi yuzasidan

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro konvensiyalar qoidalarining ijro etilishi yuzasidan

HISOBOT

 

Bugungi kunda O‘zbekiston atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasida jami 11 ta xalqaro konvensiya va ular doirasidagi 7 ta ko‘p tomonlama kelishuv va memorandumlarning a’zosi hisoblanadi.

Shulardan 6 ta konvensiyalarning ijrosini ta’minlash Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, ular bioxilma-xillikni muhofaza qilish sohasidagi 4 ta konvensiya, hamda ozonni himoya qilish va xavfli chiqindilarni transchegaraviy tranzitini amalga oshirish bo‘yicha 2 ta konvensiyalarni tashkil qiladi.

Ushbu konvensiyalarning har birining bugungi kundagi O‘zbekiston Respublikasidagi ijrosi bo‘yicha quyidagilarni aytib o‘tish mumkin.

1) O‘zbekiston Respublikasi “Ozon qatlamini himoya qilish to‘g‘risida”gi Vena konvensiyasi va uning Monreal protokoliga asosan ozon qatlamini yemiruvchi moddalarni mamlakatimizda iste’moldan chiqarish bo‘yicha majburiyatlar qabul qilgan.

Alohida ta’kidlash mumkin-ki, O‘zbekiston Monreal protokolining barcha – 4 ta o‘zgarishlarini, jumladan London, Kopengagen, Pekin va Monreal qo‘shimchalarini ratifikatsiya qilgan.

Ushbu hujjatlarning bevosita ijrosini ta’minlashga qaratilgan jami 3 ta Vazirlar Mahkamasi qarorlari va 17 ta idoraviy hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, ularga asosan ozonni yemiruvchi moddalar yoki ular tarkibida bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish yoki respublika hududidan olib chiqishni tartibga soluvchi huquqiy mexanizmlar joriy qilingan.

Shu bilan birga, konvensiya talablarini amaliy jihatdan ijrosini ta’minlash bo‘yicha Global ekologik jamg‘arma, Birlashgan millatlar tashkilotining atrof-muhit va taraqqiyot dasturlari bilan hamkorlikda umumiy qiymati 4 mln. dollarga yaqin bir qancha qo‘shma loyihalar amalga oshirilgan. Buning natijasida Qo‘mita tomonidan 110 ga yaqin muzlatish moslamalarini ishlab chiqaruvchi va ularga xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda yangi texnolgiyalar beg‘araz tarzda joriy qilingan, bojxona organlari 20 dan ortiq ozonni buzuvchi moddalarni bojxonadan olib o‘tishni nazorat qiluvchi yangi texnologiyalar bilan ta’minlangan.

Bugungi kunda O‘zbekiston Vena konvensiyasi va Monreal protokoli doirasida belgilangan majburiyatlarni 99.95 foizga to‘liq bajargan bo‘lib, bu Birlashgan millatlar tashkilotining Ozonni muhofaza qilish kotibiyati tomonidan alohida e’tirof etildi.

Hususan, mamlakatimizning bu sohadagi erishgan yutuqlari evaziga 2012-yilda Ozonni muhofaza qilish kotibiyatida O‘zbekistonning faxriy taxtasi joriy qilindi, 2014 va 2015-yillarda respublikamiz erishgan yutuqlari uchun Birlashgan millatlar tashkilotining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi, hamda ushbu yillarda bojxona va tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitalarining 15 nafar xodimi Konvensiyaning medallari bilan mukofotlandi.

2) “Biologik xilma-xillik to‘g‘risida”gi Birlashgan millatlar tashkilotining konvensiyasi bioxilma-xillikni va ular mavjud hududlarni saqlab qolishga yo‘naltirilgan.

1998-yilda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining biologik xilma-xilligini saqlash bo‘yicha milliy strategiyasi va harakatlar rejasi”ga asosan bu sohada asosiy e’tibor milliy qonunchilik bazasini takomillashtirishga hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonini kengaytirish va mavjudlarini rivojlantirishga qaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasining biologik xilma-xilligi 4800 turdagi o‘simliklar va 15 mingdan ziyod hayvonot dunyosi turlaridan iborat.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar mamlakatimizdagi mavjud 40% ga yaqin o‘simlik va 70% hayvonot dunyosi noyob turlarini qamrab olgan.

So‘nggi yillarda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydoni 70 mingdan ziyod gektarga kengaytirildi. 2011-yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchilardan bo‘lib O‘zbekistonda biosfera rezervati ko‘rinishida tabiat qo‘riqxonasi tashkil qilindi.

So‘nggi 5 yil davomida 10 dan ziyod muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning moddiy-texnik bazasi yaxshilandi, barcha hududlarning boshqaruv rejalari va pasportlari ishlab chiqildi, ularda mavjud yovvoyi hayvonlarning noyob turlarini yashash sharoitlari yaxshilanishiga erishildi.

Bu sohadagi milliy qonunchilik bazasining asosini O‘zbekiston Respublikasining 5 dan ortiq qonunlari va 20 dan ziyod qonun osti xujjatlari tashkil qiladi.

SHu bilan birga, 2014-2015-yillar mobaynida “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi hamda Vazirlar Mahkamasining 5 ta qarorlari qabul qilindi.

3) “Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Bonn konvensiyasi doirasida O‘zbekistonning asosiy majburiyatlari yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini mamlakatimiz hududida muhofaza qilishni ta’minlashdan iborat bo‘lib, bu borada bir qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

Xususan, Birlashgan millatlar tashkilotining atrof-muhit dasturi (UNEP), Tabiatni saqlash xalqaro ittifoqi (IUCN), Yovvoyi tabiat xalqaro jamg‘armasi (WWF), Turnalarni saqlash bo‘yicha butunjahon jamg‘armasi va boshqa bir qator chet el mamlakatlari bilan hamkorlikda jami 10 dan ortiq asosiy noyob turdagi hayvonlar, shu jumladan Buxoro bug‘usi (xongul), jayron, qor qoploni, oq turna, yo‘rg‘a tuvaloq va boshqalar bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda Qo‘mita tomonidan sayg‘oqlarni muhofaza qilishni ta’minlash maqsadida Ustyurt platosida “Saygachiy” kompleks buyurtmaxonasini tashkil qilish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirda tegishli vazirliklar bilan kelishilmoqda.

Umuman olganda so‘nggi yillarda xalqaro tashkilotlar va chet el mamlakatlari bilan hamkorlikda ushbu konvensiya talablarini bajarishga qaratilgan jami 7 ta loyihalar amalga oshirilgan bo‘lib 2 mln. dollardan ortiq xorijiy grant mablag‘lari jalb qilingan.

4) “Yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risida”gi SITES konvensiyasi doirasidagi asosiy e’tibor yovvoyi hayvonlarning va o‘simliklarning noyob turlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqishni tartibga solish masalalariga qaritilgan.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasida tegishli huquqiy mexanizmlar joriy qilingan va Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Xususan, 2014-yilda Qo‘mita tashabbusi bilan konvensiya talablaridan kelib chiqqan holda va jahon tajribasi asosida Vazirlar Mahkamasining “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi” yangi qarori ishlab chiqildi va qabul qilindi.

Yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosini me’yorlashtirish maqsadida respublikada ularni tabiatdan olish sonini kvotalash mexanizmi joriy qilingan. Ushbu kvotalar asosida xar yili 700 ga yaqin tegishli ruxsatnomalar rasmiylashtirilmoqda.

5) Biologik xilma-xillikni muhofaza qilishda “Asosan suvda suzuvchi qushlar yashash joylari sifatida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suv-botqoq hududlari to‘g‘risida”gi Ramsar konvensiyasi o‘z o‘rniga ega.

Turli hisob-kitoblarga asosan O‘zbekiston Respublikasi hududidan bugungi kunda yiliga 4 milliondan ziyod suvda suzuvchi qushlar ko‘chib o‘tadi va mamlakatimizning ochiq suv havzalari qushlarning 100 dan ortiq turlarining qish mavsumida to‘xtash joylari hisoblanadi.

Konvensiya talablaridan kelib chiqqan holda, hozirda O‘zbekistonning 2 ta ochiq suv havzalari, jumladan Dengizkul ko‘li va Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi Ramsar konvensiyasining xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan muhim hududlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Qo‘mitaning tashabbusi bilan 2014-yilda “Biologik resurslardan oqilona foydalanish va respublika tabiiy suv havzalarida barqaror ekologik vaziyatni ta’minlash bo‘yicha kompleks tadbirlar dasturi” tasdiqlangan bo‘lib unga asosan hozirda 6 ta yo‘nalishdagi 31 ta tadbirlar tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda amalga oshirib kelinmoqda.

Bu o‘rinda Qo‘mita tomonidan 2015-yilda Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi Direksiyasini tashkil qilish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu direksiyani tashkil qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyixasini kelishish ishlari davom etmoqda.

Ayni paytda o‘tkazilgan ilmiy izlanishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi kunda respublikamizda 20 dan ortiq ochiq suv havzalari Ramsar konvensiyasining xalqaro ahamiyatga ega hududlar talablariga mos keladi.

Yuqorida ko‘rsatilgan ishlarni amalga oshirilishi natijasida, mamlakatdagi mavjud ochiq suv havzalarining 80% markazlashgan holda boshqarish hamda ekologik va iqtisodiy-ijtimoiy holatini yaxshilashning tizimli ravishda olib borish imkonini beradi.

6) Yana bir muhim konvensiyalardan biri bu “Xavfli chiqindilarni transchegaraviy tashish va yo‘q qilishni nazorat qilish to‘g‘risida”gi Bazel konvensiyasi hisoblanadi.

Ushbu konvensiya o‘z mazmun mohiyatidan kelib chiqqan holda davlatlar o‘rtasida xavfli chiqindilarni traschegaraviy tashish masalalarini nazoratini tartibga soladi.

O‘zbekistonda ushbu konvensiyaning ijrosini ta’minlashning huquqiy mezonlari Vazirlar Mahkamasining “Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishni va ularni uning hududidan olib chiqishni tartibga solish to‘g‘risida” qaroriga asosan belgilab berilgan.

Ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda, mamlakatimizga xavfli ahamiyatga ega bo‘lgan chiqindilarni olib kirish yoki uning hududidan tashib o‘tishni nazoratini o‘rnatish maqsadida Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qoshida Bosh davlat ekologik sertifikatlashtirish davlat unitar korxonasi tashkil qilingan.

Boshdavekosertifikat tomonidan bugungi kunda jami 244 ta, shu jumladan Bazel konvensiyasi normalarida belgilangan 176 ta ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilar bo‘yicha eksport va import qilish hamda davlat nazorati olib borish yuzasidan ekologik sertifikatlashtirish ishlari olib borilmoqda.

 


2017-03-23

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika