Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan 2017-yil II-chorak yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan 2017-yil II-chorak yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish 
davlat qo‘mitasi tomonidan 2017 yilning birinchi yarim yilligida
amalga oshirilgan  ishlar natijasi to‘g‘risida
MA’LUMOT
 
Hisobot davrida atrof muhitni muhofaza qilishga oid qonun  va qonunosti hujjatlariga muvofiq, Qo‘mitaning asosiy vazifalari bajarilishida bir qator ishlar amalga oshirilib, quyidagi natijalarga erishildi:
 
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni boshqarish Jamg‘armasiga  umumiy tushumlar 10027,3 mln. so‘mni tashkil qildi.
SHundan:
- atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari 7392,6 mln. so‘mni tashkil qilib, 19 % ga o‘sdi. 
- undirilgan jarima va da’volar 767,7 mln.so‘mni tashkil qildi;
- davlat o‘rmon fondidan tashqaridagi daraxtlar va butalarni belgilangan tartibda kesganlik uchun to‘lovlar 1850,6 mln.so‘mni tashkil etdi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 2 apreldagi 62-sonli qaroriga muvofiq Davlat byudjetiga o‘tkazmalar 
7,0 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
Davlat ekologik nazoratini amalga oshirishda Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi tomonidan tasdiqlangan 2017 yilda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida tekshirishlar o‘tkazish reja-jadvaliga asosan 373 ta sub’ektda davlat nazorati olib borilib, shundan 4 ta qisqa muddatli tekshirish o‘tkazildi. 2016 yilning birinchi yarim yilligida – 529 ta sub’ektda rejali tekshirish o‘tkazilgan bo‘lib, hisobot davrida 156 taga kamaydi.
 
Hisobot davrida 140690 dona transport vositalaridan atmosfera havosiga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar asbob-uskunalar yordamida tekshirildi. Atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan hamda noqonuniy faoliyat yuritgan 91 ta ob’ektlarni faoliyati vaqtincha to‘xtatib qo‘yildi. Tekshirish natijasida ifloslantiruvchi moddalarni o‘rnatilgan me’yordan ortiq tashlayotgan 554 ta manba aniqlanib, qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda tegishli choralar ko‘rildi.
 
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 23 avgustdagi 273-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2016–2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi Dasturi” doirasida Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashining 2013 yil 29 noyabrdagi 1-sonli majlis bayoni bilan kelishilgan, ifloslantiruvchi manbalarga ega 351 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektda monitoring o‘tkazilib, jami 4938 manbada, shundan atmosfera havosi bo‘yicha 2982 ta, suv resurslari bo‘yicha 1436 ta, tuproq ifloslanishi bo‘yicha 520 ta manbada asbob-uskunalar yordamida monitoring ishlari amalga oshirildi.
 
Natijada 128 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektda ifloslantirish darajasi o‘rnatilgan me’yorlardan yuqori bo‘lgan jami 142 ta manba aniqlanib, 64 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan 14,8 mln.so‘m miqdoridagi ma’muriy jarimalar qo‘llanildi, atrof muhitni ifloslantirganlik uchun 519,3 mln. so‘m miqdoridagi kompensatsiya to‘lovlari hisoblandi.
O‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlaridan foydalanish yuzasidan  o‘tkazilgan reyd tartibidagi ekologik nazorat doirasida 2141 ta qonun buzilishi holatlarii aniqlandi.
Tabiatni muhofaza qilishga oid qonun talablarini buzganlik uchun 7281 nafar mansabdor shaxs va fuqarolarga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llanildi, 1125 ta ob’ektga nisbatan da’volar taqdim etilib, ulardan 1,7 mlrd.so‘m miqdorida jarima va da’vo summalari undirildi.
 
Hisobot davrida hududiy qo‘mitalar tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikdagi nazorat tadbirlari o‘tkazilib, brakonerlardan 53 ta ov quroli, ochiq suv havzalari hududlarida noqonuniy ravishda baliq ovi bilan shug‘ullangan shaxslardan 737 ta baliq ovi qurollari (to‘r va 4 ta elektr qarmoqlari) hamda 696 kg noqonuniy ov mahsulotlari (baliq) 
va 1132,9 m3 o‘simlik dunyosi ob’ektlari (yog‘och, o‘tin) hamda 30,6 tonna dorivor va ozuqabop o‘simliklar o‘rnatilgan tartibda olib qo‘yildi. 
 
SHundan, 39 dona ov quroli huquqbuzarlar tomonidan o‘rnatilgan tartibda jarimalar to‘langandan so‘ng, egalariga qaytarib berildi, 14 ta ov quroli huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi. Hisobot davrida respublika bo‘yicha 16472 ta loyiha hujjatlari davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazildi va atrof muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun 1780 ta ekologik me’yor o‘rnatildi.
 
SHundan 14855 ta loyihaga ijobiy hulosa berilib, tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi talablariga mos kelmaganligi sababli 1604 ta loyiha qayta ishlab chiqishga yuborildi, 13 ta loyiha ekologik normalarga muvofiqbo‘lmaganligi sababli uning amalga oshirilishi rad etildi.
 
Berilgan tavsiyalar asosida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan 462 ta energiya-tejamkor va kam-chiqitli texnologiyalar amaliyotga tatbiq qilindi. Jumladan, 2 ta energetika, 96 ta neft va gaz, 11 ta kommunal, 23 ta qurilish sanoati va 64 ta engil sanoat hamda 266 tasi qishloq xo‘jaligi korxonalari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Hisobot davrida hokimliklar tomonidan 3892 ta er uchastkasini ajratish to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilinib, shundan 119 tasidan davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi olinmasdan, amalga oshirilganligi aniqlanib, qonun hujjatlari talablariga muvofiqlashtirildi.
 
Analitik nazoratga ixtisoslashtirilgan inspeksiyalar tomonidan idoraviy ekologik nazoratni olib borish bo‘yicha 480,7 mln. hajmidagi so‘mlik xo‘jalik hisobidagi ishlar bajarildi.
8 ta ekoanalitik laboratoriyalar attestatsiyadan o‘tkazilib, 2 ta laboratoriya mutaxassisi malakasi oshirildi. 
 
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tatbiq qilish doirasida “Eko-energiya” ilmiy-tatbiqiy markazi tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ektlarda 42 ta 32 kVt. quvvatiga ega quyosh fotoelektrik stansiyalari va quyosh suv isitish kollektorlari o‘rnatildi (2016 yilning  birinchi yarim yilligida – 33 ta). Bu, o‘z navbatida, yiliga 93440 kVt/c elektr energiyasi ishlab chiqarish bilan birga 2 567 000 m3 tabiiy gazni tejab, atmosfera havosiga uglerod oksidi (SO2) moddasi tashlamalarini 5 tonnagacha qisqartirish imkoniyatini yaratadi. 
 
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 14 iyundagi “Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 171-sonli qaroriga muvofiq 272 ta suvdan maxsus foydalanish uchun 
hamda 2014 yil 4 avgustdagi “Suvga quduqlarni burg‘ulash uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 214-sonli qaroriga muvofiq suvga quduq burg‘ulash uchun 29 ta ruxsatnoma  rasmiylashtirildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-sonli qaroriga muvofiq, hisobot davrida 664 ta ruxsatnoma rasmiylashtirildi. SHundan, yovvoyi hayvonlarni ovlashga 108 ta, ularni respublika hududiga olib kirishga 28 ta, shundan CITES Konvensiyasi bo‘yicha 6 ta, respublika hududidan olib chiqishga 296 ta, shundan CITES Konvensiyasi bo‘yicha 199 ta, yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda saqlashga 2 ta, dorivor, oziq-ovqatbop va texnik o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlashga 94 ta, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar va ularning qismlarini respublika hududidan tashqariga olib chiqishga 
132 ta va olib kirish uchun 6 ta ruxsatnoma rasmiylashtirildi.
 
Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 11 noyabrdagi “Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishni va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishni tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 247-sonli qaroriga muvofiq hisobot davrida 3101 ta murojaat ko‘rib chiqilib, 
belgilangan tartibda ruxsatnoma rasmiylashtirildi hamda javob xatlari yuborildi.
 
2017 yilning Investitsiya dasturi  bajarilishi Dasturi doirasida “Namangan viloyati Pop tumanidagi 23-sonli sobiq uran koni hududida ekologik holatni sog‘lomlashtirish” tadbiri ijrosini ta’minlash borasida davlat byudjetidan jami 2,497 mlrd. so‘m  miqdoridagi mablag‘ ajratildi. 
 
Ajratilgan mablag‘ hisobiga hududning 7- uchastkasida ifloslangan erlarni dezaktivatsiya va rekultivatsiya qilish hamda suvni muhofaza qilish tadbirlari ishlari  rejalashtirilgan.
 
Hisobot davrida mazkur ob’ektda amalga oshiriladigan qurilish ishlarining Manzilli ro‘yxati Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda belgilangan tartibda kelishilib, smeta hujjatlari “Davarxitektqurilish” davlat qo‘mitasining Namangan viloyati hududiy boshqarmasida ekspertizadan o‘tkazildi. 
Tender savdosi o‘tkazish uchun tegishli hujjatlar tayyorlanib, joriy yilning 11 aprelida o‘tkazildi. Tenderda Namangan viloyati, Namangan shahrida joylashgan “Kalisto Servis” MCHJ  g‘olib chiqdi. Amalga oshirilgan ishlar uchun hisobot davrida jami 63,7 mln. so‘m miqdoridagi  mablag‘ o‘zlashtirildi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida quyidagilar amalga oshirildi:
1) Import-eksport operatsiyalari bo‘yicha beriladigan sertifikat va ruxsatnoma hujjatlarini unifikatsiyalashtirilgan bojxona axborot tizimi orqali taqdim etishni yo‘lga qo‘yish – KOYKA xalqaro hamkorlik agentligining mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasida unifikatsiyalashtirilgan «Bir oyna» bojxona axborot tizimini joriy etish yo‘li bilan bojxona xizmatini modernizatsiya qilish» loyihasi doirasida “Bir oyna” tizimi yaratildi. Mazkur tizimdan foydalanish bo‘yicha texnik topshiriq va foydalanuvchi qo‘llanmasi ko‘rib chiqildi. “Bir oyna” tizimida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash uchun test sinovlari o‘tkazildi. Joriy yilning 20 aprelida “Unifikatsiyalashtirilgan “YAgona oyna” bojxona axborot tizimiga kiritiladigan, ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlar ro‘yxatini hamda vazirlik va idoralarning ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni ushbu tizimga kiritishdagi mas’uliyatlarini oshirish haqida”gi qaror kelishildi. “YAgona oyna” bojxona axborot tizimidan foydalanish uchun rahbar va mas’ul xodimlarning elektron kalitlari Davlat bojxona qo‘mitasidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasining yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish”, “Ekologik xavfli mahsulot va chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va uning hududidan olib chiqish” hamda “Avtotransport vositalarini respublika hududiga olib kirish uchun” ruxsatnomalar olishga ariza berish talablari tasdiqlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi «UZINFOCOM» DUK bilan kelishildi.
Joriy yilning fevral oyida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalarida ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish uchun ruxsatnomalar berish yo‘nalishida O‘zbekiston Respublikasida unifikatsiyalashtirilgan “Bir oyna” bojxona axborot tizimini joriy etish yo‘li bilan bojxona xizmatini modernizatsiya qilish loyihasini ishga tushirish uchun amalga oshirilgan ishlar joyida o‘rganildi.
2017 yilning 20 mayida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Qishloq 
va suv xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zstandart agentligining “Unifikatsiyalashtirilgan “Bir oyna” bojxona axborot tizimiga kiritiladigan, ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlar ro‘yxatini hamda vazirlik va idoralarning ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni ushbu tizimga kiritishdagi mas’uliyatlarini oshirish haqida”gi qo‘shma qarori qabul qilindi.
Hozirda “O‘zbekiston Respublikasida unifikatsiyalashtirilgan “Bir oyna” bojxona axborot tizimini joriy etish yo‘li bilan bojxona xizmatini modernizatsiya qilish” loyihasini samarali ishga tushirish maqsadida tayyorgarlik ishlari ko‘rilmoqda.
 2) “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ga ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha 5 yo‘nalishdagi tadbirlar taklifi ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga taqdim etildi (2017 yil 21 yanvardagi  
RF-02/19-518-sonli, 2017 yil 9 fevraldagi  RF-02/19-916-sonli xatlar).
SHuningdek, Xorazm viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan Xorazmda turizmni rivojlantirish dasturi bo‘yicha viloyatning tarixiy, diniy yodgorliklari va tabiiy landshaftlarni o‘z ichiga olgan uchta marshrut loyihasi ishlab chiqildi.
1. Urganch shahri – G‘avuq ko‘l – Xiva marshruti.
2. Urganch shahri – CHolish posyolkasi – Amudaryo – YAngibozor tabiat yodgorligi – Katqal’a tarixiy yodgorligi – Xoja YUsuf Hamadoniy nomli ziyoratgoh– Urganch shahri.
3. Urganch shahri - CHolish posyolkasi - Amudaryo - Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati.
SHuningdek, Vazirlar Mahkamasining  “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirish bo‘yicha namunaviy qoidalarini va ularga kirish uchun to‘lovlar miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ishlab chiqilib, 8 ta manfaatdor vazirlik va idoralar bilan (Qishloq va suv xo‘jaligi, Sog‘liqni saqlash, Iqtisodiyot, Moliya va Ichki ishlar vazirliklari, Davlat geologiya qo‘mitasi va Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi va Fanlar akademiyasi) kelishilgan.
Qaror loyihasi Adliya vazirligining xatiga asosan (2017 yili 13 maydagi 3/22-7288/6 – sonli xat) kelishish uchun Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatiga yuborildi (2017 yil 30 maydagi 01/19 - 293-sonli xat).  qaror  loyihasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishildi.
3) Respublikaning barcha shahar va tumanlarida qattiq maishiy chiqindilarni sanitariya jihatidan tozalash va utilizatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 1 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni, 2 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori va 1 ta qonun  qabul qilindi. 
4) Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni kuchaytirish – Orolbo‘yi mintaqasida muhofaza  etiladigan tabiiy hududlar tizimini kengaytirish va rivojlantirish maqsadida 10 ta yangi shunday hududlar tashkil qilish hamda “Jayron” ekomarkazining infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha umumiy qiymati 10 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan loyiha hujjatlari ishlab chiqildi. Hozirda ushbu loyihalarni moliyalashtirish masalalari BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan o‘rganib chiqilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Navoiy viloyatlarida  9 ta er osti suvlari hosil bo‘lishi manbalarini o‘rganish, ushbu mintaqalarda chuchuk suvga aylantirish uskunalarini o‘rnatish bo‘yicha Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan hamkorlikda umumiy qiymati 18 mln. AQSH dollarini tashkil qiluvchi loyiha hujjati ishlab chiqildi. Atmosfera havosi ifloslanishini avtomatlashtirilgan monitoring tizimini joriy qilish bo‘yicha umumiy qiymati 1,5 mln. AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan loyiha hujjatlari ishlab chiqildi.Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun tashqi investitsiya va grant mablag‘larini jalb qilish masalasi o‘rganib chiqilmoqda.
5) Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy, texnogen va ekologik xarakterdagi favqulodda vaziyatlar ehtimolini monitoring va prognozlashtirishning yagona tizimi to‘g‘risida”gi qaror loyihasi o‘rganib chiqilib, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tegishli taklif va qo‘shimchalar taqdim etildi.
Mazkur qaror loyihasi joriy yilning 11 may kuni Ishchi guruhi yig‘ilishida muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
 
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida qonun va qonunosti hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha:
Hisobot davrida Qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasining 3 ta qonun loyihasi 
va 9 ta me’yoriy-huquqiy hujjatlari kiritildi.Ishlab chiqilgan xujjatlardan O‘zbekiston Respublikasining 2 ta qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1 ta Farmoni
va 3 ta qarori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 5 ta qarori qabul qilindi, jumladan:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari:
- “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”;
- “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 apreldagi “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi  PF-5024 - sonli Farmoni;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining:
- 2017 yil 21 apreldagi PQ-2915 - sonli “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”;
- 2017 yil 21 apreldagi PQ-2916 - sonli “2017 – 2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”;
- 2017 yil 20 iyundagi PQ-3075 - sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699 - sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risidagi” qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarorlari;
Vazirlar Mahkamasining:
- 2017 yil 23 maydagi 310 - sonli “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”;
- 2017 yil 9 iyundagi 368 - sonli“O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining CHiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”;
2017 yil 9 iyundagi 370-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya 
va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”;
2017 yil 15 iyundagi 375-sonli “Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”;
2017 yil 15 iyundagi 377-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlari.
SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 apreldagi 2916-sonli qarori ijrosi bo‘yicha “CHiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini muvofiqlashtirish va takomillashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq amalga oshirilishi nazarda tutilgan chora-tadbirlar va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritalari» tasdiqlandi.
«Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda «Er osti boyliklari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi qabul qilindi.
Bundan tashqari, Qo‘mita tomonidan 8 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining: 
- “O‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlaridan foydalanishni va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-sonli qarorining yangi tahriri);
- “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 11 noyabrdagi “Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishni va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishni tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 247-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”; 
- “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirish bo‘yicha namunaviy qoidalarni va ularga kirish uchun to‘lovlar miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida”;
- “Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy xujjatlarni tasdiqlash haqida”; 
- “Qog‘oz chiqindilarini yig‘ish, tayyorlash va qayta ishlashni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”; 
- “Sanoat chiqindilarini to‘plash, vaqtincha saqlash, qadoqlash, tashish, utillashtirish va joylashtirish namunaviy Nizom”;
- “Iste’mol xususiyatini yo‘qotgan mahsulotlarni to‘plash, zararsizlantirish, qayta ishlash, utilizatsiya qilish va yo‘q qilish to‘g‘risida Nizom”;
- “O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi  Qonunini amalga oshirishga yo‘naltirilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ishlab chiqildi. 
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 apreldagi “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5024-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida: 
CHiqindilarning hosil bo‘lishi, ularni yig‘ish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mib tashlash va realizatsiya qilishni nazorat qilish inspeksiyasi tashkil qilindi, uning boshlig‘i tayinlandi hamda inspeksiyaning Nizomi tasdiqlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tarkibida inspeksiyaning bo‘linmalarini tashkil qilish va inspeksiya boshlig‘i hamda tasdiqlangan shtatlar jadvali bo‘yicha mutaxassislarni tanlab olish ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 apreldagi 
PQ-2916-sonli qarori ijrosi bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Ekologiya va atrof  muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki (O‘MB) bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va respublika viloyatlarida davlat-xususiy sherikligi asosida, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, utillashtirish va qayta ishlanishini tashkil qilish masalasi o‘rganib chiqildi.
Ushbu maqsadlarda, har bir hududda loyihalarning tegishli tashabbuskorlari aniqlandi va umumiy qiymati 27,2 mln. AQSH dollar bo‘lgan (19,2 mln. AQSH doll.–O‘MBning imtiyozli kreditlari va 8 mln. AQSH doll.–tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari) loyihalarni amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.
Joriy yilning 11–20 aprel kunlari O‘MB, loyiha tashabbuskorlari va Qo‘mitaning bir guruh mutaxassislari ishtirokida Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari uyushtirilib, 468 ta maxsus texnika (21,1 mln.AQSH doll.) va 11 ta chiqindilarni saralash va qayta ishlash uskunalarini (43,1 mln.AQSH doll.) sotib olish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Maxsus texnikaga bo‘lgan talab atroflicha o‘rganib chiqilib, bugungi kunda umumiy qiymati 19,1 mln.AQSH dollariga teng, jami 416  ta maxsus texnika uchun import shartnomalari tayyorlanib, barcha hududlar bo‘yicha 11 ta shartnoma imzolandi. 
 
Hozirda   Xitoyning “Beston Group” va  “Henan Winner Vibrating Equipment” kompaniyalari bilan chiqindilarni saralash va qayta ishlash uskunalarini (28,7 mln.AQSH doll.) sotib olish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.  
 
SHu bilan birgalikda, yuqoridagi qaror ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Komissiyasi majlisining bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritalari” bajarilishi bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
 “Toza hudud” davlat unitar korxonalari va ularning tuman (shahar) filiallari nizomlari tasdiqlanib, malakali va ish tajribasiga ega bo‘lgan rahbarlar tayinlandi. Tasdiqlangan shtat jadvallari asosida mutaxassisligi bo‘yicha xodimlarni ishga qabul qilish ishlari davom ettirilmoqda.
 
Unitar korxonalarning ATIB “Ipoteka bank” hududiy filiallarida asosiy hisob raqamlari ochilib, ma’muriy binolar bilan ta’minlandi.
 
“Toza hudud” DUKlari hisob siyosatining asosiy yo‘nalishlari hamda korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi.
Joriy yilning 14–24 iyun kunlari Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda Toshkent shahar “Maxsustrans” MCHJ mutaxassislari bilan birgalikda tuman obodonlashtirish boshqarmalaridan qabul qilinadigan maxsus texnikalar, chiqindi to‘plash shaxobchalari, chiqindi poligonlari va konteynerlar xatlovdan o‘tkazildi. Xatlov natijalariga ko‘ra, jami 1 427 ta maxsus texnika (shundan  990 ta chiqindi tashish texnika), 14 486 ta chiqindi to‘plash shaxobchalari va 10 078 ta konteynerni “Toza hudud” DUKlarining balansiga qabul qilish hamda iste’molchilarni (yuridik va jismoniy shaxslar) to‘liq qayta xatlovdan o‘tkazish va ko‘rsatiladigan xizmatlar yuzasidan o‘rnatilgan tartibda shartnomalar tuzish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
 
  Xalqaro aloqalarni rivojlantirish.
Qo‘mita tomonidan xalqaro munosabatlarni rivojlantirish, bunda xorijiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish, sohaga grant mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha ishlar olib borildi.
Hisobot davrida umumiy qiymati 4,6 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 5 ta loyiha (4 ta milliy – 2,1 mln.AQSH doll. va 1 ta mintaqaviy – 
2,5 mln.AQSH doll.) bo‘yicha ishlar amalga oshirildi. Jumladan:
- kimyoviy moddalar va xavfli chiqindilarni boshqarish bo‘yicha  3 ta (4,4 mln. AQSH doll.); 
- atrof muhit monitoringini takomillashtirish bo‘yicha 1 ta (140 ming AQSH doll.);
- boshqa yo‘nalishda 1 ta (160 ming. AQSH doll.).
 
Kelgusida chet el moddiy-texnika ko‘magini jalb qilish borasida umumiy qiymati 60 mln. AQSH dollariga teng 20 ta qo‘shimcha loyiha ishlab chiqilib, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga taqdim etildi.
 
Halqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida halqaro tashkilotlar bilan 18 ta uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi. Uchrashuvlarning asosiy mavzui chiqindilar sohasida qo‘shma korxonalarni tashkil qilish, chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni tatbiq qilish, bioxilma-xillikni saqlash sohasidagi loyihalarni kengaytirishga yo‘naltirildi.
 
Ekologik bilimlarni targ‘ib qilish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.Aholining ekologiya masalalari hamda mamlakatda atrof muhit muhofazasi sohasida olib borilayotgan faoliyat yuzasidan xabardorligini oshirish, ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish yuzasidan tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda ishlar olib borildi.
 
Hisobot davrida 1030 ta uchrashuv, seminar, taqdimot, ijtimoiy ekologik aksiyalar, ta’lim muassalarida ochiq darslar tashkil qilindi. Jumladan, atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha – 195ta, chiqindilar boshqaruvi masalasiga oid 158 ta, suv va er resurslaridan oqilona foydalanish sohasida 201 ta, biologik resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida 140 ta, ekologik qonunchilikni targ‘ib qilish borasida 157 ta hamda hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, noyob hayvon turlarini tabiatga qaytarish, ekologik xalqaro sanalar munosabati bilan ijtimoiy-ekologik masalalarga bag‘ishlangan 179 ta turli tadbirlar tashkil qilindi.
 
Ekologik xavfsiz, kam-chiqitli va resurs tejamkor texnologiyalarni tatbiq etayotgan sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari hamda qo‘riqlanadigan tabiiy xududlarda (qo‘riqxonalar, milliy tabiiy bog‘lar, buyurtmaxonalar va boshqalar) 33 ta mediatur o‘tkazildi. 
 
Ommaviy axborot vositalari ishtirokida maishiy chiqindixonalarning holatini va ruxsat etilmagan chiqindixonalarning hosil bo‘lishini o‘rganish, shuningdek, dalalarda ekin o‘rib olinganidan keyin somon yoqish, aholi punktlarida xazonlar va boshqa o‘simlik qoldiqlarini yoqish, ochiq olovni qo‘llagan holda bitum eritish hamda o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlaridan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash maqsadida jami 350 ta tezkor reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Tele va radio kanallarida 1977 ta chiqish qilinib, bosma va internet OAV larda – 1417 ta maqolalar chop etildi hamda ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.Xorijiy va mahalliy OAVda dolzarb ekologiya masalalari bo‘yicha chop etilgan ma’lumotlar tahlil qilinib, ular asosida 6 ta ekologik dayjest tayyorlandi.“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, shu jumladan, ta’lim va fan sohasini rivojlantirish, yoshlarning ekologik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va amaliyotga tatbiq etilishini ta’minlash maqsadida 2 ta respublika tanlovi tashkil qilindi.
 
- Qayta ishlash va ikkilamchi foydalanish maqsadida elektron chiqindilarni alohida yig‘ishni tartibga solishga bag‘ishlangan “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari o‘quvchilari va oliy o‘quv yurti talabalari o‘rtasida “Biz bilan ozoda kelajak sari” respublika tanlovi;
 
- Oliy o‘quv yurtlarini yanada barqaror rivojlantirish, ular hududida energiya-tejovchi, chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirish kabi yo‘nalishlardagi ijtimoiy-ekologik loyihalarni moliyalashtirish, talabalarni Buyuk Britaniya universitetlarining ilg‘or tajribasi bilan tanishtirish uchun “Barqaror rivojlanish maqsadlarida eng yaxshi yoshlar tashabbusi” respublika tanlovi.
 
Interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish.
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 12 avgustdagi “Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 262-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga ulanilgan bo‘lib, 2016 yilda idoralararo tarmoq sinov tariqasida 1 mb/s tezlikda amalga oshirilgan bo‘lsa, 2017 yanvar oyidan boshlab, 10 mb/s tezlikda muntazam foydalanish uchun ishga tushirildi. 
 
2017 yilning birinchi yarim yilligida yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) 9 ta ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning elektron shaklda taqdim etish tizimi joriy qilindi.                                     
Jumladan: 
- Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish uchun ruxsatnoma;
- Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma; 
- Suvga quduqlarni burg‘ulash uchun ruxsatnoma;
- O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma;
- YOvvoyi hayvonlarni tutqunlikda saqlash va ko‘paytirish pitomniklari hamda zoologik kolleksiyalarni davlat hisobiga olinganligi haqidagi guvohnoma;
- YOvvoyi hayvonlarni ovlash uchun ruxsatnoma;
- YOvvoyi o‘simliklarni va ularning qismlarini olib kirish 
va olib chiqish uchun ruxsatnoma;
- Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi Konvensiyaning I, II va III ilovalariga kiritilgan hayvonlar turlari namunalari va o‘simliklar turlari namunalarini olib kirish va chetga olib chiqishga ruxsatnoma;
- YOvvoyi hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kolleksiyalari, hayot faoliyati mahsulotlari, o‘ljalar, tulumlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma.
Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 23 oktyabrdagi “Tarkibida simob moddasi bo‘lgan lampalar va priborlardan foydalanish va ularni foydali ravishda ishlatish korxonalari faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida”gi 405-sonli qarori ijrosi bo‘yicha  hisobot davrida respublika bo‘yicha 213,2 ming dona yaroqsiz holga kelgan lampalar utilizatsiya qilindi.
Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 4 sentyabrdagi “Ishlatilgan texnik moylarni topshirish, to‘plash, ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 258-sonli qarori doirasida 485 tonna yig‘ilgan texnik moylar qayta ishlashga qabul qilindi. 
SHu bilan birga, hisobot davrida:
- respublika bo‘yicha jami 581,4 tonna ishlatilgan avtoshinalar utilizatsiya qilindi;
- Toshkent shahridagi “Toshrangmetzavod” korxonasiga yaroqsiz holga kelgan 160 tonna kompyuter texnikasi utilizatsiya qilish uchun topshirildi;
- 13 ta korxona tomonidan jami 210,1 gektar buzilgan erlar  rekultivatsiya qilindi.
 
2017 yilning II-yarim yilligida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar.
Tuman obodonlashtirish boshqarmalaridan xatlov natijalariga ko‘ra, jami 1 427 ta maxsus texnika, shundan: 990 ta chiqindi tashish texnikasi, 
14486 ta chiqindi to‘plash shahobchasi va 10078 ta konteyner 
“Toza hudud” DUKlarining balansiga qabul qilinadi;
 
iste’molchilarni to‘liq qayta xatlovdan o‘tkazish ishlari yakunlanadi.
“Toza hudud” DUKlarning faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 apreldagi 
PQ-2916-sonli qarori bilan belgilangan 2017-2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari doirasida:
- 326 ta maxsus texnika, shundan: 158 ta assenizatsion mashinalar, 
168 ta chiqindilarni elash moslamalari) xarid qilinadi;
- 14 ta texnikaga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazlari quriladi;
- 871 ta chiqindilarni to‘plash shahobchalari quriladi;
- 4119 ta konteynerlar xarid qilinadi;
- 13 ta chiqindilarni saralash bo‘yicha korxonalar tashkil etiladi.
Natijada, jami 222,9 mlrd. so‘m, shu jumladan 96,8 mlrd. so‘m byudjet mablag‘lari to‘liq o‘zlashtirilishi ta’minlandi, aholi va yuridik shaxslarga chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati yaxshilanadi hamda hududlar tozaligi ta’minlandi.
2. O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi va “Hayvonot dunyosini  muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunlari qabul qilinishi munosabati bilan:
- “O‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlaridan foydalanishni va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-sonli qarorining yangi taxriri);
- “Ovchilik va baliq ovlash xo‘jaligini yuritish to‘g‘risida Nizom” va O‘zbekiston Respublikasi hududida ov qilish va baliq ovlash qoidalarini tasdiqlashni ko‘zda tutuvchi, “O‘zbekiston Respublikasida hayvonot dunyosi ob’ektlaridan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”;
- “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirish bo‘yicha namunaviy qoidalarini va ularga kirish uchun to‘lovlar miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida”;
- O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi  Qonunini amalga oshirishga yo‘naltirilgan me’yoriy-huquqiy xujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi, jami 6 ta yangi me’yoriy-huquqiy hujjat loyihalari tayyorlanmoqda.Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi 5 ta mintaqaviy inspeksiyaning Nizomi loyihasi tasdiqlangandan so‘ng 200 ta shtat birligi to‘ldiriladi.
Uch oy muddatda Inspeksiyaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha Dastur ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Bundan tashqari, Qo‘mita tomonidan 4 ta O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi ishlab chiqildi, jumladan: 
- “Qog‘oz chiqindilarini yig‘ish, tayyorlash va qayta ishlashni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi jami 7 ta yangi me’yoriy-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.
- “Sanoat chiqindilarini to‘plash, vaqtincha saqlash, qadoqlash, tashish, utillashtirish va joylashtirish namunaviy Nizomi”;
- “Iste’mol xususiyatini yo‘qotgan mahsulotlarni to‘plash, zararsizlantirish, qayta ishlash, utilizatsiya qilish va yo‘q qilish to‘g‘risida Nizom”.
 

2017-07-12

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika