Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > 27 SENTABR – XALQARO TURIZM KUNI

27 SENTABR – XALQARO TURIZM KUNI

Hozirgi vaqtda turizm madaniy munosabatlar va aloqalarning eng yaxshi vositalaridan biri sanaladi. Haqiqatan ham, turizm har bir mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish hamda xalqaro aloqalarni mustahkamlashning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shu bois, dunyo bo‘yicha ushbu sohaning mazmun-mohiyati, ahamiyatini faol targ‘ib qilish, jamoatchilikka atroflicha tushuntirish, bu borada davlatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni izchil rivojlantirish quloch yozmoqda. Qayd etish joizki, turizmda sayohat muddati kamida 24 soat bo‘lishi, 6 oydan ko‘p bo‘lmasligi va 70 km. masofadan kam bo‘lmasligi lozim. 1979-yilda Ispaniyaning Torremolinos shahrida o‘tkazilgan Jahon sayyohlik tashkilotining Bosh assambleyasida “27-sentabr – Xalqaro turizm kuni” deb e’lon qilindi. Yurtimiz Buyuk ipak yo‘lining markazida joylashganligi, boz ustiga noyob tarixiy obidalarga boyligi, yuksak milliy an’ana va qadriyatlarni jamlagan betakror madaniyati va tabiati bilan sayyohlarni o‘ziga maftun etadi. Har yili respublikamizga jahonning 70 dan ziyod mamlakatidan 2 millionga yaqin mehmon tashrif buyurayotgani xorijliklarning e’tirofi va qiziqishidan dalolatdir. Xalqaro mutaxassislarning fikricha, ekoturizmni taraqqiy ettirish uchun mamlakatimizda imkoniyatlar yetarli. Chunki O‘zbekiston boy tarixi, betakror me’moriy obidalari bilan bir qatorda, qulay iqlim sharoiti va tabiat mo‘jizalari bilan ham alohida ajralib turadi. Dengiz sathidan 3000 metr balandlikda joylashgan Zomin archazorlari Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik bahavo hududlardan biri sanaladi. Zominning go‘zal tabiati va iqlimi, o‘ziga xos hayvonot hamda o‘simlik olami, madaniy-etnografik xususiyatlari, shuningdek, purviqor tog‘ining shifobaxsh havosi turizmning sog‘lomlashtirish-davolash, ekologik, etnografik, sport yo‘nalishlarida ekosayohatchilarni yil bo‘yi jalb qilish imkoniyatini beradi.

Har bir viloyat, shahar hamda tumanda amalga oshirilayotgan ishlar natijasida sayyohlik sohasi tobora taraqqiy etmoqdaki, bu pirovardida yurtimiz dovrug‘ini yanada oshirish, iqtisodiyotimizning barqarorligini ta’minlash, xalqimiz turmush farovonligini yanada yaxshilashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilyapti.  

 

Gulsara MENGZIYAYEVA


2017-09-27

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika