Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Xalqaro fotosuratlar tanlovi yakunlari

Xalqaro fotosuratlar tanlovi yakunlari

15-sentabr kuni O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida ozon qatlamini himoya qilish va iqlim o‘zgarishiga bag‘ishlangan Xalqaro fotosuratlar tanlovi yakunlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekistonda akkredetatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek OAV vakillari ishtirok etdilar.

Mazkur tadbir barcha ishtirokchilarga Xalqaro tanlovning eng yaxshi ishlari bilan tanishish imkoniyatini berdi.

Fotosur’atlar tanlovi mamlakatimiz aholisining global muammolarni hal etishga jiddiy e’tibor qaratayotganini yana bir namoyish etdi. O‘z navbatida ozon yemiruvchi moddalar bo‘yicha Monreal protokoli atrof-muhitni, xususan ozon qatlamini muhofaza qilish sohasida samarali xalqaro hamkorlik va sherikchilikning yorqin namunasi bo‘ldi.

BMTning atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha dasturi (YUNEP) Kotibiyatidan Xalqaro fotosur’atlar tanlovi ishlari ko‘rgazmasini Ozon qatlamini muhofaza qilish to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi a’zo davlatlarining 11-yig‘ilishida hamda joriy yilning noyabr oyida  Monreal shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan Monreal protokoli a’zo davlatlarining 29-yig‘ilishida tashkil etish to‘g‘risidagi tasdiqnomaning olinishi tadbirning eng asosiy yangiligi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 sentabr kuni O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida ozon qatlamini himoya qilish va iqlim o‘zgarishiga bag‘ishlangan Xalqaro fotosuratlar tanlovi g‘oliblarini e’lon qilish marosimi, shuningdek, onlayn ovoz berish orqali tanlangan eng yaxshi ishlarning foto ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan tashkillashtirildi.

 

Jamoatchilik va OAV bilan ishlash bo’limi

 


2017-09-15

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika