Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Chorvoq suv ombori yaqinida aniqlangan noqonuniy chiqindixonaga barham berildi

Chorvoq suv ombori yaqinida aniqlangan noqonuniy chiqindixonaga barham berildi

Yaqinda Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilaridan biri Vera Grigoryevna tomonidan Chorvoq suv omborining uzoq qirg‘og‘ida joylashgan ikki tepalik orasidagi bo‘sh yerda paydo bo‘lgan noqonuniy axlatxona 300 metrga yoyilib yotgani, shamol har kuni ushbu chiqindilarni yanada kengroq masofaga yoyib yuborayotgani haqida xabar berilgan edi.

Mazkur muammoga operativ tarzda yondashilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan barham berildi. Xususan, inspeksiya xodimlari tomonidan Chorvoq suv omborining uzoq qirg‘og‘ida joylashgan ikki tepalik orasidagi ruxsat etilmagan (noqonuniy) chiqindi obyekti to‘liq tozalandi.

Shu o‘rinda yana bir narsani ta’kidlab o‘tish joizki, bugungi kunda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish, munosib yashash sharoitlarini yaratish, respublikada sanitariya va ekologik vaziyatni yaxshilash, aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirish borasida aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar amalga oshirilmoqda.

Biroq bu ishlar, ya’ni ona tabiatimizni asrab-avaylash, unga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish nafaqat tabiat muhofazasiga mas’ul shaxslar vazifasiga kiradi, balki bu boradagi ishlarga keng jamoatchilik ham o‘zining ulkan hissasini qo‘shmog‘i lozim. Har bir fuqaro o‘zi yashab turgan joyini ozoda tutishi, atrofidagi tabiat ne’matlarini asrab-avaylashi ham farz, ham qarz ekanligini unutmasligi darkor.

Hurmatli yurtdoshlar! Sizdan tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resusrlardan foydalanish sohasi bilan bog‘liq O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi buzilgan holatlar aniqlangan paytda to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining ishonch telefoniga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

 

Tel.: +99871-236-26-66. Elektron manzil: info@uznature.uz.


2017-09-14

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika