Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > CHIQINDILAR – TABIAT ZAVOLI

CHIQINDILAR – TABIAT ZAVOLI

Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining shahar va tumanlarida sanitar-tozalash sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish va tashkillashtirish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Maqsad – ishtirokchilarning chiqindi sohasidagi nazariy va amaliy bilimlarini oshirish, amalga oshirilayotgan o‘zgarishlardan xabardor qilish, chiqindilarning hosil bo‘lishini kamaytirish, chiqindilar sohasidagi huqubuzarliklarning oldini olish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini yo‘lga qo‘yish hamda tajriba almashishdan iborat.

Ta’kidlandiki, respublikamizda ham mazkur yo‘nalishda bir qator ishlar amalga oshirildi, jumladan atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash, tabiiy boyliklardan tejab-tergab foydalanish, aholining ekologik savodxonlik darajasini va ekologik madaniyati oshirish munosabatlarini bevosita tartibga soluvchi 15 dan ziyod qonun, tabiiy resurslarning ayrim turlaridan foydalanish mexanizmlari va shartlari, shuningdek, davlat ekologik ekspertizasini amalga oshirish, turli toifadagi qo‘riqlanadigan hududlarni tashkil qilish va ularda alohida foydalanish rejimini o‘rnatish tartib-taomillari va boshqa masalalarni belgilab bergan 30 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi.

Xususan, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish, munosib yashash sharoitlarini yaratish, respublikada sanitariya va ekologik vaziyatni yaxshilash, aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirish zarur.

Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi PQ-2916-sonli qarori ijrosini, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-iyundagi 368-sonli qarori ijrosini ta’minlash borasidagi vazifalar, chiqindilarning hosil bo‘lishi, ularni yig‘ish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mib tashlash va realizatsiya qilish borasidagi asosiy vazifalar hamda ustuvor yo‘nalishlar, har bir hududiy boshqarmaning yo‘l xaritasini ishlab chiqish kabi bir qator masalalar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi va atroflicha muhokama qilindi. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari huzurida jami 13 ta “Toza hudud” davlat unitar korxonalari va ularning 172 ta tuman va shahar filiallari tashkil qilingani aholida e’tirof etildi.

Ta’kidlandiki, “Toza hudud” DUKlarning 80 ta filialiga bino va 107 ta filialiga garaj qurilishi uchun yer ajratilishi to‘g‘risida mahalliy hokimliklarning tegishli qarorlari chiqarilgan bo‘lib, qolgan 92 ta filial hududiy obodonlashtirish boshqarmalari, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari va boshqa binolarga faoliyat ko‘rsatish uchun joylashtirilgan.

Seminar davomida hududiy boshqarmalar hamda “Toza hudud” DUKlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Shu kunga qadar hududiy obodonlashtirish boshqarmalari balansidagi 1 349 ta texnika xatlovdan o‘tkazilib, “Toza hudud” DUKlari balansiga jami 1 280 ta texnika qabul qilib olingan.  

2017-yilda Respublika bo‘yicha 871 ta chiqindi yig‘ish maydonchalarini qurish va ularni 4 119 ta konteyner bilan jihozlash rejalashtirilgan bo‘lib, shu kunga qadar chiqindi yig‘ish maydonchalarini qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan.

Ta’kidlandiki, qonun hujjatlarida belgilangan vazifalar, respublikaning barcha sohalarida ekologiya va atrof-muhit muhofazasi borasidagi islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilmoqda.

Tadbir yakunida o‘quv-seminar tinglovchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to‘liq va atroflicha javob olishdi.

 

 

Jamoatchilik va OAV bilan ishlash bo’limi


2017-09-16

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika