Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > QONUNNI BILMASLIK JAVOBGARLIKDAN OZOD ETMAYDI

QONUNNI BILMASLIK JAVOBGARLIKDAN OZOD ETMAYDI

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirokida Sirdaryo viloyatiga o‘tkazilgan navbatdagi tezkor reydda Sirdaryo daryosidagi noqonuniy baliq ovi bilan shug‘ullanayotgan brakonyerlar ushlandi.

Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy inspektorlari so‘nggi paytlarda tez-tez maishiy brakonyerlik holatlariga duch kelishmoqda.

– Joriy yilning aprel oyidan bugungi kunga qadar Sirdaryo daryosi havzasida inspektorlar tomonidan 20 dan ortiq brakonyerlar ushlanib, ulardan 20 ta suzish anjomlari va qayiqlarning osma motorlari musodara qilindi, – deydi Toshkent va Sirdaryo viloyatlari bo‘yicha Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining xodimi Ablyakim Abirov. – Barcha aktlar keyingi jarayon uchun huquq-tartibot organlariga berilgan.

Aytish joizki, joriy yilning boshidan buyon o‘tkazilgan reydlar oqibatida 2145 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlangan. Tabiat muhofazasi borasidagi qonunchilikni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka 2016 nafar lavozimdagi shaxslar va fuqarolar tortilib, ularga 236,5 mln. so‘m jarima va 633,57 mln. so‘m yetkazilgan zararni qoplash uchun da’volar belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi  huzuridagi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi  inspektorlarining ichki ishlar boshqarmasi, soliq va bojxona xizmati xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan nazorat tadbirlari davomida brakonyerlardan 53 ta ov miltig‘i, taqiqlangan 737 ta baliq ushlash moslamalari (to‘r materiallar, 15 ta elektrqarmoq), 764,5 kg. noqonuniy ushlangan baliqlar va 1132,9 m3 o‘simlik dunyosi obyektlari (yog‘och), 30,6 tonna dorivor va ozuqaviy o‘simliklar musodara qilindi.

Joriy yilning 11-avgustida Sirdaryo daryosi bo‘ylab “O‘zbekiston” suvdan foydalanuvchilar assotsiatsiyasi hududida o‘tkazilgan tezkor reyd davomida inspektorlar B.Qurbonov va D.Payozov tomonidan taqiqlangan brakonyerlik turlari bilan baliq ovlayotgan ikki nafar brakonyer ushlandi. Ular “Sohilobod” mahallasi U.Yusupov ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar – Sh.Qodirov va B.Usmonovlar ekanligi aniqlandi.

Reyd guruhi tomonidan yana bir huquqbuzar Sirdaryo viloyati Turkiston tumanida istiqomat qiluvchi H.Toshmatov 30 metr uzunlikdagi to‘r bilan rezina qayiqda baliq ovlayotganida qo‘lga olindi. O‘zining noqonuniy xatti-harakatini esa baliq ovi taqiqlanganligini bilmasligi bilan oqlamoqchi bo‘ldi. Ammo qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi. Brakonyerlarning to‘r va qayiqlari musodara qilinib, noqonuniy holat bo‘yicha akt tuzildi. Ma’muriy surishtiruvdan so‘ng, materiallar hukm chiqarish uchun sud organlariga yuboriladi.

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Axborot xizmati


2017-08-22

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika