Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > XALQARO DENGIZ KUNI (SENTABR OYINING OXIRGI HAFTASI)

XALQARO DENGIZ KUNI (SENTABR OYINING OXIRGI HAFTASI)

Xalqaro dengiz kuni (World Maritime Day) Xalqaro dengiz tashkiloti (IMO) tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, 1978-yildan nishonlana boshlangan hamda BMTning xalqaro kunlar tizimiga kiritilgan. Xalqaro dengiz kunida dengiz orqali tashiladigan yuklarning ekologik xavfsizligi hamda bioresurslarni saqlash muammolariga e’tibor qaratiladi. Xalqaro dengiz kuni 1980-yilga qadar 17 mart sanasida nishonlangan, keyinchalik sentabr oyiga ko‘chirilgan. Har bir davlat mazkur sanani sentabr oyining oxirgi haftasidagi qulay kunga belgilaydi. Dengiz kuni an’anaviy tarzda bolalar bog‘chalari, maktablar, kutubxonalarda tanlovlar tashkil etish yo‘li bilan nishonlanadi. Shuningdek, bolalarga suvosti boyliklari haqida ma’lumotlar beriladi, dengiz va okeanlarning inson hayotidagi ahamiyati tushuntiriladi. Bayramni munosib nishonlash uchun dengiz atrofi turli chiqindilardan tozalanadi, dengiz va uning boyliklarini asrash maqsadida tadbirlar uyushtiriladi.


2017-09-20

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika