Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Press-reliz

Joriy yilning 31-may kuni Xalqaro press-klubda «Ekologik haftalik – 2017» tadbiriga start berildi. Unda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O‘ktam O‘tayev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Boriy Alixonov, BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi doimiy vakili v.b. Farid Qoraxonov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, bir qator vaziriklar, idoralar, NNT, xorij va mahalliy OAV vakillari ishtirok etdilar.

Xalqaro hamjamiyatning e’tiborini atrof-muhitni muhofaza qilishga hamda global ekologik inqirozning oldini olishga qaratish va bu borada aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish maqsadida, 1972-yil 5-iyunda Stokgolm shahrida BMTning ekologik masalalarga bag‘ishlangan konferensiyasida Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kunini nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi. Shundan buyon ushbu sana munosabati bilan turli tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar, bog‘ yaratish, obodonlashtirish aksiyalarini o‘tkazib kelinadi. Bu yil o‘tkaziladigan Butunjahon atrof-muhit muhofazasi kuniga bag‘ishlangan shior «Men tabiat bilan birgaman» deb nomlandi.

An’anaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda mazkur ekologik sanaga bag‘ishlab «Ekologik haftalik» tadbiri tashkil qilindi. Bu yil o‘tkaziladigan haftalik dasturi o‘z ichiga uchrashuvlar, “yashil” konsertlar, ko‘rik-tanlovlar, hududlarni tozalash bo‘yicha ekologik aksiyalar, yurtimiz tuman va viloyatlari, Toshkent shahrida yirik ko‘rinishga ega turli tadbirlarni olgan. Bularning barchasi aholi, ayniqsa yosh avlodning atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni boshqarish sohasi borasidagi xabardorligini oshirishga qaratilgan.

Ta’kidlandiki, O‘zbekiston atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida butunjahon deklaratsiyalari, konvensiyalari va BMTning boshqa bitimlarida aks etgan vazifalarni amaliyotga tatbiq etish bilan bir qatorda, global tabiat muhofazasi siyosatining ham faol ishtirokchisiga aylandi.

Barqaror rivojlanish sohasidagi xalqaro huquq normalariga amal qilingan holda, shuningdek Konstitutsiyaning nizom va asosiy prinsiplaridan kelib chiqib, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasida qonunchilik reformasi o‘tkazildi. Unda jahon standartlariga mos keluvchi yangi qonunchilik aktlari qabul qilindi, mavjudlari esa takomillashtirildi.

Jumladan, atrof-muhitni muhofaza qilish, bioxilma-xillikni asrab-avaylash, ozon qatlamini emiruvchi moddalardan voz kechish bo‘yicha, shuningdek iqlim o‘zgarishi sohasida ham ilk tashabbusga ega muhim ahamiyatga molik dasturlar qabul qilinib, amaliyotga tatbiq etilmoqda.

«Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni atrof-muhitni muhofaza qilish tizimi va ekologik muammolarni hal etishda fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtiroki uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qilishiga, shuningdek tabiat muhofazasining tashkiliy tizimini takomillashtirishda muhim bosqich bo‘ldi.

Qabul qilingan chora-tadbirlar atmosfera havosi ifloslanishi darajasining pasayishiga, asosiy ochiq suv havzalari ishlash mexanizmining yaxshilanishi, muhofaza qilinadigan hududlar tarmoqlarini kengaytirish, ya’ni atrof-muhit muhofazasi va tabiatdan foydalanish amaliyotida ma’lum bir yaxshilanishlarga ega bo‘lish imkonini berdi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini qayta tashkil etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil qilindi (Davlat ekologiya qo‘mitasi). Davlat ekologiya qo‘mitasining asosiy vazifa va funksiyalari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish, resurslarni tejash borasida chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni ta’minlashdan iborat.

Spikerlar tomonidan ta’kidlandiki, 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan ekologik xavfsizlikni ta’minlash, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash va boshqa masalalarni hal etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni, «O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» va «2017-2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari qabul qilindi.

Shuni ham alohida qayd etish lozimki, Davlat ekologiya qo‘mitasining asosiy vazifalaridan yana biri, bu – qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, tashish, qayta ishlash, utilizatsiya qilish va ko‘mish tizimini tashkil qilishdan iborat.

Shuningdek spikerlar tadbir davomida yana bir muhim masalaga jiddiy e’tibor qaratdilar. Afsuski, bugungi kunda tez-tez uchrayotgan ekologik huquqbuzarliklar ekologik qonunchilikka jiddiy tahrirlar kiritishni talab etmoqda. Bu, o‘z navbatida, javobgarlikni yanada kuchaytirish, huquqbuzarliklar uchun jarima miqdorini ko‘paytirish imkonini beradi.

2016-yilda Qo‘mita tomonidan tabiat muhofazasi sohasida 18269 ta ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan bo‘lib, shulardan 7187 ta (yoki 40 foiz) holat bevosita chiqindilar bilan bog‘liq. Mazkur holat ekologiya, sanitariya normalari va chiqindilarni boshqarish sohasidagi talablarning qo‘pol buzilishiga nisbatan qo‘llanilayotgan ma’muriy chora-tadbirlarning samarasi past va yetarli emasligini ko‘rsatmoqda. Ana shu munosabat bilan, javobgarlikni yanada kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy Javobgarlik Kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish ko‘zda tutilmoqda.

Tadbir davomida ekspertlar tomonidan ta’kidlandiki, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida jamoatchilikning ishtiroki, ayniqsa jamoatchilik ekologik nazoratini kuchaytirish maqsadga muvofiq. Ularning faoliyati birinchi navbatda brakonyerlik, noqonuniy daraxtlarning kesilishi kabi profilaktik chora-tadbirlarga qaratilishi lozim.

Tadbir so‘nggida «Ekohaftalik–2017»ning asosiy vazifalaridan biri har bir fuqaroning ekologiya masalalariga e’tiborini qaratish, shuningdek ularning atrof-muhit muhofazasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, uni asrab-avaylashda faol ishtirok etishga da’vat qilishdan iborat ekanligiga alohida urg‘u berildi. Undan tashqari, tadbir ishtirokchilari, OAV vakillari tomonidan berilgan barcha savollarga soha mutaxassislari batafsil va atroflicha javob qaytarishdi.

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Axborot xizmati

 

Muhokama

O'z fikringizni qoldiring

Plain text

  • No HTML tags allowed.
  • Web page addresses and e-mail addresses turn into links automatically.
  • Lines and paragraphs break automatically.

2017-05-31

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika