Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > SHAHARLAR IQLIMINI MO‘TADILLASHTIRISHDA MANZARALI DARAXTLARNING AHAMIYATI

SHAHARLAR IQLIMINI MO‘TADILLASHTIRISHDA MANZARALI DARAXTLARNING AHAMIYATI

Ma’lumki, manzarali o‘simliklardan ko‘chalar, xiyobonlar, istirohat bog‘lari hamda hovlilarni ko‘kalamzorlashtirishda keng foydalaniladi. Bunday o‘simliklar orasida daraxtlar alohida ahamiyat kasb etadi. Ular nafaqat kislorod manbayi, balki, muhit mikroiqlimini mo‘tadillashtirishda asosiy o‘rinni egallaydi. Keyingi yillardagi kuzatishlar natijasiga ko‘ra, sanoatlashgan yirik shaharlarda yoz oyida havo harorati  500C dan ortib, havoning nisbiy namligi 30 foizdan pasayib ketadi. Daraxtlar qalin o‘sgan hiyobonlarda esa bu ko‘rsatkich 35 – 370C ni, havoning nisbiy namligi esa 40 – 45 foizni tashkil etishi kuzatilgan. Bundan tashqari, esgan issiq shamol (garmsel) daraxtlar qalin o‘sgan joylarda bir oz soviydi. Daraxtlar nafaqat issiqdan himoya qiladi, balki, qahraton qishning ham nisbatan iliqroq bo‘lishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, daraxtlar shovqinni pasaytiruvchi xususiyatga ham ega. Shuning uchun ham inson daraxtlar qalin o‘sgan joyga oshiqadi. Xiyobonlar va bog‘lar maydonining asosiy qismini egallagan shaharlarning iqlimi mo‘tadil va musaffo bo‘ladi.

Mustaqillik yillarida Samarqand shahrining infratuzilmasi yangidan tashkil etilishi munosabati bilan markaziy ko‘chalar, istirohat bog‘lari va dam olish maskanlarida zamonaviy shahar arxitekturasiga mos keladigan landshaft dizayni yaratilmoqda. Buning uchun Samarqandning yangi qiyofasiga mos, kishiga estetik zavq beradigan, ularning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan, eng asosiysi, shahar iqlimiga mos hamda ko‘p yillik daraxt turlari keltirib ekilmoqda.

Ochiq urug‘lilarga mansub qarag‘ay, qora qarag‘ay, archa, tiss, botqoq kiparisi kabilar keyingi yillarda keng maydonlarga ekilmoqda. Bu daraxtlar tuproq tanlamaydi. Nisbatan tezroq o‘sadi va tezda quyuq soya beradi. Ular o‘zidan efir moyi ajratib chiqaradi. Bu modda havodagi turli zararli mikroorganizmlarning rivojlanishini cheklaydi, havoning musaffoligini ta’minlaydi. Bundan tashqari, bu daraxtlar bahorda changlanib, ulardan ajraladigan chang donalari yuqori nafas yo‘li kasalliklarini samarali davolaydi. Yurak qon-tomir va turli allergik kasalliklarni davolaydigan sanatoriy-profilaktoriylarda, shuningdek, dam olish sihatgohlarida ochiq urug‘li daraxtlar shu maqsadda ekiladi.

Soxta kashtan, Yapon soforasi, shoyi akatsiya, katalpa, oqqayin kabi daraxtlarning shox-shabbasi, bargi va guli nihoyatda chiroyli. Ular kishini beixtiyor o‘ziga jalb etadi. Qolaversa, ularning guli va mevasidan turli xil kasalliklar, jumladan insult, infarktning oldini olishda, davolashda va xalq tabobatida keng foydalanilmoqda.

So‘nggi yillarda Samarqand shahriga xorijdan iqlimimizga tez moslashuvchan, jozibador, har tomonlama foydali, vaqt guli, barglari uzoq vaqt saqlanadigan daraxtlar keltirilib ekilmoqda. Shulardan biri – Lola daraxti. Uning vatani Shimoliy Amerika. Guli, g‘unchasi lolani eslatgani uchun shunday nomlangan. Oq, sariq, qizil va pushti ranglarda bo‘ladi. Bargi yirik, shox–shabbasi piramidasimon, oval shakllarda bo‘ladi. Keskin sovuqqa chidamli. Yozda quyuq soya beradi. Gullari birin ketin 20-25 kungacha ochilaveradi. O‘zidan efir moyi ishlab chiqaradi. Guli asal shirasiga boy. Barglari yirik bo‘lgani uchun ko‘p kislorod ajratadi va daraxt atrofida o‘ziga xos mikroiqlim xosil qiladi. Bu daraxtni dunyodagi yirik shaharlarning ko‘cha, xiyobon va istirohat bog‘larida uchratish mumkin. Jumladan, Toshkent shahrining markaziy ko‘chalarida ham bir necha yirik tuplari barq urib o‘sib turibdi.

Magnoliya daraxti ham shunday o‘simliklardan hisoblanadi. Vatani Xitoy. Gullari yirik, barg chiqarmasdan oldin qiyg‘os gullaydi. Oq, qizil, pushti ranglarda bo‘ladi. Barglari yirik, butun. Gullari efir moyiga boy. Bu daraxtning barglarini to‘kmaydigan turlari ham mavjud. Ko‘p miqdorda kislorod ajratishi aniqlangan. Bizning iqlimga tez moslashadi. Sovuqqa, qurg‘oqchilikka chidamli. Keyingi yillarda ushbu daraxtni ham Samarqand shahrida ekish keng miqyosda olib borilmoqda.

Umuman, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish orqali mavjud daraxtlarni asrab-avaylash, parvarishlash, aholisi zich joylashgan shaharlarda har tomonlama foydali daraxtlarni ekishni yanada ko‘paytirish lozim. Zero, kelajak avlod uchun musaffo tabiatni qoldirish barchamiz uchun ham farz, ham qarz.           

 

Y. TOSHPO‘LATOV, Q. JO‘RAQULOV,      

Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti


2017-05-11

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika