Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Press-reliz

Joriy yilning 18-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi “2017-yil boshoqli don ekinlari hosilini yig‘ishtirib olish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi RQ-2974-sonli qarorining bajarilishini ta’minlash maqsadida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi fermer xo‘jaliklari tomonidan boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlarda somon poyalarini yoqib yuborish holatlarining oldini olish bo‘yicha Toshkent viloyatining bir qator tumanlarida reyd tashkil qildi.

Unda, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Toshkent viloyati boshqarmasi inspektorlari, huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi boshqa organlar va muassasalar vakillari, soha mutaxassislari, ekspertlar va OAV ishtirok etdilar.

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – noxush holatlarning sodir etilishini bartaraf etish, somon poyalarini yoqib yuborishning atrof-muhit va inson salomatligiga salbiy oqibatlari to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor qilishdan iborat.

Bu yil Toshkent viloyatining 6 935 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 130 580 gektar maydonda g‘alla parvarishlanib, mo‘l hosil etishtirildi. Ayni kunlarda boshoqli donni o‘rib-yig‘ib olish va hosildan bo‘shagan maydonlarni somon poyalaridan tozalab, peshma-pesh shudgor qilish ishlari qizg‘in pallaga kirgan. Mavsumni yuqori saviyada uyushqoqlik bilan o‘tkazish uchun barcha chora-tadbirlar belgilangan. Mavsumga jalb etilgan texnika, donni qayta ishlash korxonalari, don qabul qilish va saqlash omborlarining yong‘inga qarshi holati o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi. G‘alladan bo‘shaydigan maydonlarni tozalash ishlarini tashkil qilish, somonni yoqishning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

– Somonni yoqish chorva uchun tayyor ozuqani nobud qilish bilan birga, atrof-muhitga katta miqdorda zarar yetkazadi va yong‘in xavfini yuzaga keltiradi, – deydi Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i A.Xolmurodov. – Shu bois, biz mahalliy hokimliklar, mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda aholi o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini olib bormoqdamiz. Xususan, somonni yoqishning yer hosildorligi va atrof-muhitga salbiy ta’siri, bunday holatlarda qo‘llaniladigan qonuniy choralar targ‘ibotiga oid tadbir va uchrashuvlar yaxshi samara bermoqda. G‘alladan bo‘shagan maydonlarni somondan tozalash, uni yoqmaslik, g‘allazorlar yaqinida ochiq olovdan foydalanmaslik va boshqa yong‘in xavfsizligi qoidalari aks ettirilgan 7000 ta buklet, 900 ta plakat tarqatildi, 438 ta uchrashuv o‘tkazildi, dalalar va yo‘l yoqalariga qo‘shimcha bannerlar o‘rnatildi.

Biroq, shunga qaramasdan, birgina Toshkent viloyatida mavsum boshidan 167 ta fermer xo‘jaliklarining 826 gektar yer maydonlari yoqib yuborilganligi aniqlandi. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 20-moddasi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasi buzilishiga olib kelgan. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 88-moddasi 3-qismi bilan 167 ta mansabdor shaxs va fuqarolarga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.

Reyd davomida somon poyalari yoqilgan maydonlar bo‘yicha viloyatning Bekobod tumanida 49 ta, O‘rta-Chirchiq tumanida 24 ta,  Yuqori-Chirchiq tumanida 20 ta, Quyi-Chirchiq tumanida 20 ta, Chinoz tumanida 15 ta holat kuzatilgan.

Bunday holatlar viloyatning Bo‘ka, Yangiyo‘l, Pskent, Oqqo‘rg‘on, Zangi-ota, Ohangaron tumanlarida ham sodir bo‘lgan.

– 1 gektar maydonda boshoqli don poyasi yoqilganda atmosfera havosiga 500 gramm azot oksidi, 379 gramm uglevodorod, 3 kilogramm kul, 20 gramm is gazi va uglerod oksidi kabi gazlar tashlanadi, –  deydi Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘limi mutaxassisi Mirjamol Miralimov. – Bunda atrof-muhitga jiddiy zarar yetadi, tuproq strukturasi buzilib, tuproq eroziyasi kuchayadi.

Yig‘im-terim mavsumining ilk kunlaridanoq “G‘allani yong‘indan asraylik!”, “Somon poyalarini yondirmang!”, “Yerni boqsang – yer seni boqadi!” mavzusidagi mavsumni talofatsiz o‘tkazishga doir plakatlar chop etilib, tegishli korxona, tashkilot va idoralarga tarqatildi.

Viloyatda somon yoqishdek xunuk holatlarning oldini olish maqsadida mahalliy hokimliklar, viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, fermerlar kengashi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamkorligida olib borilayotgan targ‘ibot-tushuntirish tadbirlari, davra suhbatlari, murojaat va chorlovlar o‘z samarasini bermoqda.

Nima bo‘lganda ham, o‘zimiz yashayotgan, yaqinlarimiz nafas olayotgan atrof tabiiy muhitni asrash barchamizning insoniy burchimizdir.

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Axborot xizmati

Muhokama

O'z fikringizni qoldiring

Plain text

  • No HTML tags allowed.
  • Web page addresses and e-mail addresses turn into links automatically.
  • Lines and paragraphs break automatically.

2017-07-18

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika