Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


LOCHINLAR ONA TABIATGA QAYTARILDI

 

(Press-reliz)

Joriy yilning 25-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi va Tabiat muhofazasi xalqaro uyushmasiga kiritilgan 19 ta lochin Toshkent viloyati hududida tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda “Tugan Falconry Club” jamiyati tasarrufidagi yovvoyi va noyob qushlarni saqlash va ko‘paytirishga ixtisoslashgan buyurtmaxona tashabbusi bilan tashkil etildi.

Unda, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi mas’ullari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining o‘simlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti, “Davbionazorat” inspeksiyasi, “Tugan Falconry Club” jamiyati tasarrufidagi yovvoyi va noyob qushlarni saqlash va ko‘paytirishga ixtisoslashgan buyurtmaxona xodimlari, ornitologlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

2016-yilning avgust oyida lochinlar turiga kiruvchi – itolg‘i lochin qushlari brakonYerlardan tortib olindi va muhofaza uchun “Davbionazorat” inspeksiyasiga topshirildi.

Qushlarni topshirish vaqtida o‘simlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti mutaxassislari tekshiruvdan o‘tkazishgan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra ularning ahvoli qoniqarsiz deb topilgan.  Shu bois, ularni tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborish, ularning hayotini xavf ostiga qo‘yish bilan barobar ekanligi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tish joizki, keyingi yillar davomida biologik xilma-xillikni muhofaza qilish, tabiiy resurslarni qayta tiklash maqsadida mamlakat hududida 7 ta pitomnik tashkil qilinib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Surxondaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida pitomniklarni rivojlantirish bo‘yicha ishlar olib borildi. Ularga uslubiy va moddiy-texnik yordam ko‘rsatildi.

“Tugan Falconry Club” jamiyati ham 2014-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 2015-yildan lochinlarni va yirtqich qushlarni himoya qilish xalqaro assotsiatsiyasining to‘laqonli a’zosi hisoblanadi. Jamiyat tomonidan O‘zbekistan Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasining Davbionazorat inspeksiyasi hududida “Qizil kitob”ga kiruvchi yirtqich qushlar – lochinlarning noyob turlaridan itolg‘i (baloban) va sapsan lochinlarini reabilitatsiya qilish va saqlab qolish maqsadida pitomnik qurilgan edi. Yangi, zamonaviy materiallar, volyerlar hamda 24 soatlik videokuzatuv bilan jihozlangan pitomnik brakonyerlardan zarar ko‘rgan qushlar uchun “ikkinchi uy” bo‘lib qoldi. Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi inspektorlari tomonidan qonunbuzarlardan ozod qilingan qushlar “Tugan Falconry Club” jamiyati pitomnigida to‘liq reabilitatsiyadan o‘tadi.

Davlat biologik nazorat inspeksiyasi bilan yaqindan hamkorlik qilib, jamiyat tomonidan tabiiy sharoitda tutilgan lochinlar reabilitatsiyadan o‘tgach, ona tabiat bag‘riga qo‘yib yuboriladi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, lochinlarning tarqalishi ozuqa resurslariga bog‘liq. Qushlarni qo‘yib yuborish, aynan ularni og‘ir tabiiy sharoitlarda yashab ketishi uchun kerakli ozuqa bazasi mavjud bo‘lgan davrga to‘g‘ri kelishi kerak.

Tabiatga qo‘yib yuborilgan qushlarni, ularning migratsiya yo‘llarini hamda tabiiy sharoitlarga moslashtirish jarayonini kuzatib borish yangi ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish uchun yaxshi platforma bo‘lib xizmat qiladi. Bunday ilmiy-amaliy tadqiqotlar natijalari yovvoyi yirtqich qushlarni ko‘paytirish pitomniklarida faoliyatni ilmiy asoslangan tarzda tashkil qilishning poydevori bo‘lib xizmat qiladi.

“Tugan Falconry Club” jamiyati pitomnigida dunyoga kelgan qush bolalari tug‘ilganida yechilmaydigan va jamiyat belgisi tushirilgan baldoq bilan xalqalanadi. Bunday xalqalar yosh qushlarni brakonyerlardan himoya qiladi. Agar qushlar noqonuniy yo‘l bilan olib chiqib ketilayotgan bo‘lsa, ularni oson ajratib olish mumkin. Yovvoyi hayvonlarni, shu jumladan, “Qizil kitob”ga kiritilgan qushlarni O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketish uchun Davbionazorat va O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining tegishli ruxsatnomasini olish lozim bo‘ladi.

Pitomnikda tug‘ilgan lochinlarni samarali reintroduksiya qilish va qush bolalarini ovlash bo‘yicha tabiiy ko‘nikmalarini shakllantirish uchun uchish maydoni zarur. Shunday maydonni qurish yirtqich qushlarning tez va oson tarzda o‘z kuchi bilan ozuqa topishga o‘rgatish hamda yaqin-atrofida odamlar bo‘lishiga ko‘nikib qolmasligiga imkon yaratadi.

Kelgusida “Tugan Falconry Club” jamiyati Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi ko‘magida ana shunday joyni qurishni rejalashtirgan.

Muhokama

O'z fikringizni qoldiring

Plain text

  • No HTML tags allowed.
  • Web page addresses and e-mail addresses turn into links automatically.
  • Lines and paragraphs break automatically.

2017-03-27

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika