Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


G’OLIBLAR TAQDIRLANDI

Joriy yilning 22-aprelida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi “Toshrangmetzavod” AJ bilan hamkorlikda tashkil etgan “Biz bilan ozoda kelajak sari” I-Respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy natijalarini e’lon qilish va g‘oliblarni taqdirlash marosimiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “Toshrangmetzavod” AJ, “Media Park” savdo majmuasi xodimlari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari va oliy o‘quv yurti talabalari, ekspertlar, keng aholi qatlami va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

“Biz bilan ozoda kelajak sari” I-Respublika ko‘rik-tanlovi joriy yilning 22-yanvaridan 22-apreliga qadar davom etdi. Ko‘rik-tanlov shahar va aholi turar joylarida maqbul ekologik holatni yaratish masalalari, qayta ishlash va ikkilamchi foydalanish maqsadida chiqindilarni alohida yig‘ish (to‘plash)ni targ‘ib qilish va elektron chiqindilar muammolari echimiga bag‘ishlangan.

Bugun elektron chiqindilar insoniyat oldida turgan yangi ekologik muammoga aylanib ulgurdi. Eski, yaroqsiz holatga kelgan mobil aloqa vositalari, raqamli fotoapparatlar, kompyuter, printer, skaner, turli xil elektron uskunalar o‘z o‘rnini yangi, zamonaviylariga bo‘shatib bermoqda.

Shu munosabat bilan bugun atrof-muhit muhofazasida chiqindilar muammosi, ularni boshqarish, aholining ekologik bilim va ko‘nikmalarini oshirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalariga ijodiy tomondan yondashish muhim yo‘nalishlardan biri sanaladi.

Mazkur ko‘rik-tanlovni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – chiqindilar bilan ishlash sohasida ekologik muammolarni hal etishda yosh avlodning ishtirokini kuchaytirish, ularning atrof-muhit muhofazasi, chiqindilar bilan ishlash va ekologiya masalalariga e’tiborini qaratishdan iborat.

“Biz bilan ozoda kelajak sari” ko‘rik-tanlovi ikki nominatsiya: “Eng yaxshi videorolik” va “Eng yaxshi poster” yo‘nalishlarida o‘tkazildi.

Tanlov e’lon qilingan kundan boshlab, to‘rt oy mobaynida Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi elektron manziliga qariyb 100 dan ortiq ijodiy ishlar kelib tushdi. Ko‘rik-tanlovda Respublikamizning deyarli barcha viloyatlaridagi ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Birinchi bosqich (22-yanvardan 15aprelgacha) va ikkinchi bosqich (15-20-aprel) natijalaridan so‘ng, hakamlar hay’ati va internet ovozga qo‘yish orqali 14 ta videorolik hamda 28 ta poster saralab olindi. Mazkur saralab olingan ijodiy ishlar ochiq ovoz berish uchun yakuniy bosqichga taqdim etildi.

Bugun Toshkent shahrining Sergeli tumanida faoliyat yuritayotgan “Media Park” savdo majmuasida “Biz bilan ozoda kelajak sari” I-Respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi va g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Uchinchi bosqichga tanlab olingan 14 ta videorolik va 28 ta poster ochiq ovoz berishga qo‘yildi.

Uzoq davom etgan qizg‘in bahs-munozaralardan so‘ng, ikki nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar hakamlar hay’ati tomonidan tantanali ravishda e’lon qilindi.

G‘oliblarga Artel maishiy texnika va elektronika ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Undan tashqari, ko‘rik-tanlovda eng faol ishtirok etgan Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutining bir guruh talabalariga tanlov tashkilotchilari tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir davomida qatnashchilar e’tiboriga jonli musiqa, raqslar dastasi shousi havola qilindi, “Tabiatga imkon bering!” loyihasi doirasida yutuqli lotereyalar o‘ynaldi.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi

Ekologiya davlat qo‘mitasi

Axborot xizmati

Muhokama

O'z fikringizni qoldiring

Plain text

  • No HTML tags allowed.
  • Web page addresses and e-mail addresses turn into links automatically.
  • Lines and paragraphs break automatically.

2017-04-23

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika