Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Toshkentda chiqindi qutilarini o’rnatish davom etmoqda

Toshkentda chiqindi qutilarini o’rnatish davom etmoqda

Poytaxt hokimiyati chiqindilar uchun qutilar yetishmasligi muammosini hal etishga kirishdi.

Toshkent hokimiyati yil oxiriga qadar chiqindi uchun qutilar yetishmasligi muammosini hal etishga qaror qildi. Bu haqda Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Saidumar Aglayev ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, shaharda chiqindi qutilari yetishmasligi kuzatilmoqda, biroq vaziyat ko‘pchilik fuqarolar o‘ylaganchalik juda ayanchli ahvolda emas.

«Rejaga ko‘ra 15 ming dona quti o‘rnatilgan bo‘lishi kerak, ayni paytda esa shaharda ular soni 12 mingtani tashkil etadi. Va bu xususiy tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan qutilar hisobga olinmagandagi vaziyat. Yetishmayotgan 3000 ta qutini o‘rnatish uchun hokimiyat 200 mln so‘m ajratdi», – dedi Saidumar Aglayev.

Shu bilan birgalik, u yuqorida aytib o‘tilgan me’yor sobiq ittifoq davrida qabul qilingani, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi hozirgi vaqtda qutilarni o‘rnatish bo‘yicha yangi normativlarni ishlab chiqayotganini ma’lum qildi.

«Ko‘chalar gavjumligiga qarab qutilar har 50, 10 yoki 200 metrga o‘rnatiladi», – deya aniqlik kiritdi boshqarma rahbariyati vakili.

Yaqindagina Amir Temur shoh ko‘chasida yangi namunadagi chiqindi qutilarini o‘rnatish ishlari yakuniga yetdi. Ular metaldan tayyorlangan bo‘lib, yerga boltlar yordamida qotirilgan.

Konteyner.uz brendi ostida qutilar ishlab chiqarayotgan kompaniyaning ma’lum qilishicha, birinchi bosqichda sinov tariqasida hokimiyat buyurtma bergan 366 ta qutining 300 tasi o‘rnatildi.

Yana bir boshqa tashkilot esa 300 ta beton qutilarni taqdim etdi. Sinov muddati yakuniga yetganidan so‘ng bunday qutilarning kelgusida ham o‘rnatilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.


2017-08-15

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika