Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > HUQUQBUZAR SHAXSLAR FOSH ETILDI

HUQUQBUZAR SHAXSLAR FOSH ETILDI

“Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l-chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Toshkent–Volgograd” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, yo‘lovchilardan fuqaro J.To‘xtasinov yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovlari paytida ma’lum qilinmagan 8 dona sayg‘oq va 4 dona jayron shoxlarini yashirin ravishda olib chiqishga uringani ma’lum bo’ldi.

Ushbu poyezdning yana bir yo‘lovchisi S.Abduqodirov ham 7 donadan sayg‘oq va jayron shoxlarini yashirin ravishda olib chiqib ketayotgan paytda to‘xtatib qolindi.

O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, ushbu huquqbuzarlik ortidan tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 97 million so‘mdan oshgan.

 Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ashyoviy dalil tariqasidan olingan mazkur hayvon shoxlari esa Qoraqalpoq Davlat O‘lkashunoslik muzeyiga topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuniga binoan yovvoyi hayvonlarni, shuningdek ularning qismlarini O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish tabiatni muhofaza qilish organlari beradigan ruxsatnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasidan g‘ayriqonuniy ravishda olib chiqishga urinish chog‘ida ushlab qolingan yovvoyi hayvonlar, shuningdek, ularning qismlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda olib qo‘yiladi.

 

manba: daryo.uz


2017-08-21

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika