Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Press-reliz

Joriy yilning 16-iyunida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, «Global master group» mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda Jizzax viloyatining tog‘li hududida tashkil etilgan ekologik aksiya doirasida 601 dona noqonuniy ovlangan toshbaqa «yangi uy»ga ega bo‘ldi.

Jonivorlar quyosh tog‘lar ortiga singib borayotgan vaqtda qo‘yib yuborildi. Bu paytda havo harorati pasayib, toshbaqalarning faol harakatlanishi uchun maqbul sharoit vujudga keladi. Jonivorlar kichik guruhlarga ajratilib, tog‘ tizmasining bir nechta qismlarida tabiat qo‘yniga qaytarildi. Bu, toshbaqalarning oziqlanish va ko‘payish maydonida raqobatga kirishishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida amalga oshirildi.

O‘rta Osiyo toshbaqasi (Agrionemys (Testudo) horsfieldii) – sahrodagi hayvonot dunyosi vakili. Yashash joyidan kelib chiqib unga shunday nom berilgan. U O‘zbekistondan tashqari Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Shimoli-sharqiy Eron, Afg‘oniston, Suriya, Livan, Xitoy, Hindiston va Pokistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida uchraydi.

O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi yarim cho‘l, cho‘l, tog‘ yon bag‘irlari, daryolar bo‘yida yashashga moslashgan. U kunduz kuni – faol. Iyun oyining so‘nggi kunlaridan boshlagan yozgi uyqu qishga ulanib ketadi. U o‘ziga 1-2 metr chuqurlikkacha in kavlaydi. Mart oyida uyg‘onadi. Apreldan iyun oyiga qadar 2-3 marta 2-6 tadan tuxum qo‘yadi. 80-110 kun ichida toshbaqa bolalari tuxumni yorib chiqadi va qishlash uchun in ichida qoladi. Faqat kelasi yilning bahorida yer yuzasiga chiqadi. O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi turli o‘simliklar, ko‘p yillik o‘t-o‘latlar va butalar bilan oziqlanadi.

Noyob biologik tur hisoblangan toshbaqalar ekologik muvozanatni asrashda muhim o‘rin tutadi. Shu bois ushbu jonzotlar BMTning yovvoyi o‘simlik va hayvonot olami noqonuniy savdosining oldini olishga yo‘naltirilgan konvensiyasi ilovasiga kiritilgan.

Yurtimizda uchraydigan noyob turlarni asrash barobarida ularni Qizilqum, Surxon, Nurota davlat qo‘riqxonalari va Buxoro ixtisoslashtirilgan «Jayron» pitomnigida ko‘paytirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Poytaxtimizdagi «Global master group» mas’uliyati cheklangan jamiyati ham toshbaqachilik bilan shug‘ullanadi. Ushbu korxona pitomnigida 15 yoshgacha bo‘lgan toshbaqalar parvarishlanmoqda.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, mazkur hududda noqonuniy hayvon ovi nazoratga olingan. Hudud tabiati toshbaqalarning yashash sharoitiga yaqin va ozuqa zaxirasi nihoyatda boy. Bu toshbaqalarning emin-erkin yashashi, muhitga tezda moslashib ketishiga zamin yaratadi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Axborot xizmati

Muhokama

O'z fikringizni qoldiring

Plain text

  • No HTML tags allowed.
  • Web page addresses and e-mail addresses turn into links automatically.
  • Lines and paragraphs break automatically.

2017-06-19

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika