Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > ISH SAMARADORLIGI YO'LIDA

ISH SAMARADORLIGI YO'LIDA

Yaqinda “Maxsustrans” binosi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining shahar va tumanlarida sanitar-tozalash sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish va tashkillashtirish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar bo’lib o’tdi.

Maqsad – ishtirokchilarning chiqindi sohasidagi nazariy va amaliy bilimlarini oshirish, amalga oshirilayotgan o‘zgarishlardan xabardor qilish, chiqindilarning hosil bo‘lishini kamaytirish, chiqindilar sohasidagi huqubuzarliklarning oldini olish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini yo‘lga qo‘yish hamda tajriba almashishdan iborat.

Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi PQ-2916-sonli qarori ijrosini, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-iyundagi 368-sonli qarori ijrosini ta’minlash borasidagi vazifalar, chiqindilarning hosil bo‘lishi, ularni yig‘ish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mib tashlash va realizatsiya qilish borasidagi asosiy vazifalar hamda ustuvor yo‘nalishlar, har bir hududiy boshqarmaning yo‘l xaritasini ishlab chiqish kabi bir qator masalalar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi va atroflicha muhokama qilindi. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari huzurida jami 13 ta “Toza hudud” davlat unitar korxonalari va ularning 172 ta tuman va shahar filiallari tashkil qilingani aholida e’tirof etildi. 

Tadbir yakunida o‘quv-seminar tinglovchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to‘liq va atroflicha javob olishdi. 


2017-09-20

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika