Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Fan-texnika taraqqiyoti va targ‘ibot-tashviqot bo‘limining

O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Fan-texnika taraqqiyoti va targ‘ibot-tashviqot bo‘limining

O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

Fan-texnika taraqqiyoti va targ‘ibot-tashviqot bo‘limining

NIZOMI

     I.         UMUMIY QOIDALAR

I.1. Fan-texnika taraqqiyoti va targ‘ibot-tashviqot bo‘limi (Kelgusida bo‘lim) Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

I.2. Bo‘lim tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlarini joriy etish va targ‘ibot ishlarini olib borish sohasida vazirlik, idorlar, tashkilot va korxonalarning faoliyatini boshqarish, muvofiqlashtirish bo‘yicha respublikada yetakchi tuzilma hisoblanadi.

I.3. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Oliy Majlis qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi buyruqlari, Hay’at qarorlari va mazkur Nizom asosida faoliyat yuritadi.

I.4. Bo‘lim tomonidan o‘z vakolati doirasida qabul qilingan qarorlar Qo‘mitaning tarkibiy tuzilmalari, vazirlik, idoralar, tashkilotlar hamda korxonalarning tegishli bo‘limlari tomonidan bajarilishi shart.

I.5. Bo‘lim o‘zining vazifa va funksiyalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar qo‘mitalari orqali amalga oshiradi.

 

  I.  ASOSIY VAZIFALARI

Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

II.1. Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi ilmiy-texnik taraqqiyoti yutuqlarini vazirlik, idoralar, tashkilot va korxonalar tomonidan joriy etilishiga ko‘maklashish.

II.2. Ommaviy axborot vositalari vakillarini keng jalb qilgan holda ekologik targ‘ibot, ta’lim va tarbiya ishlarini takomillashtirish, respublika aholisining ekologik madaniyatini shakllantirish.

 

   II.         FUNKSIYALARI

Bo‘lim yuklatilgan vazifalarga binoan:

III.1. Respublika organlarining qaror va farmoyishlarini, ilmiy-texnik dastur va rejalarni bajarilishi bo‘yicha choralar ko‘radi va nazorat qiladi.

III.2. Fanlar Akademiyasi, ilmiy-tadqiqot institutlari, vazirlik va idoralarning kuchlarini yer va suv resurslari, atmosfera, o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishga oid yangi texnologiyalarni izlashga kuchlarini safarbar qiladi.

III.3. Fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar korxona va tashkilotlar faoliyatiga singdirilishiga ko‘maklashadi.

III.4. Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tarkibiy tuzilmalarining faoliyatini o‘z yo‘nalishi bo‘yicha  rejali va rejadan tashqari inspeksion tekshiruvlarini  o‘tkazadi.

III.5. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Ilmiy-texnik kengashi uchun materiallar tayyorlashda, yig‘ilishlarini o‘tkazishda ishtirok etadi, hududiy qo‘mitalar ilmiy-texnik Kengashi faoliyatini muvofiqlashtiradi.

III.6. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ilmiy tuzilmalarining atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ilg‘or ekologik toza kam chiqitli va chiqitsiz texnologiyalar sohasidagi tizimli tadqiqotlari bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi.

III.7. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda Qo‘mitaga qarashli tashkilotlarni  atrof-muhitni muhofaza qilishga oid ilmiy-texnik ma’lumotlar va rahbariy hujjatlar bilan ta’minlaydi.

III.8. Fanlar Akademiyasi va boshqa tashkilotlarning axborot xizmatlari bilan ma’lumotlarni almashish bo‘yicha  aloqa o‘rnatadi.

III.9. Yangi ishlanmalar hamda ilg‘or ilmiy-texnik yutuqlarni joriy qilish imkoniyatlar to‘g‘risida Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tuzilmalar uchun ma’lumotlar tayyorlaydi.

III.10. Bosh boshqarma, boshqarma va bo‘limlar, shuningdek Qo‘mita hududiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda atrof-muhit muhofazasi va tabiatdan oqilona foydalanish sohasidagi ilmiy tadqiqotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yaratish bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi.

III.11. Atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi ma’lumotlarni qo‘mitaning hududiy bo‘linmalaridan o‘z vaqtida olish va keyinchalik tarqatish uchun Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Internet tarmog‘idan foydalanish  bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi.

III.12. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekenergo” DAK, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim va xalq ta’limi vazirliklari, Jurnalistlar uyushmasi, respublikaning gazeta va jurnallar tahririyatlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilot hamda korxonalar bilan uzviy hamkorlikda ishlaydi.

III.13. Respublikada atrof-muhit muhofazasi bilan bog‘liq mavzularda ilmiy-ommabop, o‘quv va maxsus adabiyotlar, risola (broshura) va plakatlar nashr qilinishida hamkorlik qiladi.

III.14. Tabiat muhofazasiga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop, hujjatli filmlar tayyorlashni tashkil qiladi.

III.15. Respublika aholisi o‘rtasida ekologik tarbiya masalalari va ekologik bilimlarni targ‘ib qilish maqsadida respublika, viloyat, shahar va tuman radiolari orqali eshittirishlar tashkil qiladi.

 III.16. Ekologik bilimlarni targ‘ib qilishda O‘zbekiston Respublikasidagi maxsus jihozlangan binolar (pavilonlar), mavzuviy ko‘rgazmalar, ekspozitsiyalaridan to‘la qonli foydalanishi bilan bir vaqtda yig‘ilish, seminar va simpoziumlar o‘tkazadi.

III.17. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladigan xalqaro seminar, konferensiya va simpoziumlarni tashkil etadi va qatnashadi, ularni ommaviy axborot vositalari orqali yoritilishini ta’minlaydi.

III.18. Ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarda, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish mahalliy organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat tashkilotlari va jamg‘armalarda ekologiyaga oid bilimlar va O‘zbekistonning tabiat muhofazasi sohasidagi qonunosti hujjatlarini targ‘ib qilish bo‘yicha maqsadli ishlarni tashkil qiladi.

III.19. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, atrof-muhit muhofazasidagi dolzarb masalalar bo‘yicha respublika va xo‘jalik organlari vakillari ishtirokida, O‘zbekiston teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda teletomoshabin va radiotinglovchilar uchun ko‘rsatuvlar hamda tanlovlar tashkil qiladi.

III.20. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Xalqaro munosabatlar bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika bo‘yicha davlat qo‘mitasi, xalqaro loyiha hamda dasturlar ko‘magida atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida erishilgan ilmiy-texnik yutuqlarga bag‘ishlangan xalqaro simpoziumlar, ko‘rgazmalar tashkil qiladi.    

III.21. Vazirlik va boshqa idoralar bilan hamkorlikda ekologik muammolar bilan bog‘liq xalqaro shartnoma va kelishuvlar tayyorlashda ishtirok etadi hamda qatnashadi.

 III.22. Viloyat qo‘mitalari mutaxassislarini FTT va ekologik bilimlar targ‘iboti yo‘nalishi bo‘yicha malakasini oshirish maqsadida tadbirlar o‘tkazilishini tashkil etadi.

III.23. Faoliyatning yakuni bo‘yicha ma’lumot, hisobot va ma’ruzalar tayyorlaydi va Qo‘mita rahbariyatiga taqdim etadi.

IV. HUQUQI

IV.1. O‘z vakolati doirasida bo‘lim quyidagi huquqlarga ega:

Ekspertiza o‘tkazish uchun o‘rnatilgan tartibda boshqa muassasa, vazirlik, idora va tashkilotlardan mutaxassislarni jalb qilish.

Ishlab chiqarishda foydalanilayotgan resurslarni iqtisod qiluvchi, kam va chiqindisiz ilg‘or texnologiyalar  to‘g‘risidagi ma’lumotlarni talab qilish va olish.

Qo‘mita tasarrufidagi boshqa bo‘limlardan faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlarni talab qilish va olish.

 

 


2017-03-23

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika