Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > 22 SENTABR – BUTUNJAHON AVTOMOBILLARSIZ HAYOT KUNI

22 SENTABR – BUTUNJAHON AVTOMOBILLARSIZ HAYOT KUNI

Butunjahon avtomobillarsiz hayot kuni (World Carfree Day) 22-sentabrda nishonlanib, aholini piyoda, velosipedda yoki jamoat transportida harakatlanishga chorlaydi. Tig‘iz harakatlanayotgan avtomobillar atrof-muhitga zaharli tutun chiqarib, atmosfera havosini ifloslantiradi. Bundan tashqari, avtohalokatlar qanchadan-qancha insonlarning umriga zomin bo‘ladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bir kunda salkam 3000 ta avtohalokat sodir bo‘ladi. Mana shu bir kun ko‘plab noxush vaziyatlarning oldini olishga yordam beradi hamda insonlarni hushyorlikka chorlaydi. 22-sentabrda mashinangizni uyda qoldiring! Piyoda yuring – toza havodan nafas oling! Butunjahon avtomobillarsiz hayot kuni (Car-free Day)da asosan jamoat transporti va velosipeddan foydalaniladi, shaxsiy avtotransportdan foydalanish esa cheklanadi. Shu kuni barcha mamlakatlarda avtotransport bilan bog‘liq ekologik muammolardan tashqari yo‘llarda xavfsizlik masalalariga ham katta e’tibor qaratiladi. Har kuni yo‘l-transport hodisalarida o‘nlab kishilar halok bo‘ladigan katta shaharlarda bunday tadbirlarni o‘tkazish yo‘llarda baxtsiz hodisalar sonini kamaytirishga ko‘maklashadi. Velosiped yo‘laklari tarmog‘i kengaytiriladi. Havo yana ham toza, odamlar esa yanada e’tiborli bo‘ladi.


2017-09-20

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika