Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > “Toza hudud” bilan musaffo kelajak sari

“Toza hudud” bilan musaffo kelajak sari

Mamlakatimiz barqaror rivojlanishga yuz tutayotgan bir pallada qay sohaga qaramang, izchil yangilanishlar ko‘zga tashlanmoqda. Jumladan, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ham qator yangilanishlar, o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 23.05.2017 yil 21/1-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasining Nizomiga ko‘ra, Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasida mazkur inspeksiya bo‘limi tashkil etildi.

Inspeksiya faoliyatini samarali tashkil qilish maqsadida, unga malakali mutaxassislar biriktirilib, zarur axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va anjomlar bilan ta’minlandi.

Obodonlashtirish boshqarmalari tasarrufida bo‘lgan chiqindixonalar va maxsus texnikalar xatlovdan o‘tkazilib, ularni boshqarma qoshidagi “Toza hudud” davlat unitar korxonasi balansiga olish hujjatlari rasmiylashtirildi.

Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining 2017-yil 8-avgustdagi 27-D-sonli va Samarqand viloyati Moliya boshqarmasining 9-avgustdagi 34-sonli Qo‘shma buyrug‘iga asosan “Maroqand Obod” DUK va “Toza hudud” DUK o‘rtasida shartnoma tuzildi. Natijada chiqindilarning to‘planib qolishi orqali kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ekologik muammolarning oldi olinishiga erishildi. Shuningdek, obodonchilik va xonadonlarda tozalik – sog‘lom muhit garovi ekanligi to‘g‘risida tushuntirish-profilaktika ishlari olib borilmoqda.

2017-yilning 20-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-avgustdagi 903-F-sonli “Umumxalq xayriya hashari o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoyishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining buyrug‘iga asosan Samarqand viloyatining barcha hududlarida obodonlashtirish ishlarini o‘tkazish jarayonida to‘plangan chiqindilarni belgilangan joylarga olib chiqish tadbirlari tashkil etildi. Mazkur ekologik tadbirga maxsus maishiy chiqindi yig‘ish avtotransport vositalari, shu jumladan, Samarqand shahrida “Maroqand Obod” davlat unitar korxonasining 21 ta texnikasiga qo‘shimcha ravishda Pastdarg‘om, Jomboy, Samarqand, Tayloq tumanlari hamda Samarqand shahar filiallarining 23 ta maxsus transport vositasi  jalb qilinib, Samarqand shahrining 23 ta asosiy ko‘chalari, 12 ta mahalla, 4 ta noqonuniy chiqindixonalardan 87 tonna chiqindi yig‘ilib, Samarqand shahar chiqindixonasiga joylashtirildi.

Jomboy tumanini obodonlashtirish ishlariga yaqin tumanlardan 10 qo‘shimcha maxsus texnika jalb qilinib, jami 17 ta texnika ko‘magida  tuman markaziiy ko‘chalari, 2 ta noqonuniy chiqindixona va 15 ta mahalla hududidan 63 tonna chiqindi olib chiqilib, tuman chiqindixonasiga joylashtirildi.

Ushbu tadbir viloyatning qolgan tumanlarida ham jadval asosida o‘tkazilmoqda.

Shu bilan birga, noqonuniy ravishda uzoq vaqt yig‘ilib qolgan maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish, xonadonlar bilan chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha shartnomalar tuzish, atrof-muhitni chiqindilar bilan ifloslantirmaslik borasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Ishonamizki, bunday tadbirlar tobora gullab-yashnayotgan hur o‘lkamizning chiroyiga yanada chiroy qo‘shadi, ekologik barqarorlikni ta’minlashga hissa qo‘shadi.

 

Sanjar SADULLAYEV,

Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni

muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassisi


2017-09-07

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika