Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > BALIQ OVI TANLOVI SAYYOHLARNI JALB ETADI

BALIQ OVI TANLOVI SAYYOHLARNI JALB ETADI

Navoiy viloyati tabiatining o‘ziga xos rang-barangligi bilan respublikamizda alohida o‘rin egallaydi. Bir tomonda Qizilqum sahrosi cho‘llari, bir tomonda osmono‘par Nurota tog‘ tizmalari hamda Zarafshon daryosining o‘rta qismida boy va turfa xil dehqonchilik dalalari yastanib yotishi, bol tomgan bog‘lari bilan yana ham tarovatli, saxovatli zamin ekanligidan dalolat beradi. Zarafshon daryosi bilan birgalikda Aydarko‘l, Sho‘rko‘l, To‘dako‘l singari ko‘plab yirik suv manbalari viloyat tabiatining yanada rang-barang bo‘lishiga katta hissa qo‘shmoqda. Viloyatimizning insoniyat tamadduniga katta hissa qo‘shgan qadimiy va betakror tarixi ham maqtansa arzigulik. Bular Sarmishsoy darasidagi ibtidoiy qoyatosh suratlari, Uchtut chaqmoqtosh shaxtalari, Raboti Malik karvonsaroyi va Sardoba, Qosim Shayx Azizon xonaqohi, Nurotaning noyob me’moriy obidalari bebaho, betakror madaniy meros ekanligini butun dunyo e’tirof etmoqda, desak aslo yanglishmaymiz.

Bu tarixiy va tabiiy noyob joylarga mahalliy sayyohlarni ko‘proq jalb qilish uchun turli tadbirlar va musobaqalar uyushtirilmoqda. Jumladan, yaqinda “Mahliyo Karmana go‘zali” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli Zarafshon daryosi sohiliga yaqin hududda joylashgan baliqchilik ko‘lida tabiat qo‘ynida o‘tkazilgan tadbir ham mahalliy sayyohlarga nihoyatda manzur bo‘ldi.

“O‘zbekovchibaliqchi” sport birlashmasi Navoiy viloyat bo‘limi tomonidan viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bilan hamkorlikda havaskor baliqchilar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa “Havaskor baliq ovi – sport turini ommalashtirish, yosh havaskor baliqchilarning mahoratini oshirish orqali yangi a’zolarni birlashma safiga jalb etish” mavzusi va maqsadiga bag‘ishlandi.

Haqiqatan ham turli tanlov va tadbirlarning o‘tkazilishi havaskor baliqchilar safining tobora kengayishiga yordam bermoqda. Misol uchun mazkur bo‘limda a’zolar soni 2012-yilda 1300 tani tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib 1700 tadan ortdi. Bo‘limga tegishli ovchilik xo‘jaliklari 2012-yilda 4 ta bo‘lgan bo‘lsa, ayni kunga kelib 6 ta ovchilik va baliqchilik xo‘jaligi yangidan faoliyat olib borishiga erishildi. Bo‘limga a’zo bo‘lganlarning 25 foizga yaqini 30 yoshga kirmagan yosh baliqchi va ovchilar hisoblanadi.

– Bunday tadbir viloyatimizda har yili o‘tkaziladi, – deydi birlashmaning Navoiy viloyati bo‘limi boshqaruvi raisi Ulug‘bek Hamidov. – Bu yilgi tanlov ham ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Tadbirda viloyatimizning turli shahar va tumanlaridan 30 ga yaqin havaskor baliqchilar ishtirok etib, baliq ovi musobaqasi ikki soatdan ortiq davom etdi. Natijalarga ko‘ra, 1-o‘rin 29 dona baliq tutgan Murodullo Azamovga, 2-o‘rin 9 dona baliq tutgan G‘ulom Radjabovga, 3-o‘rin esa eng katta baliq tutgan havaskor baliqchi G‘iyos Sherqulovga nasib etdi. G‘oliblar Faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Marusa HOSILOVA


2017-07-31

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika