Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > FARG’ONADA EKOLOGIK HASHAR DAVOM ETMOQDA

FARG’ONADA EKOLOGIK HASHAR DAVOM ETMOQDA

Xalqimiz ma’naviyatida, qadriyatlarida boshqa xalqlar o‘rgansa va o‘z tajribasida qo‘llashga arziydigan ibratli tajribalar bisyor.

Masalan, hashar deb atalgan tadbir ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Mazkur tadbirda yoshu keksa otaxonlarimiz ishtirok etib, farzandlaru, nabiralarga xalqimiz ma’naviyatida, tarixida bir necha yuz yilliklardan buyon e’zozlanib kelinayotgan urf-odatlar, qadryatlarning mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar beradilar.

Joriy yilning 15-avgustidan boshlab Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 26 yilligi oldidan “Ekologik hashar” tadbirlari o‘tkazilmoqda. Mazkur o‘ziga xos hasharni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – viloyatdagi shahar va tumanlar aholisi bilan yuzma-yuz muloqot qilish asnosida ular o‘rtasida maishiy chiqindilar bilan bog‘liq masalalar, mavjud muammolar, ularning yechimi bo‘yicha fikr almashish hamda tushuntirish, shuningdek targ‘ibot-tashviqot ishlarini doimiy yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Ekologik hasharda viloyat hokimligi, viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, viloyat Chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasi, “Toza hudud” davlat unitar korxonasidan jami 335 nafar rahbar hamda ishchi-xodimlar ishtirok etdi. Hashar davomida tumanlar hududida joylashgan ta’lim va tibbiyot muassasalari, qabristonlar, shahar va mahallar hamda ko‘p qavatli uylarning atroflarida keng ko‘lamda tozalash ishlari olib borildi. Ushbu savobli va xayrli ishga “Toza hudud” davlat unitar korxonasining 66 ta maxsus chiqindi tashish mashinalari, 11 ta samosval, 5 ta yuklovchi texnika va 8 ta assenizatsion texnikalari jalb etildi.

Beshariq, Toshloq, Furqat, O‘zbekiston va Farg‘ona tumanlarida ana shunday ommaviy ekologik hasharlar ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Hashar kunlari joylarda aniqlangan noqonuniy chiqindixonalarni bartaraf etish bilan birga, maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida qabul qilingan qonun hamda hukumat qarorlariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida aholining keng qatlamlari orasida targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, chiqindilarni olib ketish bo‘yicha jami 10138 ta shartnoma imzolanishiga erishildi.

Vatanimiz mustaqilligining yigirma olti yillik bayrami oldidan tashkil etilgan mazkur ekologik hashar joriy yilning 25 avgustiga qadar davom etadi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Axborot xizmati


2017-08-21

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika