Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > «EFFEKTIV MIKROORGANIZMLAR» TABIATNI ASRAYDI

«EFFEKTIV MIKROORGANIZMLAR» TABIATNI ASRAYDI

"Effektiv mikroorganizmlar" jumlasi yapon olimi Xiga Tepya tomonidan kiritilgan bo‘lib, mikrobiologik preparatni bildiradi. Tovar belgisi "Kyussey EM1" dan iborat bu preparat tabiatdan topilgan 84 turdagi foydali mikroorganizmlarni o‘z ichiga olgan.

"Effektiv mikroorganizmlar" (EM) deganda barcha foydali bakteriyalarni emas, aynan yaratilgan preparatlardagi bakteriyalar tushuniladi. Yuqoridagi preparatlardan "EM kurunga" sutli asosga ega bo‘lib, tibbiyotda kasalliklar profilaktikasida qo‘llashga mo‘ljallangan. Preparat foydalanishdan oldin muzlatilib, vakuumda quritish texnologiyasi bilan quruq holatga keltiriladi va hapdorilar shaklida chiqariladi. "EM kurunga" va "Baykal EM1" preparatlarining tuzilishi 90% bir-biriga mos keladi. EM – preparatlar bilan amalga oshiriladigan jarayonlar EM – texnologiya deb yuritiladi.

Effektiv mikroorganizmlar o‘simlik va tirik organizmlarga ta’siriga ko‘ra foydali, regenerativ deb ataladi. Bunday mikroorganizmlar ko‘paygan yerda, o‘simliklar tez rivojlanadi, gullab-yashnaydi, yuqori hosil beradi, kasallardan holi va hashoratlarga chidamli bo‘ladi. Sog‘lom rivojlanayotgan o‘simliklardan chiqqan moddalar foydali mikroorganizmlarga yoqadi, ularni ko‘paytiradi. Shunday qilib faqat mikroorganizmlar orasida emas, mikroorganizmlar bilan o‘simliklar orasida ham simbioz vujudga keladi. O‘simliklar o‘zlarining yonida (ba’zan tanalarida) o‘zlari uchun foydali bo‘lgan mikroorganizmlarni yashashi uchun qulay, ozuqali sharoit yaratadi, mikroorganizmlar ham qarzdor bo‘lib qolmaydi, o‘simliklarni bir qator zaruriy moddalar bilan ta’minlab turadi. Aksincha, zararli – degenerativ mikroorganizmlar ko‘paygan sohada o‘simliklar sekin o‘sadi va kasalmand bo‘­ladi, ularni ko‘­rinishidan va hosilidan inson bah­ramand bo‘l­maydi. Foydali va zararli mikroorganizmlarni faqat o‘simliklarga ta’siri emas, o‘zaro ta’siri ham xuddi shunday antoganistik xarakterga ega. Foydali mikroorganizmlar ko‘paygan sohada zararli mikroorganizmlar soni nisbatan kamayib ketadi, ularning o‘simlik va tirik organizmlarga zararli ta’siri yo‘qoladi. Shuning uchun EM – preparatlar yerlarni, xonalarni zararli mikroorganizmlardan himoya etuvchi (dezinfeksiya qiluvchi deyish to‘g‘ri bo‘lmaydi) preparat sifatida keng qo‘llanishi mumkin. Foydali bakteriyalar ko‘paygan yerda – yomonlariga o‘rin qolmaydi. EM – preparatlar qo‘llanishi foydali va zararli mikroorganizmlar orasidagi munosabatni foydali mikroorganizmlar foydasiga keskin o‘zgartirib, o‘simliklar gullab yashnaydi, kasallardan holi bo‘lib rivojlanadi. Jumladan, virusli kasalliklar ham bu mikroorganizmlar oldida chekinadi, shu bilan viruslarga qarshi immunitet bakterial mazmunga egaligi tasdiqlanadi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, EM – preparatlar bilan o‘stirilib, sog‘lom o‘sgan o‘simliklar turli zararli hashoratlarga qarshi turish qobiliyati ham kuchli bo‘lar ekan. Yerga solingan EM – preparatdagi bakteriyalar sintez va parchalanish jarayonlarida ishtirok etadi. Sintez jarayonlari atmosferadagi azotni, karbonat angidridni bog‘lab, kislorod hosil qilish (fotosintez) turlariga bo‘linadi. Bularning ikkisi ham yerni boyituvchi, hosildorligini oshiruvchi jarayonlardir.

Effektiv mikroorganizmlar preparatining yaratilishi mikrobiologiya fanining rivojlanishida va uning xo‘jalikda qo‘llanishida tarixiy burilishga olib keldi. Preparatning simbiotik xossalari uni oddiy sha­roitda qo‘llash, qo‘llanilgan sohasida patogen, zararli mikroorganizmlarni, zamburug‘larni bostirish imkonini yaratadi. Aksincha o‘simliklarni, hayvonlarni yashashi uchun eng foydali sharoitni yaratib, ularning sog‘­lom bo‘lishi, yaxshi rivojlanishi, ko‘payishi, mahsuldor bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun effektiv mikroorganizmlar preparatlari 150 dan ortiq davlatlarda qo‘llaniladi.

 

Sultonmurot

ORIFJONOV

 


2017-08-15

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika